matematik materialni mantiqiy tashkil etish




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/62
Sana27.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#43711
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62
Bog'liq
“Бошланғич синфларда математика
Buxoro tarixi, Reja Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnalogiya, sayt, AWS elastic beanstalk, Узбекистон республикаси олий ва урта, MARKAZIY VA PERIFERIK ASAB TIZIMI KASALLAIKLARIDA DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR, 1. Doimiy aholi soni-jami (1), ERGASH SERTIFIKAT, ОСНОВЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КОРРУПЦИИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН, Mavzu relyativistik dinamika elementlari, Relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org (1), abu ali alashari sorok khadisov o zhenshchinakh, 1-курс Ишчи информатика, Mmxy brend
matematik materialni mantiqiy tashkil etish (MMM
ТE), matematik 
nazariyani qo‘llash (MNQ). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari biror darajada 
mantiqiy vositalarga ham ega emaslar va ularning matematik bilimlari 
nazariy xaraktyerda emas, shu sababli ularni matematik faoliyatga o‘rgatish 
masalasi biror darajada faqat EMM ga nisbatan va mutlaqo oz darajada 
MMM
ТE ga nisbatan hal etilishi mumkin. 
O‘quvchilarni EMM ga o‘rgatish yo‘llari mohiyati quyidagidan iborat: 
1. O‘quvchilarning ma’lum xossaga ega bo‘lgan real ob’ektlar, holatlarni 
izlashga yo‘naltirilgan ishlari tashkil etiladi, bunda bu xossa real ob’ekt, ho-
lat ko‘rinishidagi namuna vositasida yoki atrof-muhitdan bu namunalarni 
topish mumkin bo‘lgan umumiy ko‘rsatma bilan berilishi mumkin. 
2. O‘quvchilarning mazkur ob’ektlar, holatlarning modellarini yasash 
bo‘yicha faoliyatlari tashkil etiladi. Modellarning umumlashganlik, ab-
straktlashgan darajasi sekin-asta ortib borishi lozim. Bu bosqichning oxirida 
o‘quvchilar yo matematik til vositalari (sonlar, harflar, ifodalar va h.k) bilan, 
yoki grafik vositalar (sxemalar, chizmalar, diagrammalar) bilan ifodalangan 
modellarni hosil qiladilar. 
3. Hosil qilingan modellarni o‘quvchilar empirik (vizual, ustma-ust 
qo‘yish, o‘lchash va h.k. bilan) tadqiq etadilar. Modellarni xossalarni tavsi-
flanadi. Mazkur tavsif tahrir etiladi: undan muhim bo‘lmagan, befoyda 
so‘zlar chiqariladi, ikkiyoqlama mazmunlilik bartaraf etiladi. Boshqa tomon-
dan, xossalar ro‘yxatining o‘zi ham ushbu tamoyil bo‘yicha qisqartiriladi: 
faqat hamma qaralayotgan modellar ega bo‘lgan xossalargina qoldiriladi. 
4. O‘quvchilar qaralayotgan to‘plamning elementlari uchun umumiy 
bo‘lgan barcha xossalarni qanoatlantiradigan modelni tuzadilar. Bu model 
mateatik til yordamida tavsiflanadi. 
O‘quvchilarni EMM ni o‘rgatish usulini aniq misollarda ko‘rsatish 
maqsadga muvofiqdir. 
 Boshlang‘ich sinflarda asosiy matematik tushunchalarni shakllantirish-
ning interfaol metodlari 
 1. Asosiy matematik tushunchalar haqida 
Boshlang‘ich 
matematika 
o‘qitishning 
asosiy 
vazifalaridan 
biri 
o‘quvchilarda asosiy matematik tushunchalarni shakllantirishdir.
Тushuncha - bu predmet to‘plamlarining muhim, umumiy belgilari 
to‘g‘risidagi fikrdir. 
Тushuncha o‘quvchilarda predmet va haqiqiy olam 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


25 
hodisalarining hissiy obrazlari bo‘lgan tasavvurlarni umumlashtirish asosida 
vujudga keladi.
Masalan: to‘g‘ri to‘rtburchak shakliga ega bo‘lgan har xil predmetlarni – 
taxtacha, qog‘oz varag‘i, stol usti, g‘isht yoki gugurt qutisi va shunga 
o‘xshashlarni, orqali idrok qilish bilan o‘quvchilar to‘g‘ri to‘rtburchak 
to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘ladilar. 
Bu predmetlarning qanday materialdan tayyorlanganligini ularning 
og‘irligi, rangi va boshqa xossalarini e’tiborga olmay, bu tasavvurlarni 
taqqoslab o‘quvchi uning umumiy, muhim xossalarini umumlashtiradi. Bu 
tekis figuralarda 4 tomon, 4 ta to‘g‘ri burchak borligini aniqlaydi. 
Bu misoldan ko‘rinadiki, geometrik tushunchalarning shakllanish usul-
laridan biri qaralayotgan predmelar to‘plamiga mos bo‘lmagan har xil belgi-
larni chiqarib tashlab, umumiy, muhim, belgilarni saqlab qolishdan iboratdir. 
Bunda o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida ayrim xususiy ko‘rinishlardan 
boshlab tekis geometrik figuralar to‘plamini ko‘rib chiqishlari mumkin. 
Kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, parallelogramm, qavariq to‘rtburchak, ixtiyo-
riy to‘rtburchak yoki teskarisi. 
Hamma to‘rtburchaklar to‘plamidan qism to‘plami bo‘lgan qavariq 
to‘rtburchaklarni ajratish, bundan esa uning qismi bo‘lgan parallelogramm, 
undan to‘g‘ri to‘rtburchak va oxirida kvadratni ajratish mumkin. 
Bu tushunchalar orasida bog‘lanish tushunchalar ta’rifida uning yaqin 
turi va ko‘rinishi farqlarini ko‘rsatish bilan ifodalash mumkin. 
Masalan: kvadratni hamma tomonlari teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak si-
fatida ta’riflash mumkin. 
Тo‘g‘ri to‘rtburchak - hamma burchaklari teng par-
allelogramm sifatida, parallelogramm esa qarama-qarshi tomonlari parallel 
qavariq to‘rtburchak sifatida ta’riflash mumkin. 
Ko‘rsatilgan usul bilan tushunchalarning shakllanishidan tashqari pred-
metlar orasidagi munosabatni aniqlash ham muhimdir. 
Masalan: geometrik shakl tushunchasi yuqoridagi usul bilan vujudga 
kelishi mumkin emas. 
Boshqa matematik tushunchalar qaralayotgan ob’ektlar orasidagi mu-
nosabatlarni o‘rnatish bilan shakllanadi. 
Masalan: kesmaning uzunligi tushunchasi kesmalarning ekvivalentlik 
munosabatlarini o‘rnatish (ustma-ust qo‘yganda mos tushuvchi kesmalar 
ekvivalent deyiladi). 
Kesmaning uzunligini o‘zaro ekvivalenti bo‘lgan kesmalar sinfida xarak-
terlaydigan umumiylikdir. «Natural son» tushunchasi ham chekli to‘plamlar 
orasida ekvivalent munosabatlar o‘rnatish orqali hosil qilinadi. Natural son 
chekli to‘plamlarni xarakterlovchi umumiylik sifatida qaraladi. 

Download 0.6 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



matematik materialni mantiqiy tashkil etish

Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish