• Eshnazarov Shahzod Hasan o’g’li 340-guruh talabasi shahzodeshnazarov58@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7679949 ARTICLE INFO
  • “case-study”
  • “amaliy holatlarni o`qitish metodi”
  • Central asian journal of education and innovation




    Download 0.91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana01.11.2023
    Hajmi0.91 Mb.
    #92696
      1   2   3   4
    Bog'liq
    CAJEI0249
    2-amaliy mashg’ulot, 24 mavzu Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, covid-19-residents, ЭиС Презентация-3, OT 01, 7-ma\'ruza, 6-amaliy mashg\'ulot, 3-amaliy mashg\'ulot, 13-мавзу. Барқарор маркетинг, 1-L Vahobov 1, Kompleks sonlar haqida tushuncha, 2-маъруза, 2.1-Ma\'ruza, INTELLEKTUAL MULK, Bog\'lovchi


     
    Page 37 
     
    CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION 
    AND INNOVATION 
    Volume 2, Issue 2, Part 2 February 2023 
    www.in-academy.uz 
     TA`LIMDA "CASE STUDY" TEXNOLOGIYASI. 
    Sadikova Yorkinoy Salijonovna 
    SamDU Yuridik fakulteti 
    Davlat huquqiy fanlar kafedrasi mudiri,yuridik fanlar nomzodi 
    Eshnazarov Shahzod Hasan o’g’li 
    340-guruh talabasi 
    shahzodeshnazarov58@gmail.com 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7679949 
    ARTICLE INFO 
     
    ABSTRACT
     
    Qabul qilindi: 18-fevral 2023 yil 
    Ma’qullandi: 24-fevral 2023 yil 
    Nashr qilindi: 27-fevral 2023 yil
     
     
    Case study metodi bo`yicha o`rganilayotgan har bir 
    muammo yoki mavzu yuzasidan amalga oshiriladigan 
    ishlar rejasi, ularni bajarish tafsiloti, natijalar va 
    xulosalar yig`indisi alohida keysni tashkil qiladi. Bu 
    metod ta`lim jarayonida hayotiy vaziyatlardan 
    foydalanishga qaratilgan. Bu esa, hozirgi kunlarda ta`lim 
    sohasidagi dolzarb bo`lgan muammolardan hisoblanadi. 
    Ushbu muammoni hal qilish imkonini berishi bu 
    metodning alohida ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatib 
    turibdi.
    KEY WORDS 
    ( “case” – yashik, quti, gilof, jild,
    study” – o`rganish, tadqiq 
    qilish, ilm bilan shug`ullanish, 
    o`quv fani, saboq olish, o`qish, 
    “case – true life”,. 
     
    Bu metodning nomi inglizcha “case-study” so`zlaridan olingan. Bunda “case” – yashik, quti, 
    gilof, jild, “study” – o`rganish, tadqiq qilish, ilm bilan shug`ullanish, o`quv fani, saboq olish, 
    o`qish ma`nolarini bildiradi. Bu metod haqida inglizcha aytiladigan “case – true life”
    ya`ni “keys – haqiqiy hayot” iborasiga ko`ra keys – real hayotning «bir parchasidir». Shunga 
    ko`ra bu metodni “amaliy holatlarni o`qitish metodi” deb ham ataladi. 
    Shu sababli G`arb mamlakatlaridagi ta`lim muassasalarida Case study metodidan, ya`ni 
    keyslardan foydalanish o`quv rejasining 25 % ini tashkil qiladi. Shu munosabat bilan ta`lim 
    muassasalarida hayotiy vaziyatdan foydalanishning ahamiyati haqida qisqacha to`xtalib 
    o`tamiz. 
    Case study ta`lim metodini turli holatlarni o`rganishda qo`llash – hayotdan olingan odatdagi 
    vaziyatlarni o`rganishni tashkil etish yoki sun`iy yaratilgan vaziyatlarga asoslangan holda 
    ta`lim oluvchilardan tegishli muammolarning maqsadga muvofiq yechimlarini izlashni talab 
    qilishga qaratilgan ta`lim jarayonidan iborat. 
    Bu metod ta`lim oluvchilarga mavzuga tegishli hayotiy vaziyatni tashxis qilish, farazlarni 
    ifodalash, muammolarni aniqlash, qo`shimcha axborotlarni yig`ish, farazlarga aniqlik kiritish 
    va muammolarni echish hamda ularni bajarishning aniq bosqichlarini loyihalash bo`yicha 
    amaliy faoliyatlarini modellashtirish imkonini beradi. 
    Muayyan hayotiy vaziyatlarga bag`ishlangan keyslardan foydalanish ta`lim jarayonini haqiqiy 
    hayot bilan bog`laydi. Keysni ko`rib chiqishda ta`lim oluvchilar ta`lim olish jarayonini 
    yaratadilar. Shu jarayondagi o`zaro harakatda ularning haqiqiy fikr almashish holatlari kelib 
    chiqadi. Keys ta`lim oluvchilarga tahlil qilish, qiyoslash yo`llarini qidirish va muammoni 
    echish erkinligini beradi. 



    Download 0.91 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.91 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Central asian journal of education and innovation

    Download 0.91 Mb.
    Pdf ko'rish