• Maxsus yoki kasbiy kompetentlik
  • Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonini tashkil etishda innovatsion, akmeologik, aksiologik, kreativ, refleksiv, texnologik, kompetentli, psixologik, andragogik yondashuvlar
  • Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)




    Download 1,75 Mb.
    bet3/20
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,75 Mb.
    #132311
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    Kompetentlik bo`yicha ma\'lumotlat

    Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik.
    Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiy kompetentlik va uning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Ana shunday tadqiqotlar sirasiga A.K.Markova va B.Nazarovalar tomonidan olib borilgan izlanishlarni kiritish mumkin.
    A.K.Markova tomonidan olib borilgan tadqiqotlarida pedagogning kasbiy kompetentligi quyidagi tarkibiy asoslardan iborat ekanligi bayon qilingan: Maxsus yoki kasbiy kompetentlik (kasbiy faoliyatni yuqori darajada tashkil etish); Ijtimoiy kompetentlik (qo‘shimcha faoliyatni hamkorlikda tashkil etish); Shaxsiy kompetentlik (o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini namoyon etish); Individual kompetentlik (o‘z-o‘zini boshqarish, kasbiy rivojlanish va yangiliklar yaratish).
    Ta’lim amaliyotida kompetentlik yondoshuvini amalga oshirish ushbu jarayonning barcha jihatlarini chuqur va har tomonlama ilmiy o‘rganishni talab etadi. Shu bilan birga, ta’kidlash kerakki, kompetentlikni pedagogik fenomen sifatida talqin qilish qiyin, chunki, kompetentlik kategoriyasi pedagogikaga boshqa fanlardan kiritilgan bo‘lib, u fanlarda yetarli darajada chuqur anglab yetilgan va o‘zining mustahkam o‘rniga ega. Yangi ijtimoiy­iqtisodiy jarayonlarning natijasi sifatida pedagogika fanining tushunchalari tarkibiga nisbatan yaqinda kirib kelgan va hozircha pedagogik, xususan didaktik tushunchalar tizimiga to‘laqonli tarzda tegishli.
    Shu bilan birga, ta’limda kompetentlikka yo‘naltirilgan yondoshuvlarning dolzarbligi tufayli “kompetentlik”, “kompetensiya”, “tayanch kompetensiyalar” atamalari ta’limning yangi sifatlariga doir masalalarni muhokama etishda tobora ko‘proq ishlatilmoqda va borgan sari keng tarqalib bormoqda. Pedagogik hamjamiyatda kompetentlik va kompetensiyalar, ulardan qaysi birlari tayanch (universal) hisoblanishi, ularni shakllantirish va baholash usullari qanday ekanligi tushunib yetish jarayoni jadal bormoqda, ushbu tushunchalarni aniqlashtirish bo‘yicha qizg‘in munozaralar davom etmoqda. Shu sababli bugungi kunda ushbu tushunchalarning juda ko‘plab ta’riflari va talqinlari mavjud.
    Kompetentlik – bu faqatgina o‘zlashtirilgan bilimlar va tajribalarning mavjudligi hamda salmoqli hajmi bo‘libgina qolmay, balki, ularni kerak vaqtda ishga sola bilish va o‘zining xizmat vazifalarini bajarish jarayonida ulardan foydalana olish demakdir. 
    Bu ma’noda kompetentlik insonning, shaxsning, kasb egasining tavsifi hisoblanadi, shu bilan birga, u shaxsning shaxsiy imkoniyatlarining yig‘indisi, uning o‘z kasbiy bilimlari va tajribalarini amaliy faoliyatida samarali ravishda qo‘llay olish qobiliyati hisoblanadi.
