• Shartli analogiya.
  • 3.Fizikani o‘qitish jarayonida analogiyaning didaktik ahamiyati.
  • 9-mavzu. Fizikani o‘qitishda analogiya usulidan foydalanish. Reja: Analogiya to‘g‘risida ma’lumot. Bevosita, bilvosita va shartli analogiyalar




    Download 363,5 Kb.
    bet2/3
    Sana09.12.2023
    Hajmi363,5 Kb.
    #114446
    1   2   3
    Bog'liq
    9-mavzu

    Bilvosita analogiya (qiyoslash). Bu xil qiyoslashda original bilan model o‘rtasidagi fizik jihatdan yaqinlik shart emas. Bu turdagi o‘xshatishda har xil narsalar va hodisalarning ba’zi bir parametrlarining (xossalarining) o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanadi. Masalan: mediklar ixtiyoridagi tajriba uchun foydalanadigan itlar-inson tanasining analogiyasi, avtopilot-uchuvchi analogi, soat vaqt analogi va hokazolar.
    Fizikani o‘qitish jarayonida bilvosita o‘xshatishlardan keng foydalaniladi. Masalan: elektr va mexanik hodisalar o‘rtasida (elektromexanik) analogiya, mexanika bilan optika o‘rtasida optiko-mexanik analogiya va hokazolar.
    Shartli analogiya. Bu qiyoslash original bilan model o‘rtasida shartli (kelishilgan)ravishda o‘rnatiladi. Masalan: pul-narx modeli, guvohnoma-shaxsning shartli modeli, turli xildagi belgilar, ishchi chizmalar va h.k. Shartli analogiya fan va texnikada juda keng qo‘llaniladi, u turli fanlarda, ishlab chiqarishda, sanoatda turlicha ko‘rinishda bo‘ladi. Masalan: aloqa, axborot vositalaridagi, radiotexnikada turli xil shartli belgilar ishlatiladi. Signallar, turli xil belgilarni o‘rganish bo‘yicha Yangi Fan “semiotika” yuzaga keladi. “Semioteka” - Yunon tilidan “belgi” degan ma’noni anglatadi. Semioteka fani belgilarni alohida-alohida tarzda emas balkim, ularni birgalikda sestematik tarzda o‘rganadi. Fizikani o‘qitish jarayonida turli xil shartli analogiyalar qo‘llaniladi. Fizik munosabatlarni, kattaliklarni ifodalovchi harflar: kuchni-F, massani –m, hajmni –v, harortani –T, bosimni –P va h.k. Shuningdek turli xil asbob va uskunalar ham shartli belgilar bilan ifodalanadi.
    Shartli analogiyaga turli xil chizmalar, konstruksiyalar misol bo‘la oladi. Masalan diod va triod lampalarining tuzilishini sxematik tasviri va h.k.


