kvartalida olinadi. Buning sababi - ushbu
vaqtda sanitar-gigiyenik
masalalarda eng katta noqulayliklar yuzaga keladi: kasallik
tarqatuvchi mikroorganizmlar ko‘p tarqaladi, sanoat muassasalari
atrofida havo muhitining ekoiogik sharoiti yomonlashadi.
Hukmron
shamol yo'nalishi
shamol gulining markaziga yo‘nalgan eng katta
vektorga mos keladi.
.............. SHTORM
-----------
O'RTACHA
-----------
KUCHLI
-----------
KUCHSIZ
17-rasm. Shamol yo‘nalishi
(shamol qaytarilishi va kuchining vektorli diagram m asi).
Hukmron shamol yo'nalishi
- aholi yashash punktlari o ‘rnini
tanlashda va unda funksional qismlarni joylashtirishda muhim
omillardan biridir. Shuning bilan birga mahalliy relyef nafaqat issiqlik
xarakteristikasiga, balki shamol tezligiga ham ta’sir ko‘rsatishi
hisobga olinadi. Issiq nam iqlimli hududlarda shaharsozlik chora-
37
tadbirlari sokinlik holatiga (shamolsiz holat) qarshi qaratilgan bo‘ladi,
issiq quruq iqlimli hududlarda esa quruq shamol yo‘nalishlariga qarshi
choralar ko‘riladi.
Kuchli shamollar bo‘lishi ularni keltirib chiqaradigan noqulay
sharoitlarga to‘sqinlik qilish choralarini ko‘rishga olib keladi, y a’ni
markaz
joylashishiga, ko‘chalar va xiyobonlar yo‘nalishiga ta ’sir
ko‘rsatadi, shuningdek, ularning kengligi va shaklini belgilab
beradi, hududni shamollatish imkonini yaratish zaruratini keltirib
chiqaradi.
Mikroiqlim sharoitlarini
o ‘rganib chiqish katta ahamiyatga ega.
Bu berilgan hududning (shahar, shaharning bir qismi)
chegaralangan
fazoviy muhitida ro‘y beradigan iqlimiy jarayonlardir. Mikroiqlimning
asosiy meteorologik ko‘rsatkichiga harorat, namlik, o‘rtacha harorat,
radiatsiya, havo harakati tezligi, yoritilganlik darajasi va yorugMikning
taqsimlanishi kiradi. Mikroiqlimda hudud relyefi, shimoliy yoki
janubiy qiyalik, hududning vodiy yoki tog‘liligi,
grunt va tuproq
xususiyatlari, o ‘simlik qoplami, shahar qurilishi xarakteri, havoning
zaharlanish darajasi va boshqalar ko‘zga yaqqol tashlanadi. Buning
natijasida shahar hududining mikroiqlimi tabiiy va suv bilan
ta’minlash ko‘kalamzorlashtirish
yuzalarni asfalt bilan qoplash,
qurilish zichligi kabi shaharsozlik omillarining o ‘zaro ta’siri natijasi
sifatida qaraladi. Iqlimiy omillar yil davomida doimiy ta’sir ko‘rsatadi,
shuning uchun masalan, tropikda yashovchi inson organizmida
moslashish fasllar almashib turadigan hududda yashovchi,
organizmi
himoya xususiyatlari o ‘zgarib turadigan inson organizmi kabi
kechmaydi.