Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)




Download 1,75 Mb.
bet14/20
Sana08.01.2024
Hajmi1,75 Mb.
#132311
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Kompetentlik bo`yicha ma\'lumotlat

P antomimika – gavda, qo‘l va oyoqlarning harakati bo‘lib, u pedagog tomonidan bayon etilayotgan muayyan fikrni alohida ajratib ko‘rsatishga, ma’lum qiyofa orqali gavlantirishga imkon beradi.
Odatda o‘qituvchining to‘g‘ri tutilgan, chiroyli qaddi-qomati uning shaxs sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Qolaversa, bu holat uning o‘ziga, shaxsiy imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchi yuqoriligi, shaxs sifatida o‘zini qadrlay olishi, o‘ziga o‘zi yuqori baho berishini ham ifodalaydi. Boshning quyi egilganligi, qo‘llarning osilib turishi o‘qituvchining ichki zaifligi, o‘ziga o‘zi ishonchsizligidan dalolat beradi.
Uzluksiz talim tizimining barcha bosqichlarida ta’lim oluvchilarga gavdani to‘g‘ri tutishni, erkin harakatlanishni, har qanday vaziyatda ham o‘zini tuta bilishni, yig‘inchoqlikni o‘rgatib borish maqsadga muvofiqdir. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarda ushbu sifatlarni hosil qilish esa ularni kasbiy faoliyatga ruhiy tayyorlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Talabalarga, eng avvalo, gavdani to‘g‘ri tutib turish o‘rgatiladi. Bunda oyoqlar yelka kengligida (ikki oyoq oralig‘i 12-15 smni tashkil etishi lozim), o‘ng oyoq bir oz oldinda turishi maqsadga muvofiqdir. Zero, shundagina tana og‘irligi har ikki oyoqqa birdek tushishi bilan birga uzoq vaqt (deyarli 30-30, oliy ta’lim muassasalarida esa 60-70 daqiqa) toliqmay turishni ta’minlaydi. O‘qituvchining harakatlari imkon qadar oddiy va erkin bo‘lishi lozim. O‘zini o‘zi majburlab, ayrim kamchiliklarni yo‘qotish maqsadida sun’iy, zo‘rma-zo‘raki harakatlarni sodir etishning hojati yo‘q.
Harakatlar qanchalik samimiy va imkon qadar oddiy bo‘lsa, ta’lim oluvchilarda o‘qituvchiga bo‘lgan ishonch, hurmatni shunchalik oshiradi. Gavdani oldinga-orqaga tebratmaslik, hadeb tana og‘irligini bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa o‘tkazmaslik, stul suyanchig‘iga yoki kafedra (oliy ta’lim muassasalarida ma’ruza o‘qish uchun ajratilgan jihoz)ga butunlay suyanib olmaslik, boshni yoki quloqni qashlamaslik, burunni artmaslik, ko‘zni ishqalamaslik, qo‘lda biror buyumni aylantirmaslik ta’lim oluvchiga qanchalik zavq bersa, unda o‘qituvchiga nisbatan xayrixohlikni uyg‘otsa, ularning aksini sodir etish ta’lim oluvchining g‘ashini keltiradi. Dars jarayonida o‘qituvchi, shuningdek, gavdasi harakatining bosiq, ortiqcha harakatlardan holi bo‘lishiga e’tibor qaratishi, ortiqcha silkinish va keskin harakatlarni sodir etishdan o‘zini tuta olishi zarur.
P edagogik jarayonda o‘qituvchi yuz ifodasi (mimika) va jestlar orqali ham talabalarga samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Download 1,75 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Download 1,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)

Download 1,75 Mb.