К
'
D.U. ISAMUXAMEDOVA
TURAR-JOY
TUMANI
LOYIHASI
TOSHKENT
0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASIOLIY VA 0 ‘RTA
MAXSUS
TALIM VAZIRLIGI
D.U.ISAMUXAMEDOVA
TURAR-JOY TUMANI
LOYIHASI
0 ‘zbeKiston Respublimsi Oliy va o ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi
tomonidan 580000 - «Arxitektura va qurilish»,
5580100 - «Arxitektura» yo ‘nalishi talabalari ucftun
o ‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan
TOSHKENT - 2015
UO‘K: 728.1(075)
КВК 85.118
1-78
1-78
D.U.Isamuxamedova. «Turar-joy tumani loyihasi» -Т .: «Fan va texnolo-
giya», 2015,160 bet.
ISBN 978-9943-998-14-8
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua «Turar-joy tumani loyihasi» o'quv rejasi asosida Oliy
ta’limning 5340100 -
Arxitektura
, 5581000 -
Landshaft arxitekturasi,
5341000 -
Oishloq ahoti
punktlarim arxitktura lovi/taviy tashkil ettsh
yo'nalishi bo'yicha ta’lim olavotgan talabalar
uchun moMjallangan va ushbu mavzuda kurs loyihaviy ishi uchun uslubiy qoMlanma hisoblanadi.
Mazkur o‘quv-uslubiy majmuada turar-joy tumani va kichik tumanning arxitekturaviy-
rejaviy strukturasini shakllantirish asoslari bo'yicha nazariy bilimlar berilgan. Shu bilan birga
ularni ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish, yashash muhitini shakllantirishning
kompozitsion usullari ko'rib chiqiladi.
*«*
Учебное пособие «Жилой район» выполнено в соответствии с учебным планом по
направлению образования 5340100 - «Архитектура» (по видам) 5581000 - «Ландшафтная
архитектура», 5341000 - «Архитектурно-планировочная организация сельских террито
рий» и является методическим материалом при выполнении курсового проекта по данной
теме.
В данном учебном пособии рассматриваются основы формирования архитектурно-
планировочной структуры жилого района и микрорайона, организация функциональных
зон, благоустройства и озеленения, примеры композиционных приемов формирования
жилой среды. В пособии также излагается методика расчета жилого района и микрорайона
по основным показателям.
***
The teaching manual «The projection o f i-esidential and micro areas» was implemented in
accordance with the teaching plan fo r educational direction 5340100 - «Arhitecture»(subdivided
by types), 5581000
-
«Landscape architecture», 5341000 — «Architectural-planning
organization o f agricultural areas»and is the methodical material, used in the process o f the
course work implementation.
Moreover this educational supply considers the methods by which the computation o f
residential and micro areas is conducted.
l ) 0 ‘K:728.1(075)
KBK 85.118
M.K.Mirzayev -
Q-X\.VluxamedjanX^^MQhJ «UNIQUE Atytf PROJECT» bosh arxitektori arxitektura
nomzodi.
ISBN 978-9943-998-14-8
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2015.
KIRISH
0 ‘zbekistonda yuz berayotgan siyosiy va ma’naviy rivojlanish,
jamiyatni demokratlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohot-
lar, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyot mamlakatimizdagi
shaharsozlik sohasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini jadal
rivojlantirish imkoniyatini berdi.
Shu bilan birga shaharsozlik sohasi ushbu zamonaviy bosqichda
hududiy tizimlaming yangi masshtablari, rejalashtirish va kelajak
istiqbollarining yangi loyihaviy muddatlari, shaharlami loyihalash va
qurishning yangi muammolari bilan yuzma-yuz keldi.
