Kurort, ilmiy markaz, temir yo
7
tugunlari
vazifasini bajaruvchi
shaharlar.
Shahaming xalq xo‘jalik profili uning tarxiy tarkibiga: funksional
qismlaming joylashuvi, shuningdek, sanoat
va turar-joy tumanlariga,
ularning orasidagi hududlarga, transport aloqalari xarakteriga va
boshqalarga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shaharlar aholisining soni
ham uning tipologik belgilaridan
hisoblanadi. Shaharlami aholisining soniga qarab quyidagi guruhlarga
bo‘lish qabul qilingan:
- eng yirik shaharlar - 500-1000 minggacha va undan yuqori;
- yirik shaharlar - 250-500 minggacha;
- katta shaharlar -100-250 minggacha;
- o ‘rta shaharlar - 50-100 minggacha;
- kichik shaharlar - 50 minggacha.
Shaharlar qancha katta va ularning aholisi qancha ko‘p bo‘lsa,
ular egallagan hududlari ham, tarixiy tarkibining ishi ham,
murakkab-
ligi ham, tarixining xarakteri o ‘zgarishi ham shuncha o ‘zgacha
bo‘ladi.
Kichik shaharlar - asosan piyoda harakati orqali bog‘langan
shaharlar, o‘rta va katta shaharlarda shahar ichi aloqalari uchun relssiz
transport lozim.
Eng yirik aholisi 1 mln. dan oshiq shaharlarda qoida bo‘yicha
tezyurar tashqi transport (metro) qo‘llaniladi, u shahar tarhiy tarkibiga
anchagina ta ’sir ko‘rsatadi.
Eng yirik shaharlarda murakkab funksional va tarhiy tarkib
shunday shaharsozlik holatini keltirib chiqaradiki, unda erkin hudud-
larda yangi qurilishdan tortib, to shahaming eski qismini rekonstruk-
siya qilish va qayta qurishgacha, yer osti makonlarini o‘zlashtirishdan,
jamoat markazining shakllanishigacha bo‘lgan masalalarni ha!
etish
lozim bo‘ladi.
Iqtisodiy-geografik о ‘m i:
shaharlar bir qancha omillar ta’siri
ostida vujudga kelgan. Masalan, tabiiy-iqlimiy omillar natijasida
yuzaga kelishi mumkin, ya’ni suv havzalariga yaqin, vodiylarda, tog‘
yonbag‘irlarida va shunga o ‘xshash yashash uchun qulay sharoitlar
mavjud joylarda. Qadimda karvon yoMlari kesishgan joylarda ham
shaharlar shakllangan.
Paydo bo ‘lish va rivojlanish davrlari:
yangi yoki qadimiy shahar.
Masalan, shaharsozlik nuqtayi nazaridan yangi shaharlaming (Navoyi,
10
Chirchiq, Bekobod va b.) tuzilishi qadimdan shakllanib,
rivojlanib
kelgan shaharlarga (Samarqand, Buxoro, Xiva va b.) nisbatan
boshqacha bo‘ladi. Chunki qadimiy shaharlami rivojlantirishda
zamonaviy shaharsozlik talablari bilan bir qatorda tarixiy muhit va
yodgorliklami saqlab qolish ham asosiy ahamiyat kasb etadi.
1.2. S haharni funksional hududlarga ajratish
Zamonaviy shahar - bu sanoat tashkilotlari, turar-joy majmualari,
jamoat markazlari, dam olish joylari,
transport va muhandislik
inshootlari bilan band bo‘lgan hududlarning murakkab majmuasidir.
Shahaming asosiy funksiyalari uning hududida muntazam
ravishda shakllanib boradi va bundan kelib chiqqan holda ularni
o‘zgartirish oson bo‘lmaydi. Shuning uchun, shahaming rejaviy
tashkil etilishini tartibga va tizimga soluvchi dastlabki prinsip - bu
funksional hududlarga ajratish, yetakchi funksiyasidan kelib chiqqan
holda (mehnat, jamoatchilik hayoti, turmush, dam olish)
shaharni turli
vazifaga yo‘nalgan qismlarga ajratishdir.
Shaharsozlikda funksional qismlarga ajratish g‘oyasi yangilik
emas. XIX asming ikkinchi yarmi XX asr boshlarida shahar hududi-
dagi tartibsiz qurilgan turar-joy, fabrikalar, zavodlar, omborxonalar,
o‘tish y o ‘Harming tushunarsiz aralashmasiga ratsional reaksiya
sifatida yuzaga keldi. Asr o‘rtalariga kelib ushbu g‘oya
yetakchi
shaharsozlik konsepsiyasi sifatida shakllandi, lekin o‘zining salbiy
tomonlarini ham ko‘rsatdi. Ko‘p funksiyalilik xususiyatiga ega holda
tashkil etilgan katta hududlar shahaming to ‘laqonli ijtimoiy hayotiga
xos bo‘lgan sifatlarini yo‘qota boshladi va jamoatchilik elementlari
bilan oqilona to‘ldirish zarurati paydo bo‘ldi. Shahaming turli
qismlaridagi funksiyalarini o ‘zaro bogMash va boyitish zarurati
zamonaviy shahaming arxitekturaviy-rejaviy
strukturasining yaxlit-
lashtirilgan shakllarini topish ustida izlanishlar olib borishni dolzarb
masalaga aylantiradi.
Shahar funksional jihatdan foydalanishiga qarab quyidagi
hududlarga (zonalarga) bo‘linadi: