|
Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)
|
bet | 17/20 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,75 Mb. | | #132311 |
Bog'liq Kompetentlik bo`yicha ma\'lumotlatA rtikulyatsiya (lot. “articulation” < “articulare” – “aniq talaffuz qilmoq”) nutq organ (a’zo)larining tovush hosil qilishdagi harakatlari holati.
Tovushning aniq talaffuz qilinishini takomillashtirish artikulyatsiya gimnastikasi asosida amalga oshiriladi.
Har bir unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatuvchi mashqlar (ifodali o‘qish, tez aytishlar).
O‘qituvchi nutqining tashkil etilishida r i t m i k a ham muhim o‘rin egallaydi.
Unga xos muhim jihat ritm sanaladi.
Ritm (nutqning vazni) nutqning muhim xususiyati sanaladi, zero, nutq ohangi, to‘xtamlar ham tinglovchilarga bevosita kuchli hissiy ta’sir ko‘rsatadi. Nutqning ritmi (vazni)ga ko‘ra ta’lim oluvchiga uzatilayotgan bilimlar, o‘quv materialining murakkab o‘rinlari o‘qituvchi tomonidan asta-sekin bayon qilinadi, oson o‘zlashtiriladigan qismlarini esa nutqni bir qadar tezlashtirib bayon etish mumkin. O‘qituvchi o‘z faoliyatida aniq, ravon, ma’noli, ifodali nutqni o‘zlashtira olishi, bir so‘z bilan aytganda nutq madaniyatini egallashi zarur.
Pedagog faoliyatiga qo‘yiladigan baho darajasi – pedagogik kvalimetriya. Pedagogik deontologiya, pedagogik boshqaruv va texnika o‘qituvchi faoliyatini samarali tashkil etishning asosiy shakli.
Pedagogga xos bo‘lgan mahorat asosini tashkil etuvchi pedagogik muloqot madaniyati uning talabalar jamoasi, ota-onalar, hamkasblar hamda rahbariyat bilan uyushtiriladigan muloqot jarayonida namoyon bo‘ladi. Bunda, ayniqsa, pedagogning talabalar jamoasi bilan o‘zaro muloqoti muhim ahamiyatga ega. Pedagog talabalar bilan muloqotga kirishish, uning samarali bo‘lishiga intiladi.
Pedagogik muloqot madaniyati – pedagogning talabalar jamoasi, ota-onalar, hamkasblar, rahbariyat bilan pedagogik odob hamda muloqot talablariga muvofiq holda uyushtiriladigan suhbati.
Pedagogik muloqot quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
Pedagogik muloqot ruhiy-psixologik ta’sir kuchiga ega. Shu sababli uni tashkil etishda muloqot jarayonining ijobiy bo‘lishini ta’minlash pedagogning zimmasiga katta mas’uliyatni yuklaydi. Agarda to‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik muloqot talabada qo‘rquvning yuzaga kelishi, ishonchsizlikning tug‘ilishi, diqqat, xotira va ish qobiliyatining susayishi, nutq me’yorining buzilishi kabilarga sabab bo‘lsa, aksincha, nazariy-pedagogik va amaliy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgan muloqot yuqoridagi holatlarning aksini keltirib chiqaradi. Natijada talabalarda o‘qishga va mustaqil o‘rganishga, fikrlashga bo‘lgan qiziqish ortadi.
Pedagogik muloqot o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik jarayon ham sanaladi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalar bajariladi:
Muloqot jarayonida talaba tomonidan bildirilayotgan fikrlar, uning qarashlari shaxsni yaqindan o‘rganish uchun imkoniyat yaratadi. Talaba shaxsini yaqindan bilish, uning ichki kechinmalari, o‘y-fikrlari, his-tuyg‘ulari, orzu-umid, maqsad va hayotiy intilishlaridan xabardor bo‘lish pedagogik jarayonning metodik, ruhiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlaydi. Zero, bu jarayonda pedagogik talaba shaxsiga xos yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlarni inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etadi.
