• Takt (dahldorlik)
  • Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)




    Download 1,75 Mb.
    bet20/20
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,75 Mb.
    #132311
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Bog'liq
    Kompetentlik bo`yicha ma\'lumotlat

    “relaksopediya” (lot. “relaxation” – quvvatsizlik, zaiflashish, ruhan yoki jismonan holda toyish; holdan toyishni bartaraf etish pedagogikasi) deb nomlanadi. So‘nggi yillar jahon ta’limi amaliyotida ushbu pedagogika imkoniyatidan keng foydalanilmoqda.

    Murakkab vaziyatlar (imkoniyati cheklangan, fanlarni o‘zlashtira olmaydigan yoki tarbiyasi og‘ir talabalar bilan ishlash)da relaksopediyaning pedagogik, psixologik imkoniyatlaridan o‘rinli, maqsadli, samarali foydalanish kutilgan natijalarni beradi. Relaksatsiya sharoitida bugungi kunda keng ommalashgan trening va avtotreninglar ijobiy muhitning hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Ulardan foydalanish vaqtida talabalar tashqi va ichki ta’sirlardan himoyalangan bo‘lib, ularga faqatgina pedagogning ishontiruvchi ovozgina eshitiladi. Bu esa pedagogning ta’siri va uning samarasini yanada oshiradi.
    Relaksatsiya jarayonida talabalar pedagogning qo‘llab-quvvatlashlarini his etishlari, uning mehr-muhabbatidan bahramand bo‘lishlari, hamdarligini his qilishlari lozim. Shundagina talabalardagi ruhiy zo‘riqish, jismoniy toliqishlarni bartaraf etish uchun psixologik muhit yuzaga keladi.
    Mushaklar relaksatsiyasi (ya’ni mushaklarni bo‘shashtirish) davrida o‘z-o‘zini ishontirish va axborotga ta’sirchanlik yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘z-o‘zini ishontirishga yo‘naltirilgan trening va avtotreninglarni uxlash va uyqudan turishdan oldin qo‘llash samarali hisoblanadi. Mushaklar relaksatsiyasining samarali kechishi uchun o‘qituvchi mushaklarni bo‘shashtirishga yordam beradigan metod va vositalardan xabardor bo‘lishi darkor.
    Talabalarning ruhiy zo‘riqish va jismoniy toliqishlarini bartaraf etish maqsadida relaksatsiya asoslarini nazariy jihatdan o‘zlashtrib qolmay, ulardan amaliy jihatdan foydalanishni ham bilishlari zarur.

    Yuqorida aytib o‘tilganidek, mahoratli pedagog faoliyatida pedagogik nazokat (takt) ham o‘ziga xos o‘rin tutadi:

    Pedagogik takt pedagog faoliyatiga g‘oyaviy va amaliy jihatdan bir-biriga mos keladigan pedagogik axloqning bevosita tatbiq etishning shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Takt (dahldorlik) – axloqiy hulq-atvor, xatti-harakat bo‘lib, o‘zida barcha ob’ektiv harakatlarning oqibati va ularning shaxs tomonidan sub’ektiv qabul qilishni avvaldan ko‘ra olish, belgilangan maqsadga osonroq erishish yo‘llarini izlashning namoyon bo‘lishini ifodalaydi.
    Download 1,75 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 1,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)

    Download 1,75 Mb.