D. U. Isamuxamedova




Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/92
Sana01.06.2024
Hajmi5,57 Mb.
#258907
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
Turar-joy tumani loyihasi. Isamuxamedova D.U

Sanitar-himoya hududi:
turar-joy hududlarini sanoat tashkilotlari 
va transport qurilmalaridan ajratadi. Bu hudud ko‘kalamzorlar va 
ochiq maydonlardan iborat (7-rasm).
Asosiy funksional hududlarni shahar hududida fazoviy taqsimlash 
ancha murakkab masaladir. Shahaming ayrim hududi bitta funksiyani 
bajarib, u monofunksional qismga aylanishi mumkin. Ayrim hudud- 
larida bir nechta asosiy funksiya qo‘shilib ketib, ular polifunksional 
hududni tashkil etadi.
Ilmiy yo‘nalishdagi shaharlarda uning asosiy hududlari qatoriga 
ilmiy tadqiqot institutlari va konstruktorlik byurolari hududi 
qo‘shiladi. Kurort shaharlarda asosiy shaharni tashkil etuvchi hududlar
- ommaviy dam olish joylari, yirik ko‘kalamzor massivlar, qishloq 
xo‘jalik mahsulotlari yetishtiriladigan dehqonchilik yerlari va 
boshqalar bo‘lishi mumkin.
Ko'kalamzor hududi:
sog'lom shahar muhitini yaratish uchun 
ko‘kalamzor hududi shahaming barcha hududlarini qamrab olishi va 
kichik bo‘lmasligi kerak. Faqat shahaming o ‘zigina emas, balki uning 
alohida funksional hududlari ham rivojlana olishi lozim. Muhimi, ular 
bir-birining makoniy rivojlanishiga xalaqit bermasligi va zich o‘sib 
ketmasligi lozim.
Tashqi ko‘kalamzor massivlarni (o‘rmonlar, o ‘rmon-parklar) 
shahaming yashil ko‘kalamzorIari bilan bog1 lash tavsiya etiladi, 
bunda shahar hududida ko‘kalamzor yo‘llar Va xiyobonlami joylash­
tirish ko‘zda tutiladi.
Alohida funksional hududlar orasida qulay aloqalar yaratish 
muhim. Masalan, sanoat hududi aholi yashaydigan hudud bilan, 
kommunal-ombor hududi tashqi transport bilan qulay aloqaga ega 
bo‘lishi lozim. Katta yuk aylanishi bo‘lgan sanoat hududi temir yo‘llar 
bilan qulay aloqaga ega bo‘lishi kerak.
16


Tashqi transport hududi bilan aholi yashash joylari orasida 
bevosita bog‘liqlik ta’minlanishi lozim. Bu holatga aholi yashash 
hududi, temir yo‘l tizimlarini ortiqcha kesib o‘tmasligi lozim.
7-rasm. Himoya hududlarini tashkil etish sxemasi:
A-shamollardan himoya qilish;
В - sanoat muassasalari chiqindilaridan himoyaoijjsSrj|=5^yod;
2 - turar-joy tumani; 3 - 30 m kenglikdagi yasbjl^®itqtmT1^?w'6vali 
bog‘lar; 5 - polizlar; 6 - baliq boqiladigan^q^Jmvzalari 
yerlar; 8 - maysazor; 9 - daryo; 10 - zavo 
11 - o‘rmon; 12 - temi
17


Transport inshootlari hududi (temir yo‘l polotnosi, stansiyalari, 
omborlar) turar-joy hududlarini sanoat hududlaridan ajratib qo‘ymas- 
ligi va turar-joy hududlari hamda katta suv havzalari va ko‘ka- 
lamzorlar orasiga yorib kirmasligi lozim (masalan, Amsterdam shahri 
aholisi daryo qirg‘og‘iga atigi 100 m davomida chiqa oladi, qolgan 
qirg‘oq hududlari omborlar va boshqa inshootlar bilan egallangan).
Turarjoy qurilmalari 
H R Kichik tuman larva turarjoy 
tumanlari jamoat markazlaii
Ko’kalamzorlar-park hududi
8-rasm . Yangi sh ah ar loyihalanishi sxemasi.
18


1.3. Rejaviy stru k tu ra tu rla ri va elem entlari
Shahar rejalarini ishlab chiqishda ta’sir qiluvchi omillar:
- aholi joylashuvida shahaming o ‘rni;
- tanlangan hududning tabiiy-iqlimiy xususiyatlari;
- shahar vazifaviy yo‘nalishi (profili);
- shahar tashkil etuvchi muassasalar hajmi;
- shaharni funksional hududlarga ajratilishi talablari;
- turar-joy tumani va mehnat joylari orasidagi transport aloqasi;
- shahaming kelajakda rivojlanishini hisobga olish;
- atrof-muhitni himoya qilish talablari;
- hududni muhandislik jihozlash shartlari;
- qurilish iqtisodiyoti talablari;
- arxitekturaviy-badiiy talablar.
Bu omillar ‘hahaming rejaviy strukturasida o‘z aksini topadi, 
ya’ni turar-joy qurilmalarining ommaviy hududlar bilan magistral 
ko‘chalar va maydonlar yordamida o ‘zaro bog'lanishida aks etadi.
Omillaming birontasi ustun kelishi yoki bir qanchasining 
birgalikda ko‘rsatadigan ta’siri natijasida 

Download 5,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish