Mom darslik doc




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/62
Sana27.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#43711
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62
Bog'liq
“Бошланғич синфларда математика
Buxoro tarixi, Reja Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnalogiya, sayt, AWS elastic beanstalk, Узбекистон республикаси олий ва урта, MARKAZIY VA PERIFERIK ASAB TIZIMI KASALLAIKLARIDA DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR, 1. Doimiy aholi soni-jami (1), ERGASH SERTIFIKAT, ОСНОВЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КОРРУПЦИИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН, Mavzu relyativistik dinamika elementlari, Relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org (1), abu ali alashari sorok khadisov o zhenshchinakh, 1-курс Ишчи информатика, Mmxy brend
2. Kuzatish metodi.
Kuzatish metodi – odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha 
qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo‘naltirilgan 
holda idrok qilishdan iborat. Kuzatish metodidan o‘quv-tarbiya ishining u 
yoki bu sohasidagi ishning qanday borayotganini o‘rganish uchun foy-
dalaniladi. Bu metod o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatlari haqida ma-
jbur qilinmagan tabiiy sharoitda faktik material to‘plash imkonini beradi. 
Kuzatish vaqtida tadqiqotchi o‘quv jarayonining odatdagi borishiga 
aralashmaydi. Kuzatish aniq maqsadni ko‘zlangan reja asosida uzoq yoki 
yaqin vaqt oralig‘ida davom etadi. Kuzatishning borishi, faktlar, sodir 
bo‘layotgan voqealar, jihozlar kuzatish kundaligiga qayd qilinib boriladi. 
Kuzatish tutash yoki tanlama bo‘lishi mumkin.
Тutash kuzatishda ken-
groq olingan hodisa (masalan, matematika darslarida kichik yoshdagi
o‘quvchilarning bilish faoliyatlari), tanlama kuzatashda kichik-kichik 
hajmdagi hodisalar (masalan, matematika darslarida o‘quvchilarning
mustaqil ishlari) kuzatiladi. Qaror yozish yoki kundalik yuritish kuzatishni 
qayd qilishning eng sodda metodidir. Ammo kuzatishlarni qayd qilishning
eng ishonchli metodi texnik vositalar, video, foto va kinosyomkadan, 
teleekrandan foydalanishdir. 
Foydalaniladigan kuzatish metodlaridan biri ilg‘or pedagogik tajribani 
o‘rganish va umumlashtirishdan iborat. Bu metoddan muvaffaqiyatli foy-
dalanishning majburiy asosiy sharti shundan iboratki, o‘qituvchilar ta-
jribasining tavsifi qo‘yilgan tadqiqot vazifasiga javob beradigan bo‘lishi 
kerak (bizning mamlakatimizda ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishga doir 
katta ish olib borilmoqda. Bu tajribaning umumlashtirilishi ilmiy-amaliy
konferensiyalarning va pedagogika o‘qishlarining materiallari to‘plamlarida, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


15 
monografiyalarda va jurnal maqolalaridaaxboroy tehnologiyalarini qo‘llash 
jarayonida o‘z aksini topmoqda). 
3. Tajriba
Tajriba - bu ham kuzatish bo‘lib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi 
tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o‘zgartirib turiladigan 
sharoitda o‘tkaziladi. Pedagogik Tajriba o‘qitishning va tarbiyalashning u 
yoki bu usulining, ko‘rsatma – qo‘llanmalarining samaradorligini tadqiq qil-
ishda qo‘llaniladi. 
Tajriba o‘tkazishdan oldin tadqiqotchi tadqiq qilinishi kerak bo‘lgan ma-
salalarni aniq ifodalab olishi, bunday masalalarni hal qilinishi maktab amali-
yotida va pedagogika fani uchun ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. Tajriba 
o‘tkazishdan oldin tadqiqotchi o‘rganish predmeti bo‘lmish masalaning 
nazariyasi va tarixi bilan, shuningdek, shu soha bo‘yicha amaliy ish ta-
jribasi bilan tanishib chiqadi. 
Тadqiqotda ilmiy farazni o‘rni katta ahami-
yatga ega. Butun tajribani tashkil qilish ilmiy farazni tekshirishga 
yo‘naltiriladi. U material to‘plash yo‘larini belgilash imkonini beradi, 
tadqiqotchining faktik materialda chalkashib ketishiga yo‘l quymaydi. 
Tajriba natijalarini tahlil qilish, taqqoslash metodi bilan o‘tkaziladi. Bun-
ing uchun ikki yoki bir necha guruh tuziladi, bu guruhlarga kirgan 
o‘quvchilar tarkibi bo‘yicha tayyorgarlik darajalari va boshqa ko‘rsatkichlar 
bo‘yicha imkoni boricha bir xilda bo‘lishi kerak. Bir xil sinflarda tadqiqotchi 
tomonidan maxsus ishlab chiqilgan tajriba materiali bo‘yicha ish bajariladi.
Тaqqoslash uchun nazorat sinflari tanlanadi, bu sinflar o‘quvchilar tarkibi, 
ularning bilim darajalari bo‘yicha taxminan tajriba sinflarga teng kuchli 
bo‘lishi kerak, bu sinflarda matematika tajriba sinflarda qo‘llaniladigan me-
todlar, vositalar va boshqalar qo‘llanilmaydi. 
Tajriba natijalari haqida obektiv ma’lumotlar olishning boshqa usullari-
dan ham foydalaniladi: 
1. Tajriba-sinov o‘tkaziladigan sinflarda boshlang‘ich shartlar nazorat 
sinfidagiga qaraganda bir muncha eng qulayroqdir; agar tajriba sinflarda 
bunday sharoitlarda yaxshi natijalar olingan bo‘lsa, masalani tajriba hal qil-
ishi o‘zini oqlagan hisoblanadi; 
2. O‘quvchilarnig tarkibi taxminan bir xil bo‘lgan ikkita sinf olinadi;
tadqiq qilinayotgan masalaning yangi yechimi shu sinflarning bittasida qul-
laniladi, so‘ngra boshqa mavzu materiallarida ikkinchi bir sinfda 
qo‘llaniladi; agar bunday qo‘llanishdagi yangi metod, usul yaxshi natija 
bersa, bu usul, metod o‘zini oqlagan bo‘ladi. 
Tajribani boshlashdan oldin, uning oraliq bosqichlarida va oxirida 
hamma sinf o‘quvchilarining bilimlari tekshiriladi. Olingan ma’lumotlarni 
tahlil qilish asosida tadqiq qilinayotgan metodning, usulning va h.k. sama-
radorligi haqida xulosalar chiqariladi. Tajriba-sinov o‘tkaziladigan sinflar-
dan olingan sifat va miqdoriy natijalarni tahlil qilish asosida xulosa chiqari-
ladi. Miqdoriy kattaliklarni aniqlashning turli xil usullari (o‘zlashtirilishi 
bo‘yicha, to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarni taqqosdash va h.k.) mavjud. Keyingi 
vaqtlarda shu maqsadda variasion statistika metodlaridan har xil hisoblash 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


16 
texnikasi va kibernetik vositalardan foydalanilmoqda. Ba’zi muhim qoi-
dalarni tajribaviy tekshirish ommaviy Tajriba yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Download 0.6 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish