Ызбекистон республикаси +ишло+ ва сув хыжалиги вазирлиги




Download 2,37 Mb.
bet1/4
Sana13.05.2024
Hajmi2,37 Mb.
#229608
  1   2   3   4
Bog'liq
dsgsg



KURS LOYIHASI REJASI
Reja:
Kirish
Asosiy qism:

  1. Rezyume

  2. Umumiy ma‘lumotlar

  3. Loyixani maqsadi

  4. Marketing va bozor taxlili

  5. Ishlab chiqarish rejasi

  6. Moliyaviy reja

  7. Moliyaviy natijalar

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar
Kirish

Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi tarm ogining ahamiyati juda katta. Chunki respublikamiz abolisining yarmi qishloq joy larda istiqomat qiladi va ulaming turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy bog'iqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti va valyuta tushumi tarkibida ham qishloq xo‘ja!igi tarm ogi sezilarli salmoqqa ega. Qishloq xo‘jaligi tarmog’i aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan hamda sanoatning ayrim sohalarini xomashyo bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Endilikda aholi soni va ehtiyojlarining o‘sishi hamda qayta ishlash sanoati quvvatlarining yuksalishi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish hajmini yanada ko‘paytirishni obyektiv ravishda taqozo etmoqda. Shuning uchun ham mazkur tarmoqni rivojlantirish va samaradorligini oshirish zarur.


Qishloq xo’jaligining barcha sohalarida mahsulot ishlab chiqarishni va uning iqtisodiy samaradorligini oshirish muammosi har bir qishloq xo’jalik korxonasining oldiga qo’ygan eng muhim masaladir. Buni muvaffaqiyatli hal qilish uchun barcha imkoniyatlarni topish va ularni zudlik bilan ishlab chiqarishga jalb etish har bir mutaxassisning muqaddas burchidir. Shunig uchun ham ular ishlab chiqarish iqtisodiyoti va ularning qonuniyatlarini hamda natijalarni belgilovchi ko’rsatkichlar mazmunini chuqur bilishlari va hisoblash usullarini puxta epaxtashlari, bilishlari kerak.
Qishloq xo’jaligini keskin rivojlantirish uchun birinchi novbatda O’zbekiston qishloq xo’jaligi sharoitida paxtachilikni yuqori sur’atlar bilan o’sishini ta’minlash zarur. Qishloq xo’jaligining eng muhim tarmog’i bo’lgan paxtachilik sohasiga tegishli muammolardan birini, ya’ni xarajatlar va mahsulot birligi tannarxini hisobi va tahlilini tadqiq qildik. Bu iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida paxta tannarxini kamaytirish va moliyaviy natijalarni oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu masala xalq xo’jaligi ahamiyatiga ega bo’lgan eng dolzarb muammolardandir. Mahsulot tannnarxini kamaytirish, foydani ko’paytirish imkoniyatlarini aniqlab,
hayotga jalb etish iqtisodiyotni yanada mustahkam bo’lishiga va xalqning turmush darajasining oshishiga olib keladi.
Jahon miqyosida aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda agrar sohaning oʼrni va ahamiyati kundan-kunga oshib bormoqda. Jumladan, mamlakatimizda ham mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xoʼjalik mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash, hosildorlik va manfaatdorlikni yanada oshirish, sohaga ilm-fan yutuqlari hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish dolzarb masaladir.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2020 yil 29 dekabrь kuni Oliy Majlisga yoʼllagan Murojaatnomasida, kambagʼallikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini koʼpaytirishda eng tez natija beradigan omil bu – qishloq xoʼjaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirish ekanligini alohida taʼkidlab oʼtdilar.
Bu jarayonda har gektar yerdan olinadigan daromadni hozirgi oʼrtacha 2 ming dollardan kamida 5 ming dollargacha yetkazish ustuvor vazifa qilib qoʼyildi va qishloq xoʼjaligiga eng ilgʼor texnologiyalar, suvni tejaydigan va biotexnologiyalarni, urugʼchilik, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni keng joriy etishimiz lozimligi belgilab berildi
Paxtachilik mamlakatimizda qishloq xoʼjaligining muhim tarmoqlaridan biri. Respublikamizda paxtachilik sohasida katta malaka, tajriba va oʼziga xos maktab yaratilgan.
Soʼnggi yillarda oziq–ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq joylarda bandlikni hal etish, koʼp tarmoqli fermer xoʼjaliklarni koʼpaytirish maqsadida paxta ekin maydonlari biroz kamaytirildi, yaʼni ekin maydonlarining bir qismi gʼalla, meva va sabzavot ekinlari uchun ajratildi. Natijada soʼnggi 2-3 yil davomida paxta ekin maydonlari qariyb 15-16% ga qisqardi. Biroq, bu bilan gʼoʼza ekini uchun boʼlgan eʼtibor kamaymadi, aksincha fan va yangi texnologiyalar qoʼllash, almashlab ekish tizimini takomillashtirish, mehnat samaradorligini va paxta hosildorligini oshirish hisobiga yalpi paxta hosilini kamaytirmaslik vazifasi qoʼyilgan.
Respublikamizda qishloq xoʼjaligini rivojlantirishning strategik yoʼnalishlarida ham paxta hosildorligini oshirish hisobiga umumiy yalpi mahsulot yetishtirish hajmini kamaytirmaslik koʼzda tutilgan.Demak, mavjud maydonlardan belgilangan hajmdagi hosilni olish uchun paxta hosildorligini kamida 15-16% ga oshirish lozim. Paxta hosildorligini oshirish uchun bu sohada tub oʼzgartirishlar kiritilishi, sohada yangi innovatsion gʼoyalarni, ilgʼor texnologiyalarni joriy etish maqsadga muvofiqdir.
Mavzuning dolzarbligi. Paxtachilik qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biridir. Ushbu tarmoqning rivojlanishi nafaqat qishloq xo’jaligining, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining mustahkam bo’lishiga olib keladi. Ushbu tarmoqning rivojlanishi aholining iste’mol mollariga, kiyim-kechakka bo’lgan ehtiyojini ijobiy hal qilishda muhim rol o’ynaydi. Shu sababli ushbu soha muaommolarini ilmiy jihatdan tadqiq etish, o’rganish va ushbular asosida tavsiyalar ishlab chiqish hozirgi kunning eng dolzarb mavzularidan biridir. Shu sababli, kurs ishi mavzusi “Paxta ishlab chiqarishni rejalashtirish va uning ahamiyati” etib tanlandi.


Download 2,37 Mb.
  1   2   3   4




Download 2,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ызбекистон республикаси +ишло+ ва сув хыжалиги вазирлиги

Download 2,37 Mb.