|
O‘qituvchi faoliyatida pedagogik texnikaning ahamiyati. Pedagogik texnikaning asosiy komponentlari. Pedagogik texnikani shakllantirish yo‘llari
|
bet | 13/20 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,75 Mb. | | #132311 |
Bog'liq Kompetentlik bo`yicha ma\'lumotlatO‘qituvchi faoliyatida pedagogik texnikaning ahamiyati. Pedagogik texnikaning asosiy komponentlari. Pedagogik texnikani shakllantirish yo‘llari. Pedagogik texnika asoslarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, unga erishish pedagogika, psixologik hamda amaliy tayyorgarlik bo‘yicha maxsus bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Pedagogik texnikani o‘zlashtirishda o‘qituvchi ta’lim oluvchi hulq-atvori, xatti-harakatlarining tashqi belgilarga ko‘ra uning ichki holatini belgilay olish malakasiga ega bo‘lishi nihoyatda muhimdir.
“Pedagogik texnika” tushunchasi quyidagilarni ifodalaydi:
1) pedagogning o‘z diqqati hamda ta’lim oluvchilar diqqatini maqsadli boshqarish;
2) pedagogik faoliyatda jarayonning, ta’lim oluvchilar harakatining sur’atini his qilish.
O‘qituvchi faoliyatida uning pedagogik texnikaga egaligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
O‘qituvchining pedagogik madaniyatga egaligi, pedagogik texnika asoslarini puxta o‘zlashtira olganligi uning yuz ifodasi, erkin, vazmin harakatlari, gavdani to‘g‘ri tuta bilishi, yig‘inchoqligi, imo-ishoraning tabiiyligi, ta’lim oluvchilarga nisbatan e’tiborida yaqqol aks etadi.
Pedagogik jarayonda o‘qituvchi yuzini o‘rinsiz, qo‘pol tarzida burishtirmasligi, pala-partishlikka yo‘l qo‘ymasligi, imo-ishoralarning sun’iy bo‘lishidan saqlanishi, ma’nosiz bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur.
Zero, bularning barchasi o‘qituvchining ta’lim oluvchi oldida hurmat qozona olmasligiga olib keladi. Yosh o‘qituvchilar pedagogning hatto sinf xonasiga, auditoriyaga qanday kirishi, ta’lim oluvchi, talabalarga nazar tashlashi, salomlashishi, stulni surishi, shaxsiy buyumlari (sumka yoki qog‘oz solingan yig‘majildlarni qaerga, qanday qo‘yishi, xona bo‘ylab yurishi, yozuv taxtasidan foydalanishdagi harakatlari, ta’lim oluvchi, talabalar bilan muloqotda o‘zini qanday tutishi va b.ham katta tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega ekanligini yodda tutishlari zarur
Vazmin, xushmuomala, o‘ziga ishongan pedagog faoliyatining ilk bosqichlaridanoq ta’lim oluvchilar mehrini qozona oladi. Buning uchun o‘qituvchi, eng avvalo, o‘z hissiy holatlarini, tuyg‘ularini boshqara olishi kerak. Pedagogning ta’lim oluvchilar bilan muloqoti rasmiy xarakterga ega. Qolaversa, u ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari, hamkasblari hamda ta’lim muassasasi va yuqori boshqaruv organlarining nazorati ostida faoliyat yuritadi. Bu esa jismoniy toliqishni, ruhiy zo‘riqishni, o‘z-o‘ziga nisbatan ishonchsizlikni va tanglikni keltirib chiqaradi. Natijada o‘qituvchining nutqi qat’iylik kasb etmaydi, ovozda nuqsonlar ko‘zga tashlana boshlaydi, oyoq va qo‘llar toliqadi. Bu kabi salbiy hodisalarning kelib chiqmasligi uchun o‘qituvchi o‘zini dars boshlanishidan avval ta’lim jarayoniga ruhan tayyorlashi, bu jarayonda yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan turli salbiy holatlarga o‘zini psixologik nuqtai nazardan tayyorlashi, imkon qadar ruhiy barqarorlikka erishishi talab qilinadi.
O‘qituvchi pedagogik jarayonga o‘zini ruhan tayyorlashda quyidagilarga e’tibor berishi lozim:
ü o‘ziga, o‘z imkoniyatlariga ishonish;
ü xushmuomala bo‘lish va kelajakka ishonch bilan qarash;
ü o‘z xatti-harakatlarini nazorat qilish (muskullar zo‘riqishini bartaraf etish, qomatni rostlash, harakatlarni to‘g‘rilash, nutqning ravon, aniq bo‘lishiga e’tibor qaratish va to‘g‘ri nafas olishni o‘zlashtirish);
ü aqliy va jismoniy mehnatni tashkil etishda o‘zaro uyg‘unlikka erishish, muayyan davrlarda hordiq chiqarish (mehnat yoki musiqa yordamida dam olish, badiiy asarlarni o‘qish, yaqinlar, do‘stlar bilan hazil-mutoybani tashkil etish);
ü pedagogik jarayonning muvaffaqiyatli,
ü samarali kechishiga o‘zini o‘zi ishontirish;
ü kasbiy faoliyatni katta ishtiyoq, ko‘tarinki
ü kayfiyat bilan tashkil etishga intilish;
ü turli salbiy ruhiy omillar organizmiga, ruhiy holatiga, xatti-harakatlariga, ta’lim oluvchilar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilariga nisbatan munosabatiga ta’sir etishiga yo‘l qo‘ymaslik;
ü salbiy ruhiy omillar va jismoniy holatlarni bartaraf etish uchun trening va avtotreninglardan samarali foydalanish malakasini o‘zlashtirish.
Ruhiy barqarorlikka erishish muayyan shartlar asosida kechadi. Bu o‘rinda V.A.Suxomlinskiy ruhiy barqarorlikka erishishning asosiy shartlari quyidagilar ekanligini ta’kidlaydi:
qosh-qovoqni uyub yurmaslik;
boshqalarning kamchiliklari, nuqsonlarini
oshirib ko‘rsatmaslik;
hazil-mutoyba moyil bo‘lish;
xushmuomala bo‘lish va kelajakka ishonch bilan qarash.
O‘qituvchi tomonidan o‘zlashtiriladigan pedagogik texnika negizida pantomimika o‘ziga xos o‘rin tutadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘qituvchi faoliyatida pedagogik texnikaning ahamiyati. Pedagogik texnikaning asosiy komponentlari. Pedagogik texnikani shakllantirish yo‘llari
|