    3.Fizikani o‘qitish jarayonida analogiyaning didaktik ahamiyati.
    Fizikani o‘qitish jarayonini ilmiy tarzda tashkil etish uslubi sistemali tahlil hisoblanadi. Sistemali yondshuv usulini o‘qitish jarayonini tashkil etishda, u yoki bu fizikaviy jarayonlarni, hodislarni, qonuniyatlarni o‘rganishda amaliy mashg‘ulotlarda hamda o‘quvchilar bilimi va malakasini nazorat qilishda qo‘llash mumkin. Fizik jarayonlarni o‘qitishda turli xil modellardan foydalanamiz, origianal bilan model o‘rtasida qiyoslash (analogiya) usuli mavjud. Analogiya usuli yordamida qiyin o‘zlashtiriladigan fizik jarayonlarni o‘quvchilarga sodda, tushunarli qilib bayon etish mumkin.
    Masalan: elektr va optika bo‘limidagi ba’zi hodisalarni mexanika bo‘limidagi hodisalarga o‘xshatish orqali mavzuni sodda, tushunarli qilib bayon etish mumkin. Elektr bo‘limida ishlatiladigan fizik tushunchalar: elektr sig‘imi; kuchlanish, elektr yurutuvchi kuch, tebranish konturi, elektr toki va boshqalar mexanik kattaliklarga qiyoslash orqali kiritilgan.
    Fizikani o‘qitish jarayonida ba’zan uchala turdagi analogiyadan ham foydalanish mumkin. Bevosita analogiyaga turli mexanik, elektr moslamalar, asbob-uskunalarni kichraytirilgan nusxalari: ichki yonish dvigateli, o‘zgaruvchan tok generatori va h.k.lar misol bo‘ladi. Ushbu modellarning ishlashini dars paytida namoyish etish orqali ko‘rgazmalilik tamoyili amalga oshiriladi.
    Analogiyalar orqali darsning samaradorligiga erishish, o‘quvchilar bilimini mustahkamlash, ularni ijodiy mustaqil fikrlashga o‘rgatish kabi muhim didaktik vazifalarni amalga oshirish imkoni tug‘iladi. Fizikani o‘qitish jarayonida bilvosita analogiyaning o‘rni beqiyosdir. O‘quvchilar tomonidan qiyin o‘zlashtiralidigan murakkab, ko‘zga ko‘rinmas va juda tez kechadigan fizik jarayonlarni bayon etishda bilvosita analogiyani qo‘llash muhim didaktik ahamiyatga ega.
    Fizik jarayonlarni tushuntirishda bilvosita analogiyani qo‘llash qulaydir. Masalan, Elektr bo‘limidagi ko‘pchilik fizik tushunchalar va hodisalar ko‘zga ko‘rinmas va tez kechadigan jarayonlar hisoblanadi. Elektrostatika bo‘limida elektr maydoni uning muhim xossalari hisoblangan potensial, kuchlanganlik kabi tushunchalar o‘quvchilar tomonidan abstrakt fikrlash orqali o‘zlashtiriladi. Elektrostatik maydon potensial maydon deb tushuntiraladi. Ushbu maydonda berk kontur bo‘yicha sinov zaryadini ko‘chirishda bajarilgan ish nolga teng. Zarayadni elektrostatik maydonda ko‘chirishda bajarilgan ish zaryadni qanday traoktoriya bo‘yicha ko‘chirishga bog‘liq emas deb talqin etiladi. Ushbu mulohazalarni o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi uchun mexanika bo‘limida o‘zlashtirilgan gravitasiya maydoni va uning potensial maydon ekanligi bilan (qiyoslash) bilvosita analogiya usulidan foydalanib tushuntirish mumkin.
    Analogiya usuli bo‘yicha “Tinch turgan nuqtaviy zaryadning elektrostatik maydoni” bo‘yicha dars o‘tilayotganda, dastlab, ularga “Mexanika”dan o‘tilgan gravitasiya maydoni haqidagi bilimlar qisqacha takrorlanadi. Misol tariqasida elektrostatik maydonning kuch va energetik xarakteristikalarini gravitasiya maydonining shunday xarakteristalari bilan analog holda tushuntirish uslubiyati haqida to‘xtaymiz. Qaralayotgan sharoitda moddiy nuqta deb qarash mumkin bo‘lgan har qanday m ni| massali jism atrofida materiya mavjudligining maydon shakli - gravitasiya (tortishish) maydoni deb ataladigan maydon hosil bo‘ladi. Bu maydon markaziy kuchlar maydoni, ya’ni bir jinsli bo‘lmagan maydon hisoblanadi. Bu maydonning muhim xossalaridan biri, o‘ziga kiritilgan boshqa jismga kuch bilan ta’sir ko‘rsatish xossasidir. Maydonning shu xossasini o‘rganish maqsadida maydon manbaidan ixtiyoriy r uzoqlikdagi nuqtaga m0=m2 massali moddiy nuqtani (sinov jismini) kiritamiz. Maydon unga gravitasiya (Nyuton) kuchi deb ataladigan   kuch bilan ta’sir qiladi.
    Gravitasiya maydoni uchun bayon qilingan yuqoridagi fikrlarga analog holda ( m0 ~ q0, m ~q, G~ k, g ~E) tinch turgan nuqtaviy zaryad (q) atrofida hosil bo‘ladigan markaziy kuchlar maydoni - elektrostatik maydonning kuch xarakteristikasi - kuchlanganlik vektorining (E) fizik mohiyati tushuntiriladi. Buning uchun 1-jadvaldan foydalaniladi (3-ustunga analog hoda 4-ustun tushuntiriladi).

    Download 363,5 Kb.
    1   2   3




    Download 363,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-mavzu. Fizikani o‘qitishda analogiya usulidan foydalanish. Reja: Analogiya to‘g‘risida ma’lumot. Bevosita, bilvosita va shartli analogiyalar

    Download 363,5 Kb.