    Mutaxassisning, uning samarali kasbiy faoliyatga qodirligining tavsifi sifatidagi kompetentlik ta’limda kompetentlik yondoshuvining asosi bo‘lib qoldi. Bunday kompetentlikning murakkab, integral xarakterini ta’kidlab o‘tgan holda, xorijdagi boshqaruv modellarida uning uch darajasi ajratib ko‘rsatiladi:
    1) Integrativ kompetentlik – bilim va ko‘nikmalarni yig‘ishga va tashqi muhitning tez o‘zgarib turadigan sharoitlarida ulardan foydalana bilishga qodirligi.
    2) Ijtimoiy­psixologik kompetentlik – zehn­idrok, odamlarning xulq­atvorini tushunish bo‘yicha bilimlar va ko‘nikmalar, ularning faoliyati motivatsiyasi, kirishuvchanlik va muloqat madaniyatining yuqori darajaliligi.
    3) Boshqaruv faoliyatining muayyan sohalari – qarorlar qabul qilish, axborot yig‘ish, odamlar bilan ishlash metodlari va hokazolar bo‘yicha kompetentligi.
    Kompetentlikning tarkibiy qismlari inson uchun qiziqarli bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish jarayonidagina rivojlanadi va namoyon bo‘ladi. Bir necha omillar natijasida hosil bo‘ladigan samarali faoliyat, muayyan vaziyatda namoyon bo‘ladigan, alohida olingan kompetentlik yoki layoqatlilik darajasiga nisbatan, maqsadga erishishga qaratilgan harakat jarayonida vaziyatlarning keng doirasini qamrab oladigan bir qator mustaqil va o‘zaroalmashuvchan kompetentliklarga anchagina ko‘proq bog‘liq bo‘ladi.
    Kompetenlikni baholashda alohida olingan biror bir layoqatlilik darajasini emas, balki, inson tomonidan shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga erishish uchun sarf qilinadigan uzoq vaqt davomida, turli xildagi vaziyatlarda namoyon qilinadigan kompetentliklarning to‘liq to‘plamini nazarda tutish kerak bo‘ladi. Bunda inson duch kelib qolgan muayyan vaziyat uning rivojlanishiga, qadriyatlarning shakllanishiga va yangi kompetentliklarni egallashiga bevosita ta’sir etadi.
    Kasbiy faoliyati samarador bo‘lishi uchun egallanishi muhim bo‘lgan kompetensiyalar sohasining turli­tumanligini anglash aynan ushbu kompetensiyalar doirasini aniqlash, shuningdek, ular orasidan o‘z xarakteriga ko‘ra eng universal bo‘lgan tayanch, bazaviy kompetensiyalarni ajratib olish muammosini keltirib chiqardi.
    Bugungi kunda jahon ta’limida tayanch kompetensiyalarning turli xil tasniflari mavjud. M.Stobart tayanch kompetensiyalarning quyidagi beshta guruhini belgilab ko‘rsatgan:
    1) Siyosiy va ijtimoiy kompetensiyalar (masalan, ma’suliyatni o‘z zimmasiga olish, birgalikda qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, ziddiyatlarni murosaga keltirish yo‘li bilan hal etish, demokratik institutlarning faoliyatida ishtirok etish);
    2) Ko‘pmadaniyatli jamiyat hayotiga oid kompetensiyalar (masalan, tafovutlarni to‘g‘ri tushunish, bir­biriga nisbatan hurmat, boshqa madaniyat, til va diniy etiqodga ega bo‘lgan odamlar bilan hamjihatlikda yashash);
    3) Og‘zaki va yozma muloqatni amalga oshira bilishga oid kompetensiyalar (masalan, bir nechta tillarni egallaganlik);
    4) Axborot jamiyatining vujudga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan kompetensiyalar (masalan, yangi texnologiyalarni egallaganlik, ularni qo‘llay olish, ommaviy axborot vositalari kanallari orqali tarqatiladigan axborot va reklamalarga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘la olish);
    5) Uzluksiz ta’limning asosi sifatida butun umri davomida kasbiy jihatdan hamda shaxsiy hayotida ta’lim olishga kompetentlilik.
