D. U. Isamuxamedova




Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/92
Sana01.06.2024
Hajmi5,57 Mb.
#258907
TuriУчебное пособие
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92
Bog'liq
Turar-joy tumani loyihasi. Isamuxamedova D.U

a
-
magistralning bir tomonida, loyihaviy tuman markazi bilan
piyodalar bulvari orqali bog 'lanadi;
b - tuman magistrali bo 'ylab, suv havzasi qirg‘o g ‘ida.
Xizmat ko‘rsatish muassasalari guruhlariga quyidagilar kiradi:
- shahar ma’muriy va jamoat muassasalari va tashkilotlari;
- mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan madaniy-maishiy muassasalar 
(maktab, kutubxona, muzey, teatr va h.k.);
47


- davolash va sogMomlashtirish muassasalari (shifoxona, 
poliklinika va h.k.);
- xo'jalik va uy-ro‘zg‘or jihozlarini ta’mirlash ustaxonalari, 
mahalliy miqyosda ahamiyatga ega bo‘lgan korxona va muassasalar 
(non zavodi, go‘sht kombinati, restoran, tikuvchilik ustaxonasi, 
ta’mirlash ustaxonasi).
21-rasm. Turar-joy tum ani jam oat markazining joylashuvi:
A-bog
‘ 
ichida; B-zavod oldi maydonida turar-joy va sanoat
qismlari orasida.
Davriy va kundalik xizmat ko‘rsatish funksiyalarini bir vaqtning 
o ‘zida bajaradigan kichik shahar, odatda, ixcham jamoat markaziga 
ega boMadi. Agar kichik shahaming xizmat ko‘rsatish markaziga 
qishloq xo‘jaligi tumani hududiy jihatdan tegishli bo‘lsa, u holda bu 
markazdagi muassasalarni tashkil etish va hisoblashda aholining 
qo'shilishi hisobga olinadi.
Katta va yirik shaharlarda markaz tizimi hajmiy jihatdan 
rivojlanadi: turar-joy tumanlari va rejaviy tumanlar hamda mehnat 
qilinadigan va dam olinadigan hududlardagi markazlar shakllanadi. 
Yirik shaharda markazlaming rivojlangan hajmiy tizimi mavjud. 
Uning bosh elementi - hududi bo‘yicha shahaming eng keng hududi 
hisoblangan, m a’muriy-ijtimoiy jihatdan salmoqli vazifani bajaruvchi 
markaziy yadroni o ‘z ichiga olgan umumshahar markazidir.
Yirik shaharlarning markazlari viloyat va respublika tizimining 
m a’muriy markazi hisoblanib, u aholiga har tomonlama xizmat
48


22-rasm. Xizmat ko‘rsatishni tashkil etishni to 'rtta bosqichda 
amalga oshirish: 
A-kichik tuman, B-turar-joy guruhi: 1-kichik tuman
jamoat markazi; 2-maktab; 3-bolalar bog ‘chasi; 4-birinchi bosqich
xizmat ко ‘rsatish majmuasi; 5-stadion va sport maydonchalari;
6
-garajlar; D-turar-joy tumani: 1-klub va kutubxona; 2-kinoteatr;
3-savdo markazi; 4-sportkompleks; 5-poliklinika; 
6
-turar-joy tumani
bog
7; 
E—shahar: 1—shahar markazi, та 'muriy-jamoat muassasalari;
2—tibbiyot markazi; 3-sport markazi; 4—
yoshlar markazi; 5—vokzal,
mehmonxona va kommunal muassasalari; 
6-0
 ‘quv muassasalari va
ilmiy tadqiqot institiutlari; 7-sanoat tumani markazi;
8
-dam olish hududi muassasalari.
49


ko'rsatish vazifasini bajaradi va aholining markaziy shaharga qatnashi 
uchun zarur bo‘lgan barcha qulaylik hamda shart-sharoitlarni hisobga 
olgan holda tashkil etiladi. Yirik shahar markazlarining tizimi bosh 
umumshahar markazi bilan bir qatorda umumshahar va umumaholiga 
xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan markazlami, rejaviy tumanlar, 
turar-joy tumanlari va kichik tumanlar, mehnat qilish va dam olish 
hududlaridagi markazlami ham o ‘z ichiga oladi. Funksional tarkibiga 
ko‘ra jam oat markazlari ko‘p profilli va ixtisoslashgan bo‘lishi 
mumkin. Shahaming funksional profili shahar jam oat markazining 
tarkibi va tuzilmasida o ‘z aksini topadi.
Shahar hududi ko‘pincha funksional hududi bo‘yicha: ma’muriy, 
madaniy-maishiy, savdo-sotiq muassasalari joylashadigan hududlarga 
bo'linishi mumkin. Kurort-shaharlar, turistlik markazlarda davolash- 
sog‘lomlashtirish, madaniy-maishiy va ko‘ngil ochishga m o‘ljallangan 
hududlar rivojlanadi. Ilmiy va m a’lumot beruvchi markazlar 
majmuasiga ega bo‘lgan shaharlarda uning jam