|
Pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuvlar
|
bet | 4/20 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,75 Mb. | | #132311 |
Bog'liq Kompetentlik bo`yicha ma\'lumotlatPedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuvlar:
I nnovatsion yondashuv (pedagogik innovatika, pedagogik innovatsiya) – Yaqin o‘tmishda “Innovatsion ta’lim”, “Innovatsion faoliyat” va “Innovatsion jarayonlar” terminlari respublikamizning pedagogik adabiyotlarida juda kam kuzatilar edi. Innovatsion ta’lim so‘zining zamirida yangilikni tashkil qilish, yangilikni o‘zlashtirish, yangilikdan foydalanish, yangilikni namoyon etish kabi kompleks faoliyat yotadi.
Innovatsion ta’lim - ta’lim oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim.
“Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan.
Innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi.
Ta’lim innovatsiyalari-ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar
Ta’lim sohasida innovatsion jarayon – bu ta’lim konsepsiyasidagi, o‘quv dasturlaridagi, usul va uslublardagi, tarbiya va o‘qitish usullaridagi yangilik va o‘zgarishlardir. Ta’lim sohasida innovatsion jarayonlar so‘zining tub ma’nosida pedagogikaning ikkita muhim – o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish muammosi va pedagogika fanlari yutuqlarini amaliyotga tadbiq etish muammosi yotadi. Shunday ekan, innovatsiyaning predmeti va innovatsion jarayonlarning tarkibi, mexanizi bir – biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan jarayonlar jamlanmasi tarkibida bo‘lishi kerak. Aynan, innovatsion faoliyat xizmat ko‘rsatish bozorida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi raqobatbardoshlikning asosini yaratibgina qolmay, professor – o‘qituvchining kasb mahoratining o‘sishini, ijodiy izlanishini, amaliy jihatdan ochib beradi. Shuning uchun ham, innovatsion faoliyat o‘qituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati va talabalarning o‘quv jarayoniga ijodiy faoliyati bilan uzluksiz bog‘liq.
Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablarning an’anaviy me’yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g‘oyalarning mavjud g‘oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat
Ta’limdagi pedagogning innovatsion faoliyati tuzilishini tahlil qilishda turli xil yondashuvlar mavjud. Masalan, A.Nikolskayaning fikricha, faoliyatni yangilash 3 bosqichda, ya’ni tayyorgarlik, rejalashtirish va joriy etish bosqichlarida amalga oshiriladi.
«Innovatsion faoliyat» tushunchasini tahlil qilar ekanmiz: G.A.Mkrtchyanning bu haqdagi fikri dikqatga sazovar: – «Pedagogik tajriba-sinov faoliyatining 3 ta asosiy shaklini ajratish mumkin: xususiy tajriba, tajriba-sinov ishi, o‘qituvchining innovatsion faoliyati. Pedagogik faoliyatda innovatsiyalar qancha ko‘p bo‘lsa, o‘qituvchi xususiy eksperimentni shuncha yaxshi tushunadi».
Innovatsion faoliyat bu amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy-madaniy ob’ekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sub’ektlarning harakat tizimi bo‘lib, u ma’lum doiradagi muammolarni yechish qobiliyatigina emas, balki har qanday vaziyatdagi muammolarni yechish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bo‘lishdir. O‘qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi o‘quv jarayonini samarali tashkil etishdan iborat.
|
| |