    So‘nggi kompetensiya alohida ahamiyatga ega, shuning uchun ba’zi tadqiqotchilar uni tizimli kompetensiya deb ataydilar. Ye.P. Tonkonogaya va V.Yu. Krichevskiylar kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsiy sifatlarni ko‘rib chiqar ekanlar, kompetentlikni xushaxloqlik, pedagogik­tashkilotchilik, boshqaruvchanlik, kommunikativlik va boshqa sifatlar bilan bir qatorga qo‘yadilar. Kompetentlikning o‘zi pedagogda umumiy dunyoqarashining kengligi va madaniyatining yuqoriligini, pedagogika, psixologiya, boshqaruv nazariyasi va ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari bo‘yicha kasbiy bilimlarining mavjudligini, o‘z bilimlarini amaliyotda rivojlantirishga layoqatliligini, ijtimoiy va psixologik­pedagogik tadqiqotlar metodlarini bilishini, pedagogik va boshqaruv ko‘nikmalarining zaruriy majmuasiga ega bo‘lishini nazarda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, kompetentlik kasbiy bilim va ko‘nikmalarning mavjudligi, shuningdek, ularni amaliy faoliyatda qo‘llash hamda takomillashtirishga layoqatlilik bilan belgilanadi.
    Pedagog­olimlarning ishlarida kompetentlikni pedagogik nuqtai­nazardan yanada kengroq va sinchiklab o‘rganish imkonini beradigan turli jihatlari va tarkibiy qismlari ajratib olingan va o‘rganib chiqilgan.
    S.E. Shishov tomonidan kompetentlikning quyidagi ta’riflari keltirilgan: ­ o‘qish­o‘rganish tufayli egallangan bilimlar, tajriba, qadriyatlar va moyilliklarga asoslangan umumiy layoqatlilik; ­ bilim va vaziyatlar o‘rtasidagi aloqani o‘rnata bilish qobiliyati, muammoga mos keladigan hal etish yo‘lini topish (kompetentlik deb aytish uchun biror­bir vaziyatda namoyon etiladigan taqdirdagina joiz bo‘ladi, namoyon etilmagan kompetentlik – kompetentlik emas, yashirin imkoniyatlar bo‘lib qolsa ham katta gap).
    L.M. Dolgova, P.V. Simonov va boshqalarning fikricha, kompetentlik − olingan bilimlarga asoslangan holda harakat qila olishlik demakdir. Namunalarga o‘xshash harakatlarni ko‘zda tutadigan “bilim, ko‘nikma va malakalardan” farqli o‘laroq, kompetentlik universal bilimlarga asoslangan holda mustaqil faoliyat tajribasini nazarda tutadi. “Kompetentlik – ijtimoiy amaliyot ko‘rinishidagi bilim va ko‘nikmalarning mavjudligi bo‘lib, u ta’lim jarayoni natijalariga ijtimoiy­madaniy talablar va jamiyat tomonidan talablar qo‘yiladigan hollarda namoyon bo‘ladi”, − deb ta’kidlaydi L.M. Dolgova.
    V.V. Bashevning ta’kidlashicha, kompetentliklar – insonning individual qobiliyati bo‘lib, ular shart­sharoitlar o‘zgargan paytda ushbu qobiliyatning boshqa shart­sharoitlarga ko‘cha olishida namoyon bo‘ladi. Qo‘llash sohalari ularning maxsusligi va aniqligini belgilaydi (matematik, tillar bo‘yicha, siyosiy va boshqa kompetentliklar). Jamiyatni o‘rganish sohasida samarali faoliyat ko‘rsatuvchi odam quyidagilarga qodir bo‘lishi kerak, ya’ni kompetentli odam: 1) o‘zi tushib qolgan vaziyatni tadqiq eta olishi; 2) boshqa odamlar bilan muloqot o‘rnata olishi; 3) qarorlar qabul qila olishi; 4) qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish bo‘yicha individual va jamoaviy harakatlarni tashkillashtira olishi; 5) faoliyatning yangi usullarini egallay olishi.
    Shunday qilib, kompetentlikni layoqatlilik, tayyorlik, imkoniyatga egalik va shu bilan birga, ma’lim bir harakatlar natijasi sifatida talqin etish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, kompetentlik – faoliyatga doir kategoriya bo‘lib, sub’ektning qo‘yilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan kasbiy, ijtimoiy va boshqa faoliyati jarayonida namoyon bo‘ladi. Eng umumlashtirilgan holda ta’riflaydigan bo‘lsak, kompetentlik – individning umuman jamiyatda va xususan kasbiy sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi uchun zarur bo‘lgan, atrofidagi ob’ektlar va sub’ektlar bilan o‘zaro hamkorligi bo‘yicha ma’lum bir malakalari va kasbiy tajribalari shakllanganligining muayyan darajasi demakdir.
    N.G. Vitkovskayaning ta’riflashicha, kompetentlik − qo‘yilgan muammolarni hal etishga qaratilgan insonning ichki (bilim, ko‘nikma va malakalari, ma’naviy sifatlari, psixologik xususiyatlari) va tashqi (moddiy­texnik, ijtimoiy) imkoniyatlarini safarbar qila olishga qodirligidir.
    Psixologik nuqtai­nazardan, A.K. Markovaning fikricha, kompetentlik – muayyan insonning xarakteristikasi, ya’ni kasbiy talablarga munosibligi darajasi bo‘yicha insonning individual xarakteristikasi demakdir.
    N.A.Muslimov o‘zining tadqiqot ishlarida o‘qituvchining kasbiy kompetentligini shakllanganlik asosini oltita sifatlar, ya’ni motivatsion xislatlar (insonning butun hayoti davomida shakllanib, rivojlanib boruvchi tanlagan kasbiga bo‘lgan ehtiyojlari, motivlari va maqsadlarni qamrab oladi), intellektual salohiyat (barcha rasmiy hujjatlar asosida o‘qituvchi axborot va ma’lumotlarni uzatishga, bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga intiladi), irodaviy sifatlar (maqsadga intiluvchanlik, ichki va tashqi to‘siqlarni, jismoniy va aqliy zo‘riqishlarni yenga olishlik, o‘zini tuta bilishlik va tashabbuskorlik xislatlari), amaliy ko‘nikmalar (psixologik, pedagogik, metodik va texnik-texnologik qobiliyatlar, amallar, individning faoliyat va muloqotning turli sohalaridagi ko‘nikmalari), hissiy sifatlar (o‘z hissiyotlarini boshqarishning zaruriy malakalarini shakllantirishi, o‘zining aniq hislari (qahr, g‘azab, bezovtalik, arazlash, hasad, hamdardlik, uyalish, mag‘rurlik, qo‘rqish, ko‘ngilchanlik, muhabbat va boshqalar)ni boshqarishi hamda o‘z hissiy holatlarini va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni tushunishi) hamda o‘z–o‘zini boshqara olish (maqsadlarni va ularga erishish vositalarini tanlashdagi erkinlik, vijdonlilik, o‘z faoliyatiga tanqidiy yondoshuv, harakatlarning keng qamrovliligi va anglanganligi, o‘z xulqini boshqalarniki bilan qiyoslab borishi, kelajakka ishonchi, o‘z jismoniy va psixologik holatini talab darajasida tutib turishi va boshqara olishi) sifatlari tashkil etishini ta’kidlab o‘tadi.
    Kompetentlikning mavjudligi to‘g‘risida inson mehnatining natijasiga qarab baho beriladi. Har bir soha mutaxassisining kompetentlilik darajasi uning bajargan ishi shu kasbiy faoliyatning yakuniy natijasiga qo‘yiladigan talablarga qay darajada javob berishiga qarab belgilanadi.
    Kompetentlikka insonning mehnat faoliyati davomida qilgan harakatlarining miqdoriga qarab emas, balki faoliyatning natijasiga qarab baho berish to‘g‘ri bo‘ladi. Xuddi shuningdek, savodxonlik darajasiga qarab ham kompetentlikni belgilab bo‘lmaydi.
