|
-1200 m dan oshsa, uzoq qismlarida qo‘shimcha markazBog'liq Turar-joy tumani loyihasi. Isamuxamedova D.U1000-1200 m dan oshsa, uzoq qismlarida qo‘shimcha markaz
shakllantirish mumkin.
Markaz hududini maqsadga yo‘naltirilgan muassasalar guruhiga
(savdo-maishiy, madaniyat, sport) moslashtirilgan holda hududlarga
ajratish lozim. Bunda savdo markazini magistral yo‘lga yaqinroq,
jamoat transporti bekatlariga yaqinroq joylashtirgan ma’qul. Jamoat
markazi elementlari hududlarining o'lchamlarini SHNQ 2.07.01-03*
(22, 23 jadv.) dan olish tavsiya etiladi.
2.4. Madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalarini
joylashtirish va ularning tarkibi
Turar-joy tumani hududida doimiy va davriy xizmat ko‘rsatish
muassasalari tarkibini belgilash, hisoblash va joylashtirish uning
rejaviy tuman va umuman shaharda tutgan o‘miga bog‘liq. Turar-joy
tumanida joylashtirish va hisoblashni amaldagi me’yorlarga ko‘ra bir
vaqtda olib borgan ma’qul. Bunday usul doimiy va davriy xizmat
ko‘rsatish muassasalarini o‘zaro mos holda joylashtirish masalalari-
ning qulayligini oshiradi (25-rasm).
Qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan turli usullar mavjudligiga qaramas-
dan turar-joy tumanlarida madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish tizimini
tashkil etishning asosiy xususiyati bu, doimiy foydalaniladigan
muassasalar xizmat ko‘rsatishning bir tekis taqsimlangan obyektlar
tarmog‘ini tashkil etadi, davriy xizmat ko‘rsatish muassasalari esa
turar-joy tumanining jamoatchilik-savdo markazini shakllantiruvchi
majmua sifatida joylashtiriladi.
Jamoat markazi muhim elementlaridan biri - piyoda yo‘laklari
hududi bo‘lib, u maydon ko‘rinishida loyihalanishi, turar-joy tumani
hududi bilan yo‘laklar orqali bog‘Ianishi mumkin. Uning foydalanish
turiga qarab rejaviy yechimi tanlanadi. Do‘konlar oldida past bo‘yli
|
| |