ko‘zda tutgan holda talab etiladi. Shuningdek, odatiy qoidalarga zid
holda qurilmalar zichligining kamayishi ham ko‘zda tutiladi.
Respublika iqlim sharoitlari xususiyatlari quyidagilarni talab
qiladi:
- turar-joy binolarini jamoat binolari bilan bog‘lovchi qulay
piyodalar yoMaklarini shakllantirish zarurati, doimiy va davriy
foydalanishga mo‘ljallangan xizmat ko‘rsatish obyektlarining piyoda
yetib borish masofasini m a’lum miqdorda kamaytirish;
- binolar va ochiq fazoviy muhitlami eng qulay yo‘nalish bo‘ylab
joylashtirish
(orientatsiya),
quyoshdan
himoya
qurilmalaridan
foydalanish va shamollatish imkoniyatini yaratish, kelajakda esa -
havoni almashtirish qurilmalaridan keng foydalanish;
- uy, hovli va ochiq fazoviy muhitlarni yaxshi shamollatish imko
niyatini yaratish, kuchli shamollar b oigan
hududlarda shamoldan
himoya qilish;
- qavatlar sonini kamaytirish, turar-joy binolarida liftdan
foydalanish va h.k.
0 ‘zbekiston
shaharlari
yashash
hududlarining
stukturaviy
birliklarini shakllantirishda ushbu qarama-qarshi talablar shaharsozlik
va tabiiy-iqlimiy shartlarni mujassamlashtirgan holda yechim qabul
qilish lozim bo‘ladi.
Shahar rejaviy strukturasiga tabiiy-iqlimiy omillar va landshafit
katta ta’sir ko‘rsatadi: relyef, o ‘simliklar va
suv havzalari mavjudligi,
yer osti suvlari darajasi, shamol yo‘nalishi, kuchi va h.k.
Iqlim
rejalashtirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Mahalliy iqlim (havo
harorati, namligi, yog‘inlar darajasi, shamol tezligi va qaytarilishi
hamda insolatsiya sharoitlari majmuasi) tabiiy omillarga bog‘liq va
doimiylikka ega.
O ‘zbekistonda oltita landshaft-iqlim hududi ajratilgan va mos
ravishda aholi joylarini qurishni rejalashtirish prinsiplari ishlab
chiqilgan. Bu hududlar: 1-cho‘l; 2-qayta o‘zlashtirilayotgan yerlar; 3-
cho‘l bilan o ‘ralgan vohalar; 4-tog‘ oldi vohalari; 5-tog‘ oldi hududlar:
6-tog‘lar (SHNQ 2.07.01-03
ilova 14).
Insolatsiya -
kun davomida quyosh
nurlari bilan yoritilganlik
darajasi. Aholi yashash punktlarini loyihalashda ham ijobiy ham
salbiy tomonlari mavjud. Masalan, murakkab hududlarda haroratning
balandligi va quyosh nurining ko‘pligi xonalaming qizib ketishiga olib
35
keladi, bu hududlarda binolami g ‘arbiy va janubiy-g‘arbiy tomonga
qaratib loyihalash mumkin emas.
Insolatsiya davri davomiyligi binolar tarzini gorizont tomonlariga
qarab joylashtirish bilan idora etiladi. Insolatsiyaning davomiyligini
hisoblab chiqish insolatsiya grafiklari asosida amalga oshiriladi.
U esa
o‘z navbatida, geografik kenglik, uylar tiplari, xonalaming va shahar
rejaviy hududlarining funksional vazifasiga bog‘liq holda amalga
oshiriladi.