• Ta’limga an’anaviy va kompetentlikka yo‘naltirilgan yondashuvlarning qiyosiy tavsifi
  • Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)




    Download 1,75 Mb.
    bet8/20
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,75 Mb.
    #132311
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
    Bog'liq
    Kompetentlik bo`yicha ma\'lumotlat

    K ompetentli yondashuv – Kompetentlik yondoshuvining asoschilaridan biri bo‘lgan J.Raven buning muhimligini shunday tushuntiradi: “biz ko‘proq va kamroq kompetentli fermerlar, o‘qituvchilar, haydovchilar, temirchilar, menedjerlar va harbiy ofitserlarni solishtirganimizda, har bir holatda o‘z ishining ustalari namoyish qilgan aynan siyosiy xulq­atvor eng muhim bo‘lib chiqdi. Aksincha, odamlarning bevosita xizmat burchlari doirasidan tashqaridagi ijtimoiy, tashkiliy va siyosiy cheklashlarga nisbatan biron bir chora­tadbirlarni ko‘rishga layoqatsizligi va hohishi yo‘qligi zamonaviy jamiyatda kompetentli bo‘lmagan kasbiy xulq­atvorning asosiy manbai sifatida namoyon bo‘ladi, vaholanki, aynan ular inson bu doira ichida nima qila olishini aniqlaydilar.
    Kasbiy kompetentlikni rivojlantirishni muammoli o‘qitish jarayonida amalga oshirish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi, buning mohiyati kasbiy faoliyatni yaxlit tizim sifatida ko‘rish, unda tizimli faoliyat ko‘rsata bilish, yangi muammo va masalalarni hal eta bilish tajribalarini shakllantirish uchun zamin yaratishga xizmat qiladigan kasbiy faoliyat elementlarini ta’lim jarayoniga kiritishdan iborat.
    Quyidagi jadvalda ta’limga an’anaviy va kompetentlikka yo‘naltirilgan yondashuvlarning qiyosiy tavsifi keltirilgan.
    1­jadval
    Ta’limga an’anaviy va kompetentlikka yo‘naltirilgan yondashuvlarning qiyosiy tavsifi

    Ta’lim jarayoni elementlari

    An’anaviy yondashuv

    Kompetentlikka yo‘naltirilgan yondashuv

    Maqsadlar

    Bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan

    Kompetensiyalarni shakllantirishga (real mexnat faoliyatiga yo‘naltirilgan)

    Ta’lim mazmuni

    Davlat ta’lim standartini amalga oshiradi

    Kasbiy-ta’limiy dasturlar­ ni o‘zlashtirishga qaratilgan individual yo‘nalish. Tez moslanuvchan talimning natijaviyligiga erishishga yo‘naltirilgan

    Ta’limni tashkil etish shakllari

    Ta’limni sinf-dars, auditoriyada tashkil etish. Ko‘nikmani rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliyot

    Individual , juftlikda, kichik guruhlarda va katta guruhlarda ishlash

    Pedagogik jarayonni tashkil etish va amalga oshirish metodlari

    Qatiy dastur asosida o‘qitishning sinf-dars tizimi doirasidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan metodlar

    Kasbiy-ta’limiy dasturlarni modullar asosida o‘zlashtirishning individual va kompetentlik yondashuviga yo‘naltirilgan muammoli-faoliyatli metodlari

    Pedagoglar faoliyatining jarayondagi o‘rni

    “Nasihatgo‘y”, “axborot beruvchi”, baholovchi”

    “Hamkor”, “maslahatchi”, “yordamchi”, “vositachi”

    Ta’lim oluvchilar faoliyatining jarayondagi o‘rni

    “Tinglovchi”, “qabul qiluvchi”, “xotirasida saqlovchi ”

    “Hamkor”, “tajriba o‘tkazuvchi”, “tadqiqotchi”, “konstruktor-yaratuvchi”

    Ta’lim muassasasini boshqarish tuzilmasi

    Tuzilma ta’lim muassasasi faoliyatini yuritishga yo‘naltirilgan

    Tuzilma ta’lim muassasasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan

    Ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash

    Bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllan-ganligini tekshirishga yo‘naltirilgan (nazoratlar, testlar va hokazo)

    Mutaxassisning kasbiy kompetensiyasini va shaxsiy sifatlarini rivojlanish darajasini aniqlashga hamda baholash ham talim olish xarakteriga yo‘naltirilgan

    Keltirilgan tavsiflarni tahlil etish natijasida ta’limga kompetentlik yondashuvining shakllanish shart-sharoitlarini aniqlab olish mumkin:
    – bilimlar izlanish va fikrlash faoliyatlari, ijod jarayoni mahsuli sifatida turli xil shakllarda tizimli, fanlararo hamda umumlashtirilgan holda beriladi;
    – pedagog “boshqaruvchi”, “hamkor” sifatida namoyon bo‘ladi, ya’ni, hamkorlik qilish, demokratik ravishda ta’sir o‘tkazish, yordam berish, ruhlantirish, talabaning shaxsiy tashabbuslariga e’tiborli bo‘lish, uning shaxsini rivojlantirishga intilish pozitsiyasini egallaydi;
    – talaba pedagoglar va boshqa talabalar bilan faol hamkorlik qilishga, bir-birini qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro ma’suliyatlilik muhitini yaratishga yo‘naltirilgan;
    – ta’lim oluvchilar uchun ta’lim va tarbiyani tashkil etishning guruhli shakllari orqali shaxslararo munosabatlar va muloqatning xilma-xil shakllarini amaliy ravishda o‘zlashtirishlari, hamkorlikda ishlash va ijod qilish quvonchini his etishlari uchun shart-sharoitlar yaratiladi;
    – harakat va xulq-atvorlarning oldindan belgilab qo‘yilgan namunasiga mosligini baholashdan voz kechish.
    Inson tabiatidan kelib chiqqan holda, pedagogik jarayonning mazmuniy tuzilmasini aks ettiradigan, ta’limning maqsadini qo‘yishdan boshlab to natijaga erishishgacha bo‘lgan faoliyatni tashkil etishning barcha bosqichlari loyihalanadi. Jamoaviy-individual ravishda tafakkur etish texnologiyasida rivojlantiruvchi makon–tabiiy ijtimoiy muhit hisoblanadi, unda umumlashtirilgan (jamoa), shaxslararo (qiziqishlarga ko‘ra ijodiy birlashmalar), kasbiy (predmetli mazmun)dan iborat bo‘lgan munosabatlar tizimida bilim olish va o‘quv-kasbiy faoliyatga oid muammolar hal etiladi, shuningdek, hayotiy muammoli vaziyatlarni boshdan kechirib ko‘riladi.
    K ompetentli yondashuvning mohiyati, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, u insonda mustaqil ravishda bilimlarni egallash faoliyatini tashkillashtirish, refleksiya, ijodkorlik, jismoniy va ruhiy jihatdan o‘zini boshqara olish ko‘nikmalarini egallash, o‘z-o‘zini uyushtirish va rivojlantirish kabi qobiliyat va layoqatlarni shakllantirishni ta’minlaydi. Shuningdek bunga kasbiy kompetentlikni shakllantirishning didaktik modelini tuzish uchun nazariy-metodologik asos sifatida olingan o‘z-o‘zini rivojlantirish nazariyasi ham to‘la-to‘kis mos keladi.

    Download 1,75 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




    Download 1,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yangicha yondashuv. (4 soat)

    Download 1,75 Mb.