• Tayanch tushunchalar
  • MAVZU: PEDAGOGIK TEXNIKA-KASBIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY OMILI SIFATIDA. (4 soat)




    Download 1,75 Mb.
    bet11/20
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,75 Mb.
    #132311
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
    Bog'liq
    Kompetentlik bo`yicha ma\'lumotlat

    MAVZU: PEDAGOGIK TEXNIKA-KASBIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY OMILI SIFATIDA. (4 soat)
    Reja:
    1. Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnika – pedagog xulqining boshqarish omili sifatida.
    2. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik texnikaning axamiyati. Pedagogik texnikaning asosiy komponentlari. Pedagogik texnikani shakllantirish yo‘llari.
    3. Tinglovchilar diqqatini o‘ziga tortish usullari. Auditoriyani boshqarish psixologiyasi, tinglovchilarga ta’sir etish va ishontirish usullari.
    4. Pedagog faoliyatiga qo‘yiladigan baho darajasi – pedagogik kvalimetriya. Pedagogik deontologiya, pedagogik boshqaruv va texnika o‘qituvchi faoliyatini samarali tashkil etishning asosiy shakli.
    Tayanch tushunchalar: Pedagogik texnikao‘qituvchi professionalizmi, pantomimikamimika, jest, nutq, “relaksopediya”, muloqot.
    P edagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnika – pedagog xulqining boshqarish omili sifatida. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida “Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish” moduli negizida tinglovchilarni pedagogik mahorat asoslar bilan tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Zero, tinglovchilar tomonidan pedagogik mahoratning tarkibiy elementlari bilan tanishtirish, ularda pedagogik texnika, nutq madaniyati, pedagogik deontologiya, kommunikativ qobiliyat, pedagogik nizo, shuningdek, zamonaviy pedagogning imidji to‘g‘risidagi ma’lumotlarning o‘zlashtirilishi va mazkur bilimlar negizida zarur malakalarning o‘zlashtirilishi oliy ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan pedagogik jarayon sifatini yaxshilash, samaradorligini ta’minlashni kafolatlaydi.
    O‘qituvchining kasbiy pedagogik professionalizmi - pedagogik mahorati va o‘z kasbiy faoliyatini yuqori saviyada tashkil qila olishni ta’minlovchi, o‘qituvchi-pedagog shaxs xususiyatlarini yig‘indisidir. Shunday muhim xususiyatlarga o‘qituvchi faoliyatining insonparvarlikka yo‘naltirilganligi, uning kasbiy bilimlari, pedagogik qobiliyatlari va pedagogik texnikasi (o‘z-o‘zini boshqara olish ko‘nikma lari va tinglovchilar bilan uzaro hamkorlik qila olish malakasi) kiradi. Bu pedagogik mahorat tizimidagi o‘zini tashqi ta’sirlarsiz rivojlantira olish xususiyatiga ega to‘rtta o‘zaro bogliq jixatlardir. Shundan kelib chiqib ta’kidlash mumkinki, o‘qituvchi professionalizmi-bu shaxs va faoliyat sub’ektining murakkab, ko‘p qirrali integral xususiyatlari majmuasi bo‘lib, uning tuzilmasi quyidagilardan iborat: a) o‘qituvchi professionalizmini tashkil etuvchi yaxlit komponentlar; b) o‘qituvchi faoliyati va shaxsiga qo‘yilgan me’yoriy talablar bilan belgilangan umumiy yoki tipik xususiyatlar (me’yoriy professionalizm). v) o‘qituvchi sub’ekt sifatida pedagogik faoliyat va muloqotda namoyon bo‘luvchi individual-psixologik va tipologik xususiyatlari pedagogik kasbiy kompetensiyalarining asosiy tarkibiy qismlari sifatida “kasbiy mahorat”, “pedagogik faoliyat va muloqotning individual uslubi”, “pedagogik ijodkorlik”, “shaxsiy kasbiy salohiyat”ni belgilash mumkin.
    Bular “Mahorat Uslub – Salohiyat –Mohirlik (texnika) - Ijod –Artistizm” formulasida o‘z aksini topgan yaxlit tizimni tashkil etadi va pedagogik  kompetensiyalar ning ko‘rsatkichlari xisoblanadi.


    Download 1,75 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




    Download 1,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAVZU: PEDAGOGIK TEXNIKA-KASBIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY OMILI SIFATIDA. (4 soat)

    Download 1,75 Mb.