    M.P. Choshanov fikricha, kompetentlik – kasbiy tayyorgarlikning umuman yangi sifati bo‘lib, uning o‘ziga xos tomonlariga quyidagilar kiradi: ­ kompetentli odamning bilimlari amaliy tezkor va harakatchan, ular bu bilimlarni doimo yangilab turadilar; ­ kompetentlik mazmunli (bilimlar) va jarayonlarga doir (ko‘nikmalar) komponentlariga ega. Muammoning mazmunini tushunishning o‘zi yetarli emas, uni amaliy jihatdan maqbul usullar bilan yecha bilish kerak, ya’ni metodlarning moslashuvchanligi kompetentlikning zaruriy tavsifi hisoblanadi; ­ kompetentlik maqbul yechimlarni tanlay bilish, qarorni asoslab bera olish, noto‘g‘ri yo‘llarni chiqarib tashlash, ya’ni tanqidiy fikrlay olishni taqozo etadi.
    A.K. Markova muayyan insonning kompetentligi uning kasbiy mahoratiga nisbatan torroq bo‘ladi, deb hisoblaydi, ya’ni: “Inson umuman olganda o‘z kasbining ustasi bo‘lishi mumkin, lekin barcha kasbiy masalalarni hal etishda kompetentli bo‘lmasligi mumkin”.
    Kompetentlik deganda, alohida bilimlar va ko‘nikmalar yoki faoliyatning alohida harakatlarining yig‘indisi to‘g‘risida emas, balki, insonga mehnat faoliyatini to‘la­to‘kis amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan xususiyat haqida so‘z yuritiladi.
    Kasbiy kompetentlik tor ma’noda malaka talablari doirasida bevosita xizmat vazifalarini bajarish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan shaxs sifatlari yig‘indisining xarakteristikasi sifatida tushuniladi. Shu nuqtai­nazardan kasbiy kompetentlik shaxs kasbiy sifatlarining negizi hisoblanadigan hamda mehnat va texnologik jarayonlarni tahlil qilish, texnik hujjatlarni va topshiriqlarni tahlil qilish, mehnat jarayonini bexato amalga oshirish, texnologik talablarga rioya qilish, qo‘shimcha malakalarni egallash, madaniyat va jarayonlarni tashkil etishning yuqori darajaliligi, texnologik jarayonda vujudga keladigan nosozliklarni bartaraf etish kabi faoliyatning elementlari orqali taqdim etilgan kasbiy kompetentsiyalarga ega bo‘lishni taqozo etadi.
    Bunday yondoshuvda kasbiy kompetentlik va shunga mos ravishda kompetensiya xizmatchi uchun boshqa muhim kompetensiyalar bilan bir qatorda turadi.
    Yuqorida sanab o‘tilgan kompetentliklarning barchasi bir insonda mujassam bo‘lmasligi mumkin. Inson o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yaxshi mutaxassis bo‘lishi mumkin, lekin muloqotga kirisha olmasligi, o‘z­o‘zini takomillashtirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshira olmasligi mumkin. Shunga ko‘ra, uning maxsus kompetentligini yuqori darajada, ijtimoiy va shaxsiy kompetentligini pastroq darajada, deb e’tirof etish mumkin.
    Bundan kelib chiqib shuni ta’kidlash joizki, kasbiy kompetentliklar borki, ular ko‘plab kasblar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va ishlab chiqarishda ham, ijtimoiy amaliyotda ham qo‘llanilganda o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Yuqorida sanab o‘tilgan kasbiy kompetentliklarning har bir turi shunday kasblararo umumiy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, maxsus kompetentlik - ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish, texnika bilan ishlash ko‘nikmalari, texnik hujjatlarni o‘qiy bilish, qo‘l ishlarini bajarish malakalariga; shaxsiy kompetentlik – o‘z faoliyatini rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarish, mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish, nostandart yechimlarni topa olish (kreativlilik), tez moslashuvchan nazariy va amaliy fikrlash, muammoni ko‘ra bilish, yangi bilim va ko‘nikmalarni mustaqil ravishda egallay olish layoqatiga; individual kompetentlik – motivatsiyaga, muvaffaqiyat zahiralariga ega bo‘lish, bajaradigan ishining sifatini oshirishga intilish, o‘z­o‘zini safarbar qila olish, o‘ziga ishonch va optimizmga ega bo‘lishni taqozo etadi.
