• Muhit ichida elektrostatik, magnitostatik va o‘zgarmas tokning magnit maydonlari orasidagi analogiya
  • Markaziy elektrostatik va gravitasiya maydonlari orasidagi analogiya




    Download 363,5 Kb.
    bet3/3
    Sana09.12.2023
    Hajmi363,5 Kb.
    #114446
    1   2   3
    Bog'liq
    9-mavzu

    Markaziy elektrostatik va gravitasiya maydonlari orasidagi analogiya






    Elektrostatik va gravitasion maydonlarning asosiy xarakteristikalari va ular o‘rtasidagi anologiya

    Analogiya usulida ma’ruza o‘tilganda, birinchidan talaba ma’ruzani bayon qilinayotgan fizik hodisa yoki jarayonning mohiyatini tez tushunadi (ko‘z oldida namoyon qila olgani uchun), ikkinchidan esa, vaqtdan tejaladi (ko‘pchilik hollarda ma’ruza paytida ayrim ifodalarni isbotlashga zarurat qolmagani uchun).
    “Elektr va magnetizm” kursidan ma’ruzalarda o‘zaro analog holda o‘tiladigan mavzularga misol qilib qo‘yidagilarni ko‘rsatish mumkin: “Markaziy (bir jinslimas) elektrostatik va gravitasiya maydonlari”, “Magnitostatik va elektrostatik maydonlar”, “O‘zgarmas elektr toki zanjiri va gidrodinamik sistema”, “Elektrostatik, magnitostatik va tokning magnit maydonlari”, “Elektr va mexanik tebranishlar”, “Elektromagnit va mexanik tebranishlar”, “Magnit va o‘zgarmas tok zanjirlari”, “Gazlarda, suyuqliklarda, metallarda va yarim o‘tkazgichlarda elektr tokining tabiati”, “O‘tkazgichlar, kondensatorlar va tok manbalarini o‘zaro ulash qonuniyatlari” va h.z.
    Quyida shunday mavzulardan bittasi - “Muhit ichida elektrostatik, magnitostatik va tokning magnit maydonlari orasida analogiya” jadvali keltirilgan.
    Muhit ichida elektrostatik, magnitostatik va o‘zgarmas tokning magnit maydonlari orasidagi analogiya

    Bu jadvaldan “Magnit maydon” va “O‘zgarmas tokning magnit maydoni” mavzulari bo‘yicha analogiya usulida ma’ruzalar o‘tishda foydalaniladi. Jadvaldan darsda foydalanish uslubiyati quyidagicha: “Magnit maydoni”ga oid mavzular bo‘yicha ma’ruza o‘tilayotganda, dastlab, shu mavzuga analog bo‘lgan “Elektrostatika”ga oid ilmlar jadvalning 3-ustunidan foydalanib qisqacha takrorlanadi. Shundan so‘ng, 3-ustunga analog holda “Magnit maydoni”ga oid 4- ustundagi bilimlar tushuntiriladi va formulalar yoziladi.
    “O‘zgarmas tokning magnit maydoni”ga oid mavzular bo‘yicha ma’ruza o‘tilayotganda, shu mavzu mazmuniga analog bo‘lgan “Elektrostatika” va “Magnit maydoni”larga oid ilmlar jadvalning 3 va 4-ustunlaridan foydalanib qisqacha tushuntiriladi. Shundan so‘ng, 3 va 4-ustunlarga analog holda “O‘zgarmas tokning magnit maydoni” ga oid 5- ustundagi bilimlar tushuntiriladi va formulalar yoziladi.
    Tebranish konturida kondensatordagi elektr maydon energiyasining g‘altakdagi magnit maydon energiyasiga va aksincha, g‘altakdagi magnit maydon energiyasi kondensatordagi elektr maydon energiyasiga aylanib turishi hodisasini 10-sinfda qaralgan prujinali mayatnikda cho‘zilgan prujina potensial energiyasining, yukning kinetik energiyasiga va aksincha aylanib turishiga qiyoslash mumkin. Shunga ko‘ra, mexanik va elektr tebranishlarning parametrlari orasidagi o‘xshashlikni quyidagi jadvalda keltiramiz.

    Ta’kidlash joizki, elektromagnit va mexanik tebranishlar turli tabiatga ega bo‘lsada, o‘xshash tenglamalar bilan ifodalanadi.
    Download 363,5 Kb.
    1   2   3




    Download 363,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Markaziy elektrostatik va gravitasiya maydonlari orasidagi analogiya

    Download 363,5 Kb.