Mom darslik doc




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/62
Sana27.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#43711
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
“Бошланғич синфларда математика
Buxoro tarixi, Reja Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnalogiya, sayt, AWS elastic beanstalk, Узбекистон республикаси олий ва урта, MARKAZIY VA PERIFERIK ASAB TIZIMI KASALLAIKLARIDA DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR, 1. Doimiy aholi soni-jami (1), ERGASH SERTIFIKAT, ОСНОВЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КОРРУПЦИИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН, Mavzu relyativistik dinamika elementlari, Relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org (1), abu ali alashari sorok khadisov o zhenshchinakh, 1-курс Ишчи информатика, Mmxy brend


M.E.JUMAYEV 
Z.G’.TADJIYEVA 
 
 
 
 
 
 
 
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA
MATEMATIKA O‘QITISH
METODIKASI
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT 
“Fan va texnologiya” 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com



 
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA O‘QITISH
 METODIKASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI
 
Matematika boshlang‘ich ta’lim metodikasining predmeti quyidagilar-
dan iborat: 
1. Matematika o‘qitishdan ko‘zda tutilgan maqsadni asoslash (Nima 
uchun matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi). 
2. Matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish) 
bir tizimga kiltirilgan bilimlar darajasini o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga 
mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o‘rganishda izchillik 
ta’minlanadi, o‘quv ishlariga o‘quv mashg‘ulotlari beradigan yuklama bar-
taraf qilinadi, ta’limning mazmuni o‘quvchilarning aniq bilim bilish imkoni-
yatlariga mos keladi. 
3. O‘qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak, ya’ni,
o‘quvchilar hozirgi kunda zarur bo‘lgan iqtisodiy bilimlarni, malaka, 
ko‘nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o‘quv 
ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak? 
4. O‘qitish vositalari – darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatmali, 
qo‘llanmalar va o‘quv- texnik vositalaridan foydalanish (nima yordamida
o‘qitish). 
5. 
Тa’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish. (darsni va ta’limning dars-
dan tashqari shakllarini qanday tashkil etish) 
o‘qitish maqsadlari
o‘qitish mazmuni o‘qitish shakllari 
o‘qitish metodlari
o‘qitish vositalari 
O‘qitishning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari meto-
dik jihatlarining asosiy tarkiblarida murakkab, uni o‘ziga xos grafik bilan 
tasvirlash mumkin. 
Matematika o‘qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika 
fani – o‘zining tayanch fani bilan uzviy bog‘liq. 
Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda 
to‘plamlar nazariyasiga tayanadi. 
Boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan hozirgi zamon matematika 
darsligining birinchi uchun berilgan quyidagi topshiriqlarga duch kelamiz: 
“Rasmda nechta yuk mashinasi bo‘lsa, bir qatorda shuncha katakni
bo‘ya, rasmda nechta avtobus bo‘lsa, 2-qatorda shuncha katakni bo‘ya». 
Bunday topshiriqlarni bajarish bolalarni ko‘rsatilgan to‘plamlar element-
lari orasida o‘zaro bir qiymatli moslik o‘rnatishga undaydi, bu esa natural 
son tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com