Muloqot jarayonidagi axborot almashinuvi talabaning o‘zaro ijtimoiy jarayonlar, shaxs kamolotining kechishiga doir ma’lumotlar almashishini ta’minlaydi. Pedagog va talabalar o‘rtasida hamkorlikni qaror toptirish esa har qanday vaziyatda ham ular o‘rtasida o‘zaro axborot almashinuvi samarali ro‘y berishini uchun sharoit yaratadi. Bu jarayonda pedagog talabalarning eng yaqin maslahatchisi, yo‘lboshchisi va rahbariga aylanadi. Muloqot chog‘ida talabalar tomonidan o‘z shaxsini, “meni”ni, qadr-qimmatini yetarlicha baholash va o‘z oldidariga hayotiy maqsadlarni qo‘ygan holda olg‘a intilishlarini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Muloqot jarayonida axborot almashish vazifasining hal qilinishi quyidagi vositalar asosida ro‘y beradi:
1) nutq;
2) paralingvistik tizim (yun. “pará” – “yaqin”, muloqot tarkibida so‘zli, g‘oyaviy ma’lumotlarni so‘zsiz vositalar bilan uzatilishi);
3) ekstralingvistik tizim (ingl. “exterior” – “tashqarida”, nemischa “linguistik” – gapirayotgan shaxs tomonidan nutqning bevosita ijtimoiy vazifalar bilan bog‘liq holda
tashkil etishi – nutqiy tanaffuslar, kulgu, yo‘talish, nafas olish, yig‘lash, tutilish va b.);
4) muloqotning tashkiliy ko‘lami va vaqti;
5) ko‘z qarashlar yordamida tashkil etiladigan aloqa;
6) belgilarning optik-kinetik tizimi (mimika, pantomimika, jestlar – qo‘l va oyoq harakatlari).
Pedagog rahbarligi yoki uning yo‘l-yo‘riqlari, ko‘rsatmalariga asosan o‘quv mashg‘ulotlari va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda ham muloqot muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni shu vaqtda muloqotning faoliyatni tashkil etish vazifasini namoyon bo‘ladi. Yaqin-yaqingacha faoliyatni tashkil etishda pedagogning yetakchiligi, uning bevosita rahbarligi ustuvor omil bo‘lgan bo‘lsa, zamonaviy sharoitda rollar almashinuvi yetakchi o‘ringa chiqdi. Endilikda aksariyat hollarda talabalarning o‘zlari ta’lim va tarbiyaviy jarayonlarni mustaqil uyushtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Biroq, bu degani, ta’limiy va tarbiyaiy ishlarni tashkil etish davrida pedagogning o‘rni va roli mutlaqo aks etmaydi, degani emas. Pedagog bu jarayonda rahbar, yetakchi, maslahatchi, ekspert sifatida namoyon bo‘ladi va talabalarni pedagogik jarayonlarni ilmiy-nazariy, tashkiliy-metodik jihatdan to‘g‘ri uyushtirishga yo‘naltiradi.
Pedagogik muloqotni tashkil etishda, ayniqsa, pedagog yordamiga muhtoj ta’lim oluvchilarga alohida e’tibor berishi, har bir ta’lim oluvchida turli o‘quv fanlari asoslarini o‘zlashtirishga nisbatan qiziqtirish usullarini, hamkorlik va ijodkorlikka asoslangan mehnatni tashkil etishni oldindan o‘ylab qo‘yishi lozim.
Milliy va jahon ta’limi amaliyoti pedagog, o‘qituvchilar tomonidan tashkil etilayotgan muloqotni bir necha turga ajratish mumkinligi ko‘rsatadi. Ular quyidagilarir:
O‘qituvchilar o‘z faoliyatlarida muloqotning muayyan turlariga tayanib ish ko‘radi. Qolaversa, pedagog tomonidan jamoa bilan muloqotni uyushtirish texnikasini doimiy ravishda tahlil qilib borish maqsadga muvofiqdir. Ma’lum vaziyatlarda pedagog rahbar sifatida talabalar faoliyatlarini boshqaradi. Bu jarayonda ham muloqot yetakchi omil hisoblanadi. Biroq, muloqotning samaradorligi rahbar sifatida namoyon bo‘layotgan pedagog tomonidan qanday muloqot uslubining tanlanganligi bilan belgilanadi. Odatda, pedagogning rahbar sifatidagi muloqot usullari quyidagi uch turga ajratiladi:
P edagogik muloqot uslublari quyidagi mazmunga ega:
|
| |