    S hu bilan birga, kompetentlikni bilimlarga yoki ko‘nikma va malakalarga qarama­qarshi qo‘yish ham mumkin emas. Kompetentlik tushunchasi bilim yoki ko‘nikma yoki malaka tushunchalariga nisbatan kengroq, kompetentlik ularni ta’lim natijasi sifatida o‘z ichiga oladi (lekin bunda kompetentlik bilim, ko‘nikma va malakalarning oddiy yig‘indisi emas, bir muncha boshqacharoq mazmundagi tushunchadir). Kompetentlik tushunchasi nafaqat kognitiv va operatsiyali­texnologik, balki, motivatsion, axloqiy, ijtimoiy tarkibiy qismlarni ham o‘z ichiga oladi.
    Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ta’lim jarayonining ham mazmunini, ham shakllarini baravariga o‘zgartirish zarur. Bunda o‘zgartirilgan shakllar ta’lim oluvchilarga ma’lum bir kompetensiyalar bo‘yicha bilim bermasdan, balki, butun ta’lim jarayoni davomida ular asosida faoliyat olib borishlarini ta’minlashi kerak. Ya’ni, ta’lim oluvchi navbatdagi ko‘nikmalar to‘plamini shakllantirish yo‘li bilan bo‘lajak kasbiy faoliyatiga tayyorlanishi emas, balki, kompetensiyalarni shu yerda va hozir singdirib borishi kerak. Shuning uchun kompetentlik ta’limi natijasida quyidagilar ta’minlanishi kerak:
    − o‘z­o‘zini harakatga keltirish manbai sifatida ta’lim olishga ichki motivatsiyaning mavjud bo‘lishi;
    − yaxlit faoliyatni egallash sharti sifatida o‘quv faoliyati jarayonida o‘z­o‘zini tashkillashtirish qobiliyati;
    − har bir odamga o‘zining u yoki bu o‘quv materialini o‘zlashtira olish darajasini aniqlash imkonini beruvchi o‘z­o‘zini differensiatsiyalash (o‘z darajasini aniqlay bilish) qobiliyati;
    − ta’lim oluvchi tomonidan shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarga erishishlik;
    − ta’lim jarayonining barcha sub’ektlari orasidagi o‘zaro bog‘langan samarali faoliyatning mavjudligi.
    Shu bilan birga, kompetentlikka yo‘naltirilgan ta’limning metod va texnologiyalari ma’lum bir sharoitlarda shakllantirilgan qobiliyatlarni boshqa bir sharoitlarga oson ko‘chishi va moslashuvchanligini ta’minlashi kerak, ya’ni “noadaptiv faollik” xususiyatini hosil qilishi kerak.
    K ompetentlik yondoshuv ta’lim sifatini baholash uchun ham juda muhim hisoblanadi, chunki, ta’lim oluvchi tomonidan erishiladigan asosiy ta’limiy natija – kompetentlik hisoblanadi, uning asosiy ko‘rsatkichlari esa, bir tomondan ta’lim standartlarining me’yoriy talablariga muvofiqligi, ikkinchi tomondan, shaxsning va turli ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlariga mosligidir. Shunday qilib, kompetentlikning birinchi tarkibiy qismi me’yoriy hujjatlarda (O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, DTS va b.) belgilab qo‘yilgan ta’lim natijalaridan iborat. Ikkinchi tarkibiy qismini ijtimoiy talablar va ehtiyojlar belgilaydi, bu qism jamiyatning rivojlanishiga mutanosib ravishda universal, o‘zgaruvchan bo‘lib, o‘zgartirishlar va tuzatishlar kiritilib turiladi.
    Kompetentlik alohida jihatlariga ko‘ra tadqiq qilinsa ham, umuman olganda, fundamental pedagogik muammo sifatida hali nafaqat yechimi topilmagan, balki, muammo sifatida ham yetarlicha shakllantirilmagan. Xususan, kompetentlik yondoshuvini tizimli tahlil etishga, uni umuman ta’lim tizimida ham, kasbiy ta’limda ham qo‘llashning nazariy­metodologik va didaktik asoslarini aniqlashga doir ilmiy tadqiqot ishlari deyarli yo‘q deb aytish mumkin.
    Hozirgi zamon dunyo ta’lim tajribasida kompetentli yondashuv keng tarqalgan. “Kompetensiya” markaziy tushuncha sifatida ta’lim tizimining barcha bilim va ko‘nikmalarini o‘zida birlashtiradi. “Kompetensiya” tushunchasida ta’lim mohiyati shakllanib, g‘oyasi mujassamlashadi. Uning aniq natijalarini ko‘zlagan maqsadi — kompetensiyaning eng muhim qirralari, doimo rivojlanish tabiatiga ega bo‘lgan, universal bilimlar asosida shakllangan mustaqil faoliyat tajribalaridan iborat, madaniyat va faoliyatning keng tarmoqlariga taalluqli unsurlarni o‘z ichiga oladi .
    Amaliy kompetentlik doimo o‘sib boruvchi dinamik hodisadir, malaka oshirish va o‘z ustida ishlash jarayonining natijasi hisoblanadi. Bilim va mahorat, hatto ijobiy yo‘nalish ham vaqt o‘tishi bilan eskirib qoladi, jamiyatning zamonaviy talablariga, yangi texnologiyalarga mos kelmasligi mumkin. Jamiyat ham, odamlar, muammolar ham o‘zgarib bormoqda. Demak, bu vazifalarni yechish uchun yondashuv va metodlarni ham o‘zgartirish talab etiladi. Kompetensiya o‘z bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, ularni qayta ishlashni hamda o‘z amaliy faoliyatida qo‘llashni talab qiladi. Kompetensiya egasi bo‘lgan mutaxassis muammolarni yechishda o‘zi o‘zlashtirib olgan, aynan shu sharoitga mos metod va yo‘llardan foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga munosib bo‘lgan metodlarni tanlab olib qo‘llashi, to‘g‘ri kelmaydiganlarini rad etishi, masalaga tanqidiy ko‘z bilan qarashi kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
    Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonini tashkil etishda innovatsion, akmeologik, aksiologik, kreativ, refleksiv, texnologik, kompetentli, psixologik, andragogik yondashuvlar. Ta’lim muassasalarida yoshlarning shaxsiy rivojlanishi ularning mustaqil fikrlash, ijodkorlik, faollik, munosabatlarining chuqurlashib hamda boyib borishi, xarakter hamda dunyoqarashlarining turg‘unligi, o‘z-o‘zini nazorat qilish va tarbiyalashga bo‘lgan ehtiyojlarning shakllanishi kabi holatlar bilan tavsiflanadi. Bo‘lajak kasb egalari uchun ta’lim muassasalarida ta’lim olish jarayoni – bu insonda mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda ahamiyatli sanalgan kasbiy bilim, sifat, kompetentlik va mezonlar asosida rivojlantirish hamda o‘z-o‘zini takomillashtirishning eng maqbul davridir. Ta’lim oluvchilar ushbu jarayonda bilimlarni jamlash, saqlash, uzatish, ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish va istiqbolda kasbiy faoliyatini tashkil etishda ulardan samarali foydalanish kabi holatlarni o‘zida mujassam ettiradi.

    Download 1,75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 1,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)

    Download 1,75 Mb.