• Jest (gavda, qo‘l va oyoq harakatlari)
  • Tinglovchilar diqqatini o‘ziga tortish usullari. Auditoriyani boshqarish psixologiyasi, tinglovchilarga ta’sir etish va ishontirish usullari
  • Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)




    Download 1,75 Mb.
    bet15/20
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,75 Mb.
    #132311
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Bog'liq
    Kompetentlik bo`yicha ma\'lumotlat

    Mimika  yuz muskullarining harakatlari orqali o‘z fikri, his-tuyg‘ulari, kayfiyatini, shuningdek, mavjud voqelikka nisbatan munosabatini ifodalash
    Insoniyat qadim-qadimdan o‘zaro munosabat va muloqotlarni tashkil etishda turli jestlardan o‘rinli va samarali foydalanib kelgan. Zero, jestlar insonning hissiyotlari, ichki kechinmalari va ijtimoiy borliqqa bo‘lgan munosabatini so‘zsiz ifodalash imkoniyatiga ega. M: o‘ng qo‘l chap ko‘krak ustiga kaftlar yoyilgan holda qo‘yilsa, bu holat “Sizga hurmatim cheksiz”, o‘ng qo‘lning kaftlari ochiq holda ko‘rsatilsa, “Jim bo‘ling!”, “Bas qiling!”, qo‘l musht qilib tugilsa, “Qoyil qildim!” yoki “Qoyil qilaman!” kabi ma’nolarni anglatadi.
    Juda qadimdan inson yuz ifodasi va qarashi atrofdagilarga so‘zdan ko‘ra kuchli ta’sir qilishi aniqlangan. Shu sababli qadimgi Rim va Yunonistonda notiqlarning nafaqat so‘zdan, shu bilan birga mimika, pantomimika va jestlar (gavda, qo‘l va oyoq harakatlari)dan samarali foydalana olishlariga e’tibor qaratiladi.
    Bugungi kunda ham rivojlangan mamlakatlarda siyosatchilarning yuqorida qayd etilgan harakatlar bo‘yicha malakalarni o‘zlashtira olishlariga jiddiy e’tibor qaratiladi.
    O ‘qituvchi tomonidan mimika, pantomimika va jestlar (gavda, qo‘l va oyoq harakatlari)dan samarali foydalana olish malakalarini samarali o‘zlashtira olishi uning mehnatini qisman yengillashtirish bilan birga, talabalarga ta’sir ko‘rsatishida muayyan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishiga imkoniyat yaratadi.
    Jest (gavda, qo‘l va oyoq harakatlari) – muayyan hodisa yoki ob’ektga nisbatan munosabatning gavda, qo‘l va oyoq harakatlari yordamida ifodalanishi. Mimika, pantomimika va jestlar uzatilayotgan axborotning hissiy ahamiyatini oshiradi, uning puxtaroq o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Ko‘zlar ham yuz ifodasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli ko‘zlar yordamida turli ma’nolarni ifodalash malakalarini o‘zlashtira olish ham mahoratli pedagog bo‘lish uchun nihoyatda zarur.
    Tinglovchilar diqqatini o‘ziga tortish usullari. Auditoriyani boshqarish psixologiyasi, tinglovchilarga ta’sir etish va ishontirish usullari. O‘qituvchi o‘z faoliyatida pedagogik texnika metodlari bilan birga pedagogik texnika vositalaridan ham foydalanadi. 

    Download 1,75 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 1,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)

    Download 1,75 Mb.