MO‘M umumiy matematika metodikasiga bog‘liq. Umumiy matematika 
metodikasi 
tomonidan 
belgilangan 
qonuniyatlar 
kichik 
yoshdagi
o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. 
Boshlang‘ich sinf MO‘M pedagogika va yangi pedagogik texnologiya
fani bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning qonuniyatlariga tayanadi. MO‘M bilan 
pedagogika orasida ikki tomonlama bog‘lanish mavjud. 
Bir tomondan, matematika metodikasi pedagogikaning umumiy nazari-
yasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi. Bu hol matematika o‘qitish 
masalalarini hal etishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini 
ta’minlaydi. 
Ikkinchi tomondan, pedagogika umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda 
xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma’lumotlarga tayanadi, bu uning 
hayotiyligi va aniqligini ta’minlaydi. 
Shunday qilib, pedagogika metodikalarning aniq materialidan “oziqla-
nadi”, undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o‘z navbatida 
metodikalarni ishlab chiqishda yo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. 
Matematika metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi 
bilan bog‘liq. Boshlang‘ich matematika metodikasi ta’limning boshqa fan 
metodikalari (ona tili, tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa fanlar 
o‘qitish metodikasi) bilan bog‘liq. 
O‘qitishda predmetlararo bog‘lanishni to‘g‘ri amalga oshirish uchun
o‘qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. 
Ilmiy-tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog‘lanishlarni, munosabatlarni, 
aloqalarni o‘rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborot-
larni olish usullaridir. 
Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quvchilar ishlarini 
o‘rganish, suhbat va so‘rovnomalar o‘tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot me-
todlari jumlasiga kiradi. 
So‘nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek, 
matematekinani o‘qtishda modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd 
qilinmoqda. 
Matematika metodikasi ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi 
uch savolga javob beradi: 
1. Nima uchun matematikani o‘rganish kerak? 
2. Matematikadan nimalarni o‘rganish kerak? 
3. Matematikani qanday o‘rganish kerak? 
Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo‘lib Shveytsari-
yalik pedagog matematik G.Pestalosining 1803-yilda yozgan “Sonni
ko‘rgazmali o‘rganish” asarida bayon qilingan. Boshlang‘ich ta’lim haqida 
ulug‘ mutafakkir Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar ta’lim 
va tarbiya haqidagi hur fikrlarida boshlang‘ich ta’lim asoslarini o‘rganish 
muammolari haqida o‘z davrida ilg‘or g‘oyalarni olg‘a surganlar. 
MO‘M o‘zining tuzilish xususiyatiga ko‘ra shartli ravishda uch bo‘limga
bo‘linadi. 
1. Matematika o‘qitishning umumiy metodikasi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com



Bu bo‘limda, matematika fanining maqsadi, mazmuni, metodologiyasi 
shakli, metodlari va vositalarining metodik tizimi pedagogika, psixologik 
qonunlari hamda didaktik tamoyillar asosida ochib beriladi. 
2. Matematika o‘qitishning maxsus metodikasi. 
Bu bo‘limda matematika o‘qitish umumiy metodikasining qonun va qoi-
dalarini konkret mavzu materiallariga tatbiq qilish yo‘llari ko‘rsatiladi. 
3. Matematika o‘qitishning konkret metodikasi. 
Bu bo‘lim ikki qismdan iborat: 
1.Umumiy metodikaning xususiy masalalari. 
2.Maxsus metodikaning xususiy masalalari. 
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi butun pedagogik 
tadqiqotlarda pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlarida 
qo‘llaniladigan metodlardan foydalanadi. Kuzatish metodi – odatdagi shar-
oitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni 
bevosita maqsadga yo‘naltirilgan holda idrok qilishdan iborat. 
Kuzatish aniq maqsadni ko‘zlagan reja asosida uzoq va yaqin vaqt or-
alig‘ida davom etadi. Kuzatish tutash yoki tanlanma bo‘lishi mumkin. 
Тutash kuzatishda kengroq olingan hodisa (masalan, matematika 
darslarida kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish faoliyatlari) tanlanma ku-
zatishda kichik-kichik hajmdagi hodisalar (masalan, matematika darslarida
o‘quvchilarning mustaqil ishlari) kuzatiladi. 
Tajriba – bu ham kuzatish hisoblanib, maxsus tashkil qilingan, 
tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o‘zgartirib 
turiladigan sharoitda o‘tkaziladi. 
Tajriba natijalarini tahlil qilish taqqoslash metodi bilan o‘tkaziladi. Peda-
gogik tadqiqotda suhbat metodidan ham foydalanishi mumkin. 
Тadqiqotning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash, uning nazariy
asoslari va tamoyillarini ishlab chig‘arish, ishchi faraz tuzish, boshlang‘ich 
sinflarda matematika o‘qitish metodikasining shakllanishida asosiy me-
zonlar hisoblanadi. 
Nazorat uchun savollar 
1.Boshlang‘ich matematika metodikasining predmeti nimadan iborat? 
2.Matematika metodikasining pedagogika va psixologiya pedagogik tex-
nologiya bilan aloqasi nimadan iborat? 
3.Matematika metodikasi boshlang‘ich ta’limning boshqa metodlari bilan 
aloqasini amalga oshirish uchun predmetlararo aloqadorligining ahamiyati 
nimada? 

Download 0.6 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish