D. U. Isamuxamedova




Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/92
Sana01.06.2024
Hajmi5,57 Mb.
#258907
TuriУчебное пособие
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92
Bog'liq
Turar-joy tumani loyihasi. Isamuxamedova D.U

Turar-joy guruhlari - turarjoy majmuasining dastlabki elementi.
U bolalar bog‘chasi yoki dastlabki xizmat ko‘rsatish tashkilotlari 
biriktirilgan bir qancha turar-uylar guruhidan iborat. Uning tarkibiga 
ushbu yerda yashovchi aholi foydalanadigan ko‘kalamzorlashtirilgan 
hudud ham kiradi. Turar-joy guruhining hududi 5 ga dan oshmasligi 
kerak (14-15-rasm).
28


M ik ro tu m a n u h c g a ra la n
T u ra r jo y c h e g a ra la ri
14-rasm. Turar-joy tum anining kichik tum anlar va turar-joy 
guruhlariga taqsim lanish bosqichlari.
15-rasm. K ichik tum anlarda joylashtiriladigan turar-joy
guruhlari.
29


16-rasm . S hah arda tu rar-jo y tum anlarin in g shakllanishiga 
m isollar: a - turar-joy tumanlari aniq loyihaviy chegaraga ega; 
b - turar-joy tumanlari vaqti-vaqti bilan xizmat ko‘rsatuvchi 
markazlaming aniq tartibli sistemasi sifatida shakllanadi; 
d - turar-joy tumanlari muntazam xizmat ko‘rsatuvchi 
markazlaming ta’sir hududi sifatidashakllanadi.
Magistrallar oralig'i hududi
- magistral ko‘chalar bilan 
chegaralangan hudud. Aholi yashash joylarida ko‘chalar va ommaviy 
yo‘lovchilar transporti tarmog‘ini shakllantirishning asosiy masalasi 
bu qulay transport xizmati va aholi hayoti uchun xavfsiz bo‘lgan 
sharoitni yaratishdir. Shu maqsadda piyodalar ixtiyoriga berilgan, 
transportdan holi bo‘lgan keng turar-joy maydonlari yaratiladi. Bu
30


magistral ko‘cha va yo‘llar transport turini tashkil etadi. Uning 
yacheykalarida aholi yashash joylarining rejaviy elementlari 
magist­
rallar oralig'i hududi
shakllantiriladi, ularda turar-joy va jamoat 
binolarining majmualari joylashtiriladi. Ko‘cha-yo‘l turlari aholi 
yashash joylarining magistrallar oralig‘i hududi rejaviy chegaralari 
bo‘lib xizmat qiladi.
Magistrallar oralig‘i hududlarining oichamlari, jamoat transporti 
qatnaydigan va ularning bekatlari joylashgan magistral ko‘chalar 
turlari, zichligi, ular oralig‘idagi masofalar aholining eng yaqin 
transport bekatiga piyoda borishi uchun belgilangan vaqt miqdoridan 
kelib chiqqan holda aniqlanadi. Eng uzoqda joylashgan turar-joy 
binosidan transport bekatiga piyoda kelish uchun sarf qilinadigan vaqt
7-8 daqiqadan oshmasligi belgilangan. Transport bekatlari oralig‘i 
350-500 m dan va ulardan eng uzoq joylashgan turar-joy binosiga 
bo‘lgan masofa 500 m dan oshmasligi belgilangan. Bunda aholi 
harakatlarining asosiy yo‘nalishi bo‘yicha boruvchi parallel ko‘chalar 
oralig‘i 600-800 m, ikkinchi darajali yo‘nalishlar bo‘yicha boruvchi 
ko'chalar oralig‘i 
1000-1200 m bo‘lishi mumkin. Magistral 
ko‘chalaming bunday oraliqlarida magistrallar oralig‘i hududlarining 
maydonlari 60-100 ga, magistrallar zichligi esa 2.5-2.0 km/km2 ni 
tashkil etadi..
Bunday 
magistrallar oralig‘i hududlari ichida aholi yashash 
joylarining tarkibiy elementlari bo‘lgan turar-joy tumanlari va kichik 
tumanlar (mikrorayonlar) joylashtiriladi. Turar-joy tumani va kichik 
tumanlar - bu turar-joy binolari, aholi har kuni hamda kunora 
foydalanadigan xizmat ko'rsatish tashkilotlaridan iboratdir.
Rejaviy tuman
- bir qancha ming aholisi bo‘lgan yirik, katta 
shaharlar va aglomeratsiyalaming eng yirik hududiy birligi 
hisoblanadi. Uning tarkibiga bir qancha turar-joy tumanlari kiradi. 
Rejaviy 
tumanlaming 
o‘lchamlari 
va 
strukturasi 
shahaming 
o'lchamlari va strukturasidan kelib chiqadi va 2-4 ming ga maydonni 
egallashi mumkin.
Shahaming oMchamlari va umumiy rejaviy strukturasidan kelib 
chiqqan holda yashash hududi bir yoki bir necha rejaviy tumanlardan 
shakllanishi mumkin.
31



Download 5,57 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92




Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish