• 2 . Demokratik uslub.
  • Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)




    Download 1,75 Mb.
    bet18/20
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,75 Mb.
    #132311
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Bog'liq
    Kompetentlik bo`yicha ma\'lumotlat

    1. Avtoritar uslub. Bunga ko‘ra talabalar tomonidan barcha turdagi faoliyatning tashkil etilishi, mazmuni, shakli, metod va vositalarining barchasi faqat pedagog tomonidan belgilanadi. Talabalarning har qanday tashabbuslari rag‘batlantirilmaydi, aksincha, buyruq, ko‘rsatma, yo‘llanma berish, shuningdek, jazolash choralarini ko‘rish orqali talabalarga ta’sir etiladi. Hatto talabalarning faoliyatlari ijobiy baholangan vaqtda ham ularga bo‘lgan ta’sir turli kesatiqlar bilan bayon etiladi. Ya’ni: “Sendan ijobiy xatti-harakatni kutmagan edim?!”, “Buni qara-ya, nahotki o‘zgargan bo‘lsang!?”, “Qara-ya, birgina a’lo baho olish bilan o‘zingni yaxshi inson bo‘lib qolgan deb hisoblaysanmi!?” va h.k. mazmundagi rag‘batlar, ular asli ijobiy holatni e’tirof etishga yo‘naltirilgan bo‘lsa-da, talabani yangi yutuqlariga ilhomlantirmaydi. Aksincha, unda ta’lim olishga, ta’lim muassasasiga va pedagoglarga nisbatan sovuqqonlikni yuzaga keltiradi.
    2 . Demokratik uslub. Unga ko‘ra pedagog pedagogik faoliyatni tashkil etishda jamoaning fikriga tayanib ish ko‘radi. O‘quv mashg‘ulotlari va tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirishda har bir talabaning fikrini inobatga olishga, ularni umumlashtirgan holda eng samaralisini tanlab olishga intiladi. Muhokamalar chog‘ida barcha talabalarning ishtiroklari ta’minlanadi. Talabalar tomonidan bildirilayotgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanadi, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bu tashabbuslar amaliyotga tatbiq etiladi. Bu uslubdan foydalanayotgan pedagog zimmasidagi vazifa faqatgina talabalarning faoliyatini nazorat qilish, tuzatishlar kiritishdan iborat emasligini anglab yetadi. Asosiy e’tiborni talabalarning yutuqlarini e’tirof etgan holda yoki ularning xatolarini o‘zlariga anglatgan holda samarali tarbiya chorasini ko‘rishga qaratadi. Har bir talabaning yutug‘i alohida e’tirof etiladiki, bu esa ularni yangi zafarlarga erishishga ruhlantiradi. Ushbu uslubga asoslanib ish ko‘radigan pedagog har bir talabaning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda bajariladigan ishlarni to‘g‘ri taqsimlashga harakat qiladi, faol talabalarni taqdirlab borishni faoliyatining asosiy yo‘nalishi sifatida belgilaydi. Pedagog talabalar bilan muloqotni o‘rnatishda iltimos, maslahatga tayanib ish ko‘radi.

    Download 1,75 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 1,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)

    Download 1,75 Mb.