|
Mavzu: Ilmiy uslub janrlari. Kurs ishi
|
Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 243,79 Kb. | | #149248 | Turi | Referat |
Bog'liq 3akademik Mavzu:Ilmiy uslub janrlari.Kurs ishi
Bajardi:Shonazarov Sarvarbek
Tekshirdi:Toraqulova Mahliyo
Mavzu:Ilmiy uslub janrlari.Kurs ishi
Nutqning
ilmiy uslub janrlari
Ma’ruza
Doklad
Taqdimot
Nutqning yozma shakldagi ilmiy uslubi
1.Referat
2.Taqriz
3.Maqola
4.Monografiya
Ilmiy uslubning mohiyati
Voqelikka munosabatni munosabatning va buning tadqiqini mantiqan dalillangan , grammatik shakllangan, adabiy me’yor asosida tuzilgan jumlalarda ifodalab berish ilmiy uslubning mohiyatini tashkil etadi
Kurs ishi
Kurs ishini boshlanashidan to oxirigacha bo’lgan jarayonni quyidagi 6 qismga bo’lish mumkin:
1.Kurs ishini yozishga tayyorgarlik
1.1.Kurs ishi mavzusini tanlash
1.2.Kurs ishini bajarish jarayoni
1.3.Kurs ishi rejasini tuzish
1.4.Kurs ishi tuzilishi
2.Kurs ishiga qo’yilgan asosiy talablar
2.1.Kurs ishining hajmi va formati
2.2.Kurs ishining tarkibi
2.3.Kurs ishiga qo’yilgan talablar
3.Ilmiy-nazariy adabiyotlardan foydalanish
4.Amaliy malumotlarni yigi’ish va qayta ishlash
5.Kurs ishiga rahbarlik qilish
6.Kurs ishi himoyasi
Kurs ishi mavzusini tanlash
Kurs ishi mavzulari kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tuzilib, kafedra majlisida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Kurs ishi mavzusi qisqa va aniq bo’lishi lozim va mavzu talabaning ilmiy va amaliy qiziqishlarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda tanlab olinadi. Fan bo’yicha ma’ruza olib boruvchi professor-o’qituvchi talaba tanlagan mavzuni ro’yxatga oladi va kurs ishi yozilishini nazorat qiladi.
Mavzu tanlashda shunga e’tibor qaratish kerakki, bu masalani o’rganish talabaning bilmagan narsalarini bilib olishga, kursning navbatdagi bo’limlarini o’rganishga yaqindan yordam berishi lozim
Kurs ishini bajarish jarayoni
1. Fanning dolzarb mavzusi va muammolari chuqur o’rganiladi. Kurs ishi ustida ishlash jarayonida talaba tanlagan mavzuni chuqur o’rganishi, uning yo’nalishlarini tahlil qilish haqida tushunchaga ega bo’ladi;
2. Mustaqil ishlash usullari bilan tanishadi, iqtisodiy, nazariy va amaliyotning dolzarb masalalarini yozma bayon qilish usullarini o’rganadi;
3. Bibliografiya tuzish, statistik to’plamlardan foydalanish, mavzular bo’yicha konspekt tuzish, tavsiyalaridan kelib chiqib, rasmiylashtiriladi;
4. Huquqiy me’yoriy hujjatlarni amaliyotda tadbiq qilinishini o’rganadi.
Kurs ishi rejasini tuzish
— fikrlar ketma-ketligini o’zida mujassam etadi va umumlashtiradi;
— manba mazmunini xotirada tiklaydi;
— konspekt va tezislar o’rnini bosadi;
— o’z-o’zini nazorat qilishni tezlashtiradi;
— yaxshi tanish matnning xotirada paydo bo’lishida foydalaniladi.
— e’tiborning bir nuqtada bo’lishligiga va mashg’ulotlarni rag’batlantirishga imkon beradi:
Kurs ishi tuzilishi
Kurs ishining tuzilishi umumiy qoida sifatida o’rnatilgan kirish, asosiy bo’lim, xulosa, statistik ma’lumotlar, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan tashkil topadi. Kurs ishining barcha qismlari bir biri bilan o’zaro bog’langan va mavzuni ochib berishga xizmat qilishi talab etiladi.
Mavzuga tegishli amaliy ma’lumotlarni to’plash, tartibga keltirish, tasniflash, tahlil kilish va umumlashtirish jarayonida kurs ishining rejasi takomillashtirilishi yoki uning yo’nalishi o’zgartirilishi mumkin.
Kurs ishiga qo’yilgan asosiy talablar
Kurs ishining umumiy hajmi kompyuterda yozilgan matnda o’rtacha 32-36 bet, qo’l yozmada 45-50 bet bo’lishi kerak.
Kurs ishi tuzilgan rejaga muvofiq alohida bandlarga, ya’ni paragraflarga bo’linadi. Bu bandlarning nomi qisqacha bo’lib, mavzuning mazmuniga mos tushishi va matnga muvofiq tarzda bosh harflar bilan yozilishi lozim. Betlar arab raqamlari bilan pastki qismning o’rtasida qo’yilishi kerak.
Kurs ishi A4 (210 x 297) formatli oq varaqning bir tomoniga 1,5 interval oraliqda, 14 shriftda yoziladi va uni yozish jarayonida quyidagi hoshiyalar o’lchamiga rioya qilinishi lozim:
Chap hoshiya — 30 mm. O’ng hoshiya — 15 mm. Pastki hoshiya -20 mm. Yuqori hoshiya — 20 mm.
Kurs ishi teztikkichga (skoroshivatelga) tikiladi yoki oddiy muqova qilinadi va titul varag’i (1-ilova) uning ustiga yelimlanadi.
Kurs ishini raqamlash reja yozilgan varog’idan boshlanib, oxirgi betgacha hamma varag’larni qamrab olishi lozim. Reja yozilgan varaq birinchi bet hisoblanadi va unga raqam qo’yilmaydi.
Rejada kurs ishining barcha bandlari, ya’ni kirish, asosiy qism, paragraflar, xulosa va takliflar keltiriladi.
Kurs ishining tarkibi
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi quyidagi qismlarni qamrab olishi lozim:
— titul varog’i
— reja
— kirish qismi
— asosiy qism
— xulosa va takliflar
— foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
— ilovalar
— mundarija.
E’tiboringiz uchun rahmat
|
| |