D. U. Isamuxamedova




Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/92
Sana01.06.2024
Hajmi5,57 Mb.
#258907
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
Turar-joy tumani loyihasi. Isamuxamedova D.U

I B o ‘lim.
SHAHARNINGREJAVIY STRUKTURASIDA 
TURAR-JOY TUMANINING 0 ‘RNI
1.1. S haharni rejaviy tashkil etishning nmumiy prinsiplari
Turar-joy tumanini va kichik tumanni loyihalashdan oldin ushbu 
tuman joylashgan shaharda uning tutgan o‘rnini va ahamiyatini 
aniqlab olish lozim. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu shahar va umuman 
shaharlar to‘g‘risida tushunchaga ega bolishni, ularning xususiyat- 
larini o‘rganib chiqishni talab etadi.
Yangi shaharlar yaratish, shakllangan shaharlarni qayta qurish va 
yangilash bo‘yicha turli shaharsozlik faoliyatining umumiy asosi bu -
zamonaviy 
shahaming 
arxitekturaviy-rejaviy 
strukturasini 
shakllantirish bo‘yicha yagona tasaw urga ega bo‘Iishdir.
Umumiy tushuncha sifatida, shahaming arxitekturaviy-rejaviy 
strukturasi - uning hududida sanoat, turar-joy, jamoat markazi va dam 
olish hududlarini joylashtirish; ular orasidagi aloqa tizimini yaratish 
va har bir hududni strukturaviy tashkil etishni bildiradi. Bular 
yaxlitlangan holda shahar rejasining arxitekturaviy kompozitsiyasini 
tashkil etadi.
Shahar rejaviy strukturasini shakllantirishda qo‘yiladigan asosiy 
talablardan biri - asosiy funksional hudud (sanoat va yashash hududi) 
qanday joylashishidan kelib chiqqan holda uning kelajakda 
rivojlanishini ta’minlashdir. Shahar - aholi joylari guruhli tizimdan 
tashkil topadi va uning kelajakda rivojlanishini hisobga olish tumanni 
rejalashtirishdan boshlanadi. Shahaming asosiy funksional hududlari 
rivojlanishi qo‘shni shaharlar rivojlanishiga xalaqit bermasligi va ular 
bilan hududiy qo‘shilib ketishi ehtimolini oldini olgan holda 
loyihalash lozim.
Shaharni loyihalash jarayonida uning kelajakda kengayishi 
mumkinligi hisobga olinib, buning uchun maxsus hududlar ajratiladi. 
Shaharni tashkil etuvchi asosning kengayishi taxminlari, bir kishiga 
turar-joy maydoni me’yorining o ‘sishi, tabiiy-iqlimiy omiflar ta’siri, 
shahaming iqtisodiy-geografik joylashishi, uning ma’muriy-madaniy 
va ilmiy ahamiyatidan kelib chiqib, ushbu hududlaming oMchamlari
5


va shahar rejaviy tuzilishidagi o‘rni aniqlanadi. Shahaming asosiy 
hududlarini loyihalash bo‘yicha qo‘yiIadigan talablaming m e’yorlari 
mavjud. Ular ming kishi hisobiga beriladi. Shaharda quriladigan 
barcha turdagi qurilmalar uchun 15-20 ga/ming kishi nisbatida, 
yashash hududi uchun 10-12 ga/ming kishi nisbatida ajratiladi.
d)
1-rasm. Shahar asosiy qismlari hududiy-makoniy rivojlanish
chizmasi:
a —sektorli; b —parallel; d — ikkita ishlab chiqarish aholiyashaydigan
majmualar bilan; e - aholi joylarining guruhli tizimida.
6



Download 5,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish