Mom darslik doc




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/62
Sana27.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#43711
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62
Bog'liq
“Бошланғич синфларда математика
Buxoro tarixi, Reja Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnalogiya, sayt, AWS elastic beanstalk, Узбекистон республикаси олий ва урта, MARKAZIY VA PERIFERIK ASAB TIZIMI KASALLAIKLARIDA DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR, 1. Doimiy aholi soni-jami (1), ERGASH SERTIFIKAT, ОСНОВЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КОРРУПЦИИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН, Mavzu relyativistik dinamika elementlari, Relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org (1), abu ali alashari sorok khadisov o zhenshchinakh, 1-курс Ишчи информатика, Mmxy brend
Analogiya – shunday xulosaki, bunda predmetlar ba’zi belgilarining 
o‘xshashligi bo‘yicha bu predmetlar boshqa belgilari bo‘yicha ham 
o‘xshash, degan taxminiy xulosa chiqariladi. Analogiya “xususiydan xususi-
yga boradigan”, bir konkret faktdan boshqa konkret faktlarga boradigan xu-
losadir. 
Masalan, uch xonali sonlarni qo‘shish va ayirishning yozma usullarini
ko‘p xonali sonlarni qo‘shish va ayirishga o‘tkazish analogiya usulini 
qo‘llashga asoslangan. Shu maqsadda metodik adabiyotlarda ko‘p xonali 
sonlarni yozma qo‘shish va ayirish bilan tanishtirishda shunday misollarni 
yechish tavsiya qilinadiki, bunda har bir navbatdagi misol oldingisini o‘z 
ichiga oladi. Masalan: 
126 4752 54752 837 6837 76837 
+172 + 3246 +43246 - 425 - 2425 - 52425 
Bunday misollarni yechgandan keyin o‘quvchilarning o‘zlari ko‘p xonali 
sonlarni yozma qo‘shish va ayirish uch xonali sonlarni yozma qo‘shish va 
ayirishdek bajariladi, deb xulosa chiqaradilar. 
Yuqorida qaralgan metodlardan (induksiya, deduksiya, analogiya) foy-
dalanishzamirida analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish va abstraksi-
yalash kabi aqliy operasiyalar yotadi. 
Butunni uning tashkil etuvchi qismlariga ajratishga yo‘naltirilgan fikrlash 
(tafakkur) usuli analiz deb ataladi. 
Predmetlar yoki hodisalar orasida bog‘lanishlar o‘rnatishga yo‘naltirilgan 
tafakkur usuli sintez deb ataladi. 
100 sonida nechta o‘nlik va nechta birlik bor, degan savolga javob ber-
ishda o‘quvchilar sonni analiz qilishadi. 
Shu so‘zlarga amal qilishadi (ya’ni noto‘la analiz o‘tkazishadi), bunday 
qilish esa ko‘pincha xatoga, ya’ni xato sintezga olib keladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


22 
Тaqqoslash usuli qaralayotgan sonlar, arifmetik misollar, masalalarning 
o‘xshash va farqli alomatlarini ajratishdan iborat. 
Matematika boshlang‘ich kursi taqqoslash usulining qo‘llanilishi uchun 
katta imkoniyatlar ochib beradi: sonlarni, ifodalar va sonlarni taqqoslash
ikkita ifodani taqqoslash; masalalarni taqqoslash va h.k.
Yangi matematika tushunchalarni, qonunlarni tarkib toptirishda bolalar 
umumlashtirishga duch keladilar. 
Umumlashtirish – bu o‘rganilayotgan ob’ektlardan umumiy muhim to-
monlarini ajratish va ularni muhim emaslaridan ajratishdan iborat. 
Nazorat uchun savollar 
1. O‘qitish metodlari deyilganda nimani tushunasiz? 
2. O‘qitish metodlarining turlarini ayting. 
3. Boshlang‘ich sinflarda qanday og‘zaki o‘qitish metodlari ishlatiladi?
4. Induksiya, deduksiya va analogiya metodlarining mohiyati nimadan 
iborat? 

Download 0.6 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish