• O‘qituvchi nutqi
  • Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)




    Download 1,75 Mb.
    bet16/20
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,75 Mb.
    #132311
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Bog'liq
    Kompetentlik bo`yicha ma\'lumotlat

    Pedagogik texnika vositalari – pedagog tomonidan ta’lim oluvchilarning u yoki bu harakatlari yoki ularda namoyon bo‘ladigan ma’naviy-axloqiy sifatlariga nisbatan sub’ektiv munosabat, alohida his-tuyg‘ularning ma’noli ifodalanishini ta’minlovchi vositalar
    M ohiyatiga ko‘ra pedagogik texnika vositalari nutq va og‘zaki bo‘lmagan muloqot jarayonida qo‘llaniladigan vositalar sanaladi.
    Pedagogik amaliyotda yosh o‘qituvchilarning pedagogik texnikasida quyidagi juz’iy kamchiliklar uchraydi:
    1) ta’lim oluvchilar bilan sidqidildan so‘zlasha olmaslik;
    2) g‘azabni to‘xtata olmaslik yoki uni o‘z o‘rnida ishlata olmaslik;
    3) o‘zida ishonchsizlikni yenga olmasligi;
    4) nutqni ravon bayon eta olmaslik;
    5) ortiqcha qattiqqo‘llik;
    6) xushmuomala bo‘lishdan qo‘rqish;
    7) juda tez gapirish (ayniqsa darslarda);
    8) ortiqcha harakat yoki bir joyda qotib qolish, qo‘llarini qaerga qo‘yishni bilmaslik;
    9) o‘z gavdasini tutishda muayyan kamchiliklarga yo‘l qo‘yish (bukchayib, yerga qarab yurish, o‘rinsiz kulish, ortiqcha harakat, qo‘lida turli jismlarni aylantirib yurish);
    10) monoton – bir ohangda so‘zlash, nutqning zerikarliligi, jonli emasligi;
    11) ifodali o‘qish, so‘zlarni aniq, to‘g‘ri talaffuz qila olmaslk (noto‘g‘ri diksiya), sinf xonasi, auditoriya uchun zarur tovush balandligini belgilay olmaslik.
    O ‘qituvchining ta’lim oluvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatishida uning nutqi ham hal qiluvchi omillardan biri sanaladi.
    O‘qituvchi nutqi – pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonida til vositalaridan foydalanishi.
    Ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishda nutqning monolog, dialog, polilog shakllaridan foydalaniladi.

    O‘qituvchi auditoriyada og‘zaki nutqning turli shakllaridan foydalanadi. Ma’ruza mashg‘ulotlarda ko‘proq nutqning dialog va polilog shakli samaralidir, chunki bu bosqichda ta’lim suhbat usuli asoslanadi. Monologik nutqdan o‘qituvchi hikoya, tasvir, ta’rif, tavsif xarakteridagi mavzularni bayon etishda foydalanadi. O‘rganilayotgan mavzuning mohiyatidan kelib chiqqan holda o‘qituvchi har bir darsda og‘zaki nutqning barcha shakllaridan o‘rinli, maqsadli foydalanishi mumkin.
    O‘qituvchi mavzular bo‘yicha materiallarni ta’lim oluvchilarga yetkazib berishda ularning xulqlariga samarali ta’sir etish maqsadida ko‘z, qosh, qo‘l, yuz, bosh, kaftlari yordamida muayyan harakatlarni amalga oshiradi. Uning bunday harakatlari tasdiq yoki inkorni ifodalashi mumkin.
    O‘qituvchi tomonidan sodir etilayotgan harakatlar o‘rinli bo‘lsa ular so‘zsiz pedagogik ta’sir jarayonini kuchaytiradi. Biroq, bu kabi harakatlarni o‘rinsiz, tez-tez sodir etaverishi ta’lim oluvchilarning diqqatlarini susaytiradi, ularni zeriktirib qo‘yadi. Pedagogik jarayonda o‘qituvchining ta’sirini kuchaytiradigan omillardan biri – uning ovozi, unga xos bo‘lgan xususiyatlar sanaladi. O‘qituvchi ovozining yoqimli va jarangdor bo‘lishi ta’lim oluvchilar e’tiborini o‘ziga to‘la qarata olishini ta’minlaydi. O‘z ovozining ta’sirchanligini aniqlash uchun o‘qituvchi ovozining qanchalik darajada kuchli, shirador va yoqimli ekanligini bilishi, shuningdek, zarur vaziyatlarda ovozning bu kabi xususiyatlaridan unumli foydalana olishi zarur. O‘z ovozida ma’lum kamchiliklar borligini sezgan o‘qituvchi ularni bartaraf etishga harakat qilishi kerak. Buning uchun ovozdan foydalanish va uni yaxshilash texnikasi ustida izchil, doimiy mashq qilib borishi talab etiladi. Zero, bir yoki ikki marta qilingan mashq bilan ovoz xususiyatlarini yaxshilab bo‘lmaydi.
    O‘qituvchi ovozi o‘zida quyidagi xususiyatlarni aks ettira olishi zarur:
    1) jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi);
    2) keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo‘lgan darajasi);
    3) havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshituvchanlikka ega bo‘lishi);
    4) ixchamlik, harakatchanlik;
    5) chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish);
    6) moslashuvchanlik (dinamika, tembr, ohandorlikning turli sharoitga moslasha olishi);
    7) qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi shovqinga tembr va tessituraning o‘zgarib turishi);
    8) suggesivlik (ovozning xayajon ifodalashi va bu orqali, qanday so‘z aytilayotganidan qat’iy nazar, tinglovchining xulqiga ta’sir qilish xususiyati).
    Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi o‘z nutqini tashkil etishda quyidagilarga jiddiy e’tibor qaratishi zarur:
    1) adabiy (sheva so‘zlarining qo‘llanilmasligi) me’yorlariga (kadi – qovoq, pamildori – pomidor, kelutti – kelyapti, kartishka – kartoshka va hokazo tarzida) amal qilish;
    2) talaffuz (o, a, u ,o‘, f, v, p, d, t, x, h, s, s, j, sh) me’yorlariga (onor – nor, uxshash – o‘xshash, palakat – falokat, Hamit – Hamid, xam – ham, sentner – sentner, ijtimoiy – ishtimoiy kabi shakllar) rioya etish;
    3) kelishik me’yorlariga (Sobirni ukasi – Sobirning ukasi, ta’lim oluvchini daftari – ta’lim oluvchining daftari, poezdga keldim – poezdda keldim va b. ko‘rinishida) amal qilish.
    Bugungi kunda nutq texnikasi bo‘yicha bir qancha majmuaviy mashqlar asoslangan. Ular so‘zlashish paytida to‘g‘ri nafas olish, tovush hosil qilish va nutqni ma’noli ifodalash malakalarini takomillashtirishga yordam beradi.
    O‘qituvchi nutqini tashkil etishda d i k s i ya ham alohida o‘rin tutadi.

    Talaffuzning aniqligi o‘qituvchi nutqining tushunarli bo‘lishiga yordam beradi, shuningdek, ta’lim oluvchilar tomonidan to‘g‘ri tushunilishini ta’minlaydi. Talaffuz qanchalik aniq bo‘lsa, aytilayotgan so‘z, ifodalanayotgan bo‘g‘in va tovushlar shunchalik tiniq, yorqin ifodalanadi. Tovush nutq apparatining barcha a’zolari (lablar, jag‘, tishlar, yumshoq va qattiq tanglay, kichik til, kekirdak, tomoq orqa devori, tovush naychalari)ning birgalikda unumli ishlashiga bog‘liq. Til, lablar, yumshoq tanglay, kichik til va pastki jag‘ nutqda faol ishtirok etadi. Shu sababli ularni doimiy mashq qildirish turish muhim ahamiyatga ega.

    Download 1,75 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 1,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)

    Download 1,75 Mb.