|
Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)
|
bet | 7/20 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,75 Mb. | | #132311 |
Bog'liq Kompetentlik bo`yicha ma\'lumotlatRefleksiv yondashuv – (lotincha reflixio- ortga qaytish) faqat sub’ektning o‘z-o‘zini bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish tuyg‘usi va bilish (kognitiv) tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab olishini ham anglatadi
Refleksiv innovatsion amaliyot o‘qituvchi ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilib, bunda pedagogik fanda faqatgina yangilik yaratish qobiliyatigina emas, balki o‘z-o‘ziga, o‘z mehnatiga, bolalarga, har qanday muammoli vaziyatni hal etishga va umuman hayotga o‘ziga hos ijodiy munosabatda bo‘lish tushuniladi.
Refleksiv innovatsion amaliyot ilgarigi tajribani dolzarblashtirish uni qayta anglash bo‘lajak ta’lim muassasasining yangi muammo va munosabatlarini aniqlash uchun imkon beradi.
Demak, pedagog-o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Texnologik yondashuv - Texnologiya (yunon. “techne” – mahorat, san’at, “logos” – tushuncha, ta’limot) – muayyan (ishlab chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy va b.) jarayonlarning yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi
Ta’lim texnologiyasi (ingl. “an educational technology”) – ta’lim (o‘qitish) jarayonining yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi
Ta’lim texnologiyasi – ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan loyiщalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo‘lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish.
Ta’lim tizimini texnologiyalashtirish g‘oyasi o‘tgan asrning boshlarida G‘arbiy Yevropa va AQShda ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim samaradorligini oshirish, shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash uchun muayyan shart-sharoitni yaratish borasidagi ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk bora o‘rtaga tashlandi. Mazkur g‘oya 30-yillarda ta’lim jarayoniga “pedagogik texnika” (“ta’lim texnikasi”) tushunchasining olib kirilishi bilan asoslandi. Ushbu davrlarda yaratilgan maxsus adabiyotlarda “pedagogik (ta’lim) texnika(si)” tushunchasi “o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko‘maklashuvchi usul va vositalar yig‘indisi” tarzida talqin etildi hamda o‘quv jarayoniga o‘quv va laboratoriya jihozlarining olib kirilishi, ulardan samarali, unumli foydalanish, material mazmunini ko‘rsatmali qurollar yordamida tushuntirish kabi holatlar ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yetakchi omillardir deya baholandi.
XX asrning 50-yillarida ta’lim jarayonida texnik vositalarni qo‘llash “ta’lim texnologiyasi” yo‘nalishini belgilab beruvchi omil deya e’tirof etildi, asosiy e’tibor talabalar auditoriyasini kengaytirish texnik vositalardan foydalanish evaziga amalga oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ularning axborot sig‘imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, ta’lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi. Bu borada olib borilgan tadqiqotlarning ob’ekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik vositalar imkoniyatlari, ularni takomillashtirish jarayoni qabul qilindi, shuningdek, o‘quv jarayonini “texnologiyalashtirish”ning tashkiliy jihatlarini o‘rganishga alohida urg‘u berildi.
60-yillarning boshlarida ta’limni dasturlash asosida ta’lim jarayonini tashkil etish “texnologiya” tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida ko‘rila boshlandi. Dasturiy ta’lim talabalarga muayyan bilimlarni alohida qism holida emas, balki izchil, yaxlit tarzda berilishini nazarda tutadi. Ta’lim jarayonini yaxlit, maqbul dasturga muvofiq tashkil etish taklifi ilk bora AQShda faoliyat yurita boshlagan “Dasturiy ta’lim va o‘rgatuvchi mashinalar bo‘yicha birlashgan Qo‘mita” tomonidan ilgari surilgan. Dasturiy ta’lim o‘zida ta’lim maqsadlari, ularni o‘zgartirish va baholashning mos ravishdagi mezonlari hamda ta’lim muhitining aniq tavsifini qamrab oladi.
|
| |