• 2. Bevosita, bilvosita va shartli analogiyalar. Bevosita analogiya (qiyoslash).
  • 9-mavzu. Fizikani o‘qitishda analogiya usulidan foydalanish. Reja: Analogiya to‘g‘risida ma’lumot. Bevosita, bilvosita va shartli analogiyalar




    Download 363,5 Kb.
    bet1/3
    Sana09.12.2023
    Hajmi363,5 Kb.
    #114446
      1   2   3
    Bog'liq
    9-mavzu


    9-mavzu. Fizikani o‘qitishda analogiya usulidan foydalanish.
    Reja:
    1.Analogiya to‘g‘risida ma’lumot.
    2.Bevosita, bilvosita va shartli analogiyalar.
    3.Fizikani o‘qitish jarayonida analogiyaning didaktik ahamiyati.


    1.Analogiya to‘g‘risida ma’lumot.
    Bizni o‘rab olgan Olam, undagi narsa va hodisalar sistemali tarzda yaratilgan. Shu sababli narsa va hodisalar to‘g‘risidagi bizning bilimimiz ham sistemali tarzda bo‘lishi kerak. O‘tgan ma’ruzalarimizda biz sistema, sistemaning modeli to‘g‘risida to‘xtalgan edik. Model u yoki bu obyektning nusxasi hisoblanadi. Narsa va hodisalarni modellashtirish tabiiy zaruratdan kelib chiqadi. Chunki narsa va hodisalar atrof-muhit bilan son-sanoqsiz o‘zaro aloqada bo‘ladi. Ularning barchasini qamrab olishning imkoniyati yo‘q. Shu sababli narsa va hodisalarni ularning soddalashtirilgan modellari orqali o‘rganamiz.
    Fizikani o‘qitish jarayonida biz ko‘plab moddiy va abstrakt modellar bilan ish ko‘ramiz. Fizik obyektlarni yoki ba’zi fizik jarayonlarni ko‘rsatishning imkoni bo‘lmasa, biz ularning modeli bilan ish ko‘ramiz. Fizik obyektlarni, jarayonlarni modellashtirishda biz analogiya usulidan foydalanamiz.
    Qiyoslashni (analogiyani) uch turga bo‘lish mumkin: Bevosita, bilvosita va shartli analogiyalar.
    2. Bevosita, bilvosita va shartli analogiyalar.
    Bevosita analogiya (qiyoslash). Bu qiyoslash to‘g‘ridan-to‘g‘ri obyekt bilan modelning fizik jihatdan taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Masalan: fotografiya, samolyot, paroxod, suv inshootlar, binolar maketi, qo‘g‘irchoq, protezlar, shablonlar, maneken va boshqalar. Ba’zan bevosita o‘xshatishda model bilan orginal o‘rtasida farq juda kichik bo‘ladi. Masalan, ba’zi san’at asarlarining nusxasi orginalidan farq qilmaydi, golografik tasvir va hokazolar. Aktyor-san’at asarlaridagi qahramonlar modeli, maneken-xaridorlar modeli hisoblanadi.
    Model qanchalik originalga o‘xshash bo‘lmasin u bari bir ham nusxa hisoblanadi, u originalning barcha xossalarini o‘zida qamrab olmaydi. Fizikani o‘qitish jarayonida biz turli xil modellardan foydalanamiz: Masalan: ichki yonish dvigateli, o‘zgaruvchan tok generatori, elektromator, tranformatorlarni kichraytirilgan modellari va hokazo. Modellar statik yoki dinamik modellarga bo‘linadi.

    Download 363,5 Kb.
      1   2   3




    Download 363,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-mavzu. Fizikani o‘qitishda analogiya usulidan foydalanish. Reja: Analogiya to‘g‘risida ma’lumot. Bevosita, bilvosita va shartli analogiyalar

    Download 363,5 Kb.