Turar-joy tumani -
shahar aholi joylashgan hududi rejaviy
tuzilishining asosiy unsuri bo‘lib, uning funksiyasi aholiga yuqori
qulaylik yaratish, sanitariya-gigiyena m e’yorlariga amal qilgan holda
qurilishning ifodali arxitekturaviy qiyofasini yaratishdir. Yuqori
darajadagi qulaylik deganda, faqat turar-joy maydonlari bilan
ta’minlashgina nazarda tutilmasdan, balki aholiga madaniy va maishiy
xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini (maktab, bolalar bog‘chasi, yasli,
do‘konlar, kinoteatr, klub, sport inshootlari hamda transport xizmatini
tashkil etish) qurish ham tushuniladi.
Turar-joy tumanini tashkil qilish aholi kunora foydalanadigan
tashkilotlami 1000-1500 m masofada joylashtirishga asoslangan.
Xizmat ko‘rsatish radiusi 1-1.2 km bo‘lganda, turar-joy tumanining
hududi taxminan 180-250 ga, eng kamida 120 ga boMishi mumkin.
Quriladigan turar-joy binolarining o‘rtacha balandligi 5 qavat
bo‘lganda turar-joy tumani aholisining soni 25-50 minggacha bo‘lishi
mumkin. Agarda turar-joy binolarining o ‘rtacha balandligi 9 qavat
43
bo‘lsa, u holda aholining soni 40 mingdan 70 minggacha bo‘lishi
mumkin.
Umumshahar va tuman ahamiyatidagi ko'chalar turar-joy tuman-
larining chegaralari bo‘lib xizmat qiladi. Turar-joy tumani aholisining
soni 4-5 qavatli uylar bilan qurilganda 25-30 ming kishi atrofida
boMadi. Ko‘p qavatli baland imoratlaming qurilishi turar-joy tumani
aholisining sonini 40-60 ming kishidan ko‘proqqa oshirishi mumkin.
Aholi yashash joylari tarkibiy birliklarining vujudga kelishi
shahar kattaligi va uning aholisi soniga bog‘liqdir. Bu ko‘rsatkich-
laming o ‘zgarishiga bog‘liq holda turar-joy tumani va kichik
tumanlaming paydo bo‘lish zaruriyati ham o'zgarib boradi. Yirik
shaharlarda turar-joy tumani va kichik tumanlami shakllantirish uchun
yetarlicha shart-sharoit mavjuddir. Kichik shaharlarda, aksincha,
bunday sharoitlar yo‘q bo‘lib, turar-joy tumani va kichik tuman
funksiyalari o ‘zaro qo‘shilib ketadi.
Turar-joy tumanlarini shakllantirish shahar kattaligiga, aholi
joylashgan hududi rejaviy tuzilishiga, uning shakliga, shaharda asosiy
ish joylarini joylashtirishga, transport xizmati ko‘rsatishiga, jamoat
markazlari va ko‘kalamzorlar tizimiga bog‘liqdir.
Aholi yashash tumanlarini loyihalash shahar bosh tarhi asosida
amalga oshiriladi. 0 ‘z navbatida shahar bosh tarhida funksional
qismlarga ajratish tizimi hal qilingan bo‘lishi, aholi joylashgan
hududning o ‘rni, rejaviy tumanlarning chegaralari, magistral ko‘chalar
tizimi belgilangan bo‘lishi, umumshahar markazini joylashtirish o ‘mi,
ko‘rinishining o‘rtacha qavati ko‘rsatilgan boMishi lozim.
Kichik shaharlarda
aholi joylashgan hudud
amalda turar-joy
tumaniga tengdir. Bu holatda shahar markazi turar-joy tumani markazi
bilan birlashib ketadi. Yirik shaharlarda bir nechta turar-joy
tumanlarini birlashtiruvchi hududiy tuzilmalar ham shakllanishi
mumkin.
Ayrim hollarda ular o ‘z sanoat hududlariga ham ega boiishlari
mumkin. Ularning eng yiriklari
«rejaviy tuman»
deb ataladi. U shahar-
ning katta bir qismi bo‘lib, aholisi 300-700 ming kishini tashkil etadi.
Turar-joy tumanlarida aholining turmushi v a dam olishi uchun
kerakli gigiyenik sharoit yaratilishi lozim. Bularga: turar-joy binolari
va jam oat tashkilotlariga quyosh nurining bevosita tushishi, shamolla-
tilishi, havo musaffoligi, piyo dalarv a transport harakatlarining bir-
44
birlaridan ajratilishi, shahar shovqinining kamaytirilishi va boshqalar
kiradi. Turar-joy tumanlari o ‘z navbatida bir nechta (4-6 ta)
|