ega va sanitar sharoitlarga ko‘ra ancha og‘ir bo‘ladi. Shahar, tuman
mikroiqlimi
imoratlarning qavatini, ularning orasidagi oraliqni to‘g ‘ri
tanlash va kvartallarni shamollatish yo‘li bilan o‘zgarfirilishi va
yaxshilanishi mumkin.
Mikroiqlimni turar-joy hududlariga kiritilgan hatto kichik suv
havzalari, yer yuzasining ahvoli (quruq yer, asfalt qoplama, tosh
qoplama, gulzor va o‘tloqlar), yashil o‘simliklar va daraxtlar turini
tanlash anchagina o ‘zgartirishi mumkin, ularning ba’zilari namlikni
yutsa, ba’zilari esa o‘zining tarkibidagi suvni bug‘lantirib, atrof-muhit
haroratini pasaytiradi.
Mahalliy relyef
(qiyaliklarning
baland-pastligi, ekspozitsiyasi,
kesilish darajasi) va xususiy geomorfologik sharoitlarga (ko‘chkilar,
tuproq cho‘kuvchanligi, sellar va h.k.) bog'liq holda shaharlarni
loyihalashtirish va qurishning meliorativ masalalarini hal etadi.
Mahalliy relyef neytral-5% gacha qiyalikda yoki faol-8-10 dan 15-
20% gacha bo'lishi mumkin; hududni rejaviy tashkil etishga, turar-joy
tumani va kichik tuman jamoat markazlarini joylashtirishga, yo‘l va
piyoda yo‘laklarini tashkil etishga turli ta’sir ko‘rsatadi. 10% dan
oshiq qiyalikdagi hududlarni o‘zlashtirish
qurilishning maxsus usul-
laridan foydalanishni talab etadi. Biroq juda tekis
3%
dan kam
qiyalikdagi hududlar ham maqsadga muvofiq emas, chunki atmosfera
yog‘inlarini erkin oqib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Relyef xususiyat-
larini ko‘rsatib berish turar-joy tumanlariga o'ziga xoslik beradi,
qurilmalar ko‘rim!iligini oshiradi (18-rasm).
Gidrogeografiya tarmoqlari
daryolarning uzunligi, suv omborlari
va ko‘l maydonlari, daryolarning suv yig'ish maydonlari, oziqlanish
sharoitlari
va suv sarfi, oqim tezligi, toshqinlar davomiyligi bilan
tavsiflanadi.
Gidrogeologik shart-sharoitlarni
tahlil qilganda yer osti suvlari-
ning suv eltuvchi gorizontlari,
ularning tarqalishi, chuqurligi, suvga
to ‘yingan!igi, kimyoviy tarkibi va agressivligi kabi tavsifi beriladi.
Geologik tuzilish
hudud neotektonik faolligi, seysmikasi,
stratigrafik va
litologik komplekslar borligi, ularning tuzilishi,
yoyilish qonuniyatlari va quvvati jihatidan tahlil qilinadi. Tahlil uchun
tektonik geomorfologik, geologik va boshqa geologiya fondidagi
materiallardan foydalanadi.
39
18-rasm. M urakkab relyefli hududlarda loyihalanadigan turar-joy
binolari tu rlari:
a) zinasimon; 1-seksiyali,
2-koridorli, 3-terrasali,
4-qoziqsimon tayanchlarda o‘matilgan uylar.
b) Parijdagi Kurtiler kichik tumani.
Tuproqlar
- ulaming asosiy turlari va tarqalishi,
eroziya jarayon-
lari, sifat va agroiqtisodiy baholash bilan tavsiflanadi.
0
‘simlik va hayvonot dunyosi
asosiy turlarining tarqalishi,
o'sim lik va hayvonlaming ekologik va sifat xususiyatlari bilan
tavsiflanadi.
40