Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)




Download 1,75 Mb.
bet19/20
Sana08.01.2024
Hajmi1,75 Mb.
#132311
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Kompetentlik bo`yicha ma\'lumotlat

3. Liberal uslub. Odatda bu uslub pedagog va talaba munosabtlarining kelishuvchanlikka asoslanishini ta’minlaydigan uslub sifatida e’tirof etiladi. Bu uslubga ko‘ra ish yuritadigan pedagog talabalar tomonidan sodir etilayotgan salbiy holatlarga ham e’tibor bermaslikka intiladi. Talabalarni tartibga chaqirish, vaziyatdan kelib chiqqan holda ularning faoliyatini to‘g‘ri baholab, jazolash zarur bo‘lgan vaziyatlarda ham indamaslikni odat qilib oladi. Bu esa talabalarning odobsiz, yalqov, mas’uliyatsiz bo‘lishlariga olib keladi. Liberal uslubni ma’qul ko‘radigan pedagog talabalar hayoti bilan mutlaqo qiziqmaydi, ularning faoliyatlariga aralashmaydi, hal qiluvchi vaziyatlarda mas’uliyatni o‘z zimmasidan soqit qiladi. Ayrim holatlarda bir-biriga zid bo‘lgan fikrlarni ham birdek ma’qullaydi. Bu tahlitda ish ko‘radigan pedagog obro‘ga ega bo‘lmaydi. Chunki unga ishonish mumkin emas.
Pedagogik faoliyatni tashkil etishda pedagogning nafaqat o‘zi, balki uning ijobiy ta’siri asosida talabalar ham muloqot madaniyatini o‘zlashtirib borishlari lozim.

Ta’lim amaliyoti pedagogik muloqot jarayonida o‘qituvchilar tomonidan quyidagi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishidan dalolat beradi:
- ehtiyotsizlik;
- shaxsiyatparastlik;
- suhbatdoshni ortiqcha majburlash;
- sustkashlik;
- o‘zini juda yuqori yoki past qo‘yish;
- haddan tashqari jonbozlik ko‘rsatish.
“Fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida, ishlab chiqarish munosabatlarining jadallashuvi, xalq xo‘jaligining turli jabhalarida yangi texnologiyalarning joriy etilishi va shu kabi qator omillar inson ruhiyatiga oldingilariga qaraganda ko‘proq jismoniy, ruhiy zo‘riqishlar bermoqda”. Pedagog faoliyatida ruhan yoki jismonan toliqqan talabalarda ruhiy hamda jismoniy charchoqlarni bartaraf etishga ham e’tibor qaratish talab qilinadi. Mazkur talab salbiy ruhiy omillar ta’siri kuchaygan, katta hajmdagi axborotlar bilan to‘qnashish ro‘y berayotgan mavjud sharoitda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarda ruhiy va jismoniy toliqishlarni bartaraf etishga qaratilgan pedagogik faoliyat 
Download 1,75 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 1,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)

Download 1,75 Mb.