kichik
tumanlarga
(mikrorayonlarga) bo‘linadi.
2.3. Turar-joy tum ani va kichik tum an aholisiga madaniy-
maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish prinsiplari va
kelajakda rivojlanishi
Shaharsozlikning muhim masalalaridan biri bu, aholiga xizmat
ko‘rsatishni tashkil etish bo‘lib, faqat aholining turli talablarini
qondira oladigan shaharning yaxlit madaniy-maishiy muassasalari
tizimini tashkil etish yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Uy-joylarning ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan uzviy
bog‘lanishidagi asosiy qoidalardan biri, bu aholining xizmat ko‘rsatish
tashkilotlaridan foydalanish tezligiga bog‘liq holda ulami uy-joylarga
yaqinlashtirishdir, ya’ni aholining qaysi tashkilotga qatnash ehtiyoji
tez va ko‘proq bo‘lsa, o‘sha tashkilot uy-joyga shunchalik yaqin
joylashtirilishi lozim. Aksincha, aholi kamroq foydalanadigan
tashkilotlarning xizmat ko‘rsatish doirasi kengroq boiadi. Hozirgi
zamon shaharsozligi asosida yotgan bu ijtimoiy talab xizmat
ko‘rsatish tashkilotlarini ulardan aholining foydalanish tezligiga qarab
guruhlarga bo‘lishni taqozo etadi.
Hozirgi vaqtda olib borilgan ilmiy tadqiqodlar Respublika va
boshqa xorijiy mamlakatlar tajribalarini umumlashtirish natijasida
turar-joy qurilishi va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tizimini tashkil
qilishda
barcha madaniy-maishiy,
savdo,
tibbiy
va xo‘jalik
tashkilotlarini to‘rt bosqichga bo‘lish qulay ekanligi aniqlandi. Xizmat
ko‘rsatish tashkilotlarining bu bosqichlarini aniqlashda aholining
ularga qatnash tezligi, piyoda borish masofasi, bitta tashkilot xizmat
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan minimal aholi soni, tashkilotlarning
rentabel ishlashi, xizmat qilishi va boshqalar hisobiga olingan.
Birinchi bosqichga
aholi har kuni foydalanadigan korxona va
tashkilotlar, ya’ni oshxona, qahvaxona, bolalar bog‘chalari, umum
ta’lim maktablari, eng zarur mahsulotlar do‘koni, maishiy xizmat
ko‘rsatish atelesi va madaniy-maishiy muassasalar kiradi. Bu tashki-
lotlarni turar-joy binolaridan 500 metrgacha uzoqlikda joylashtirish
mumkin.
45
19-rasm. Aholi yashovchi va sanoat
qismlari bo‘lgan kompleks tum an
xizmat ko‘rsatish tarm oqlarining
rejaviy tashkil etilish sxemasi:
1
-
turar-joylar hududi;
2
- sanoat hududi;
3 -
ko'kalamzor-
lar;
4
- jamoat markazlari; 5 - tuman
markazi;
6
- sanoat korxonalari
guruhi markazi; 7 - kichik
tuman markazi.
joylari tuzilmalari birliklarini shak
biri hisoblanadi (19-22-rasm).
Ikkinchi
bosqichga
aholi
davriy qatnaydigan madaniy-
maishiy
tashkilotlar
va
korxonalar kiradi: kinoteatrlar,
kutubxonalar, restoranlar, sport
zallari, poliklinikalar, tug‘ruq-
xonalar, tuman kasalxonalari va
boshqalar.
Bulami
turar-joy
binolaridan
1-1.5 km gacha
uzoqlikda joylashtirish lozim.
Uchinchi bosqichga
aholi
onda-sonda
epizodik
qatnay
digan umumshahar ahamiyati-
dagi tashkilot va korxonalar ki
radi. Ma’muriy tashkilotlar, tea-
trlar, muzeylar, ko‘rgazmalar,
mehmonxonalar, savdo, ilmiy,
sport hamda kasalxona markaz
lari va boshqalar. Bu binolar
shahar markazi majmuasiga bo-
rish qulay bo‘lgan hududlarda
joylashtiriladi.
To 'rtinchi bosqich
shahar
yonida joylashgan va aholining
ommaviy dam olishiga mo‘ljal-
langan tashkilotlar va qurilma-
lardan tashkil topadi. Pansio-
natlar,
sayyohlar
markazlari,
o ‘rmon bog‘lari, memorial bog‘-
lar va h.k.
Barcha
madaniy-maishiy
tashkilotlaming
bosqichlarga
bo‘linishi shahar aholi yashash
[lantirishning asosiy omillaridan
46
20-rasm. Turar-joy tum ani jam oat markazining joylashuvi:
|