Bu esa yosh mutaxassislar - shaharsozlarni tayyorlashga yangicha
yondashuvni talab etadi. Ular shaharsozlik sohasida barcha yutuq va
kamchiliklami o ‘rganib chiqib, oldingi tajribalar asosida malakaviy
ko‘nikma va mahoratga ega bo‘lishlari lozim. Bu o ‘z navbatida bozor
iqtisodiyoti sharoitida rivojlanib borayotgan 0 ‘zbekistonning yangi
shaharsozlik strategiyasini hayotga tatbiq etish mezonidir.
O ‘zbekiston shaharlarining zamonaviy rivojlanishi to ‘xtovsiz
urbanizatsiya jarayonida amalga oshadi. Bu o‘z navbatida jamiyat
hayotining barcha jabhalarida ko‘zga tashlanadi va shaharlar
ahamiyatining o ‘sib borayotganidan dalolat beradi. Urbanizatsiyaning
o‘ziga xos tomoni bu, shahar aholisining katta va yirik shaharlarda
to‘planishidir va bu jarayonning natijasi - yashash muhitining
yangisini shakllantirish va eskisini rekonstruksiya qilish talabining
oshishidir. Hududlami arxitekturaviy-rejaviy tashkil etish masalasi,
ulardagi tabiiy-ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolami yechishda
shaharsozlik uslublarini qo‘llash zamonamizning dolzarb vazifasiga
aylandi.
Yashash muhitini shakllantirish butun shaharsozlik muammolari
majmuasini hal etishga bogMiq. Bu muammolar o‘zida shahar va
uning yashash hududi (turar-joy tumanlari va kichik tumanlar) rejaviy
strukturasini mukammallashtirish, turar-joy va jamoat binolari, savdo
va xizmat ko‘rsatuvchi markazlar loyihalarini zamonaviy va kelajak
talablariga moslashtirgan holda loyihalashni aks ettiradi.
3
Shahar muhitiga rivojlanishning obyektiv qonunlariga bo‘ysu-
nadigan yangicha nigoh va munosabat talab etila boshlandi. Natijada
bir qator hujjatlar, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari
ishlab chiqildi va qabul qilindi hamda ular shaharsozlik sohasidagi
davlat siyosatini mukammallashtirishga qaratilgan, ular faoliyatini
davlat ta’minlab beruvchi ijtimoiy-ta’minlangan bloklari - bolalar
maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, sog‘liqni saqlash
muassasalari aniq ajratib ko‘rsatilgan.
Ushbu uslubiy qo‘llanmaning asosiy maqsadi - bo‘lajak muta-
xassislarda ijtimoiy-iqtisodiy, muhandislik-texnik, transport-rejaviy va
arxitekturaviy-rejaviy masalalami majmuaviy o‘rganib chiqish asosida
shaharsozlik muammolariga kompleks yondashuvni tarbiyalash; shu
bilan birga hajmiy -
fazoviy
idrok, tasavvur qilish va fikrlash,
mutanosiblik va uyg‘unlik, shaharsozlik tizimlarining masshtablarini
his qilish qobiliyatlarini rivojlantirish. Talabalarning shaharlarni
ta’mirlash bilan bosqichma-bosqich tanishtirib borish,
asosiy
tushunchalar, tamoyillar, m e’yorlar, hisob-kitoblami ma’ruza shaklida
yetkazish kursning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalaridir.
0 ‘quv qo‘llanmaning strukturasi shaharsozlik loyihalashning
ketma-ketlikda tashkil etilgan ierarxik sistemasiga mos holda
shakllantirilgan, ya’ni shahami funksional-rejaviy tashkil etishning
umumiy masalalarini o‘rganib chiqishdan, turar-joy tumani va kichik
tumanni rejalashtirish va qurish, shuningdek, obodonlashtirishning
infrastrukturaviy masalalarini hal etishdan iborat. QoMlanmani ishlab
chiqishda mahalliy va chet el nashriyotlari matn va ko‘rgazmali
materiallaridan (o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy-metodik adabiyotlar),
loyiha materiallaridan, internet saytlari materiallaridan foydalanildi.
4
|