Piyodalar harakati
maqsadli va sayilgoh turlariga bo‘linishi
mumkin. Maqsadli piyoda yo‘llari biror maqsadga — jamoat transport!
bekatlariga, turar-joy tumani kichik tuman jamoat markaziga, maktab,
stadion va hokazolarga hamda mehnat joylariga eng qisqa yo‘lni
ta’minlaydi.
1.5. Yashash hududini rejaviy tashkil etish
Shaharning muhim elementlaridan biri bu uning
yashash hududi -
turar-joy qurilmalari, aholi dam olish joylari va jamoat markazlari
joylashtirilgan hududdir. Shuningdek, yashash hududiga xizmat ko‘r-
satishga mo‘ljallangan kichik sanoat tashkilotlari, tashqi transportning
ba’zi qurilmalari, zaxira hududlari va
foydalaniladigan maydonlar
ham kiradi.
Yashash hududiga sanoat tashkilotlarining aralashib ketishi
odatda, eski shaharlarda uchraydi, bunday hollarda rekonstruksiya
jarayonida sanitar-gigiyenik nuqtayi nazardan zararli bo‘lgan tashki-
lotlar yashash hududidan tashqariga chiqariladi yoki yopiladi.
Yashash hududini shaharsozlik tashkil etilishining vazifalari turar-
joyni rivojlangan moddiy-fazoviy tizim sifatida tushunishdan kelib
chiqadi.
Shaharsozlik loyihasida yashash
muhiti barcha bosqichlarda
tashkil etiladi:
- tumanni rejalashtirishda turar-joy qurilishi uchun maydonlar
tanlanadi;
7
- bosh rejada shahar yoki qishloq aholi joylarining yashash
hududini majmuaviy tashkil etish muammolari hal etiladi;
- batafsil rejalashtirish loyihasida (детальная планировка) turar-
joy majmualarini shakllantirish arxitekturaviy-rejaviy taklifi ishlab
tihiqiladi, qurilish usullari, turar-joy va jamoat binolari turlari
belgilanadi.
Turar-joy tumanini loyihalash shahar
bosh rejasi asosida amalga
oshiriladi va funksional hududlarga ajratish tizimi hal etilishi, yashash
hududlarining holatini belgilash, rejaviy tuman chegaralarini aniqlash,
magistral va ko‘chalar tizimlari hal etilishi, umumshahar markazi
o'rinlari ko‘zda tutilishi, qurilmalaming necha qavatli bo‘lishi
belgilanishi lozim.
27
Shahaming
kattaligi, uning xo‘jalik yo'nalishi va qurilmalari
xarakteriga ko‘ra yashash hududi umumiy maydonning 50-60 % ini
egallaydi. Kichik va o ‘rta shaharlarda yashash hududi odatda, umumiy
maydonning yarmini tashkil etadi, bunda yashash hududining
taxminan yarmini turar-joy majmualari egallaydi,
qolgan hudud esa
shahar ahamiyatidagi jamoatchilik tashkilotlari, shahar magistrallari
va ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar uchun foydalaniladi. Katta
shaharlarda bu nisbat transport tarmog‘i rivojlanishi natijasida turar
joy hududining kamayishi tomonga qarab o ‘zgaradi. Uning strukturasi
va konfiguratsiyasiga nafaqat shahar o ‘lchamlari, balki tabiiy-
landshaft holati, shaharni funksional
hududlarga ajratish xarakteri,
uning chegarasida sanoatni joylashtirish ham yetarli darajada ta’sir
ko‘rsatadi.
Yashash hududlarini shakllantirish vazifalari
aholining ijtimoiy-
madaniy va turmush talablarini qondirish uchun eng qulay sharoitlar
yaratish zaruratidan kelib chiqadi. Bu vazifalar aholining jamoatchilik
xizmat ko‘rsatish va hududdan birgalikda foydalanishi asosida
shakllangan turli bosqichdagi turar-joy majmualarida hayotga tatbiq
etiladi. Bunday majmualami tashkil etishning
asosiy prinsipi - xizmat
ko‘rsatish obyektlari, dam olish joylari va boshqa funksiyalarga bo‘l-
gan fazoviy masofani qisqartirishdir. Yashash hududlarini loyihalashda
turar-joy majmualarining ikkita asosiy turi ajratiladi - turar-joy tumani
va kichik tuman.
Yashash hududini qismlarga ajratish yo‘l va ko‘chalar tizimi
yordamida amalga oshiriladi. Shahar hududi rejaviy tuman (katta
shaharlar uchun), turar-joy tumani,
kichik tuman, mahalla va turar-joy
guruhlariga ajratiladi-
Shahar rejaviy strukturasi va yashash
hududining bunday 'ketma-ketlikda shakllanishi shaharni murakkab
funksional-fazoviy organizm sifatida xarakterlaydi.
Shahar transportining salbiy ta ’siridan maksimal himoya qilish
uchun turar-joy qurilmalari avtotrassalar bilan kesib o ‘tilmaydigan
ixcham tuzilmalar shaklida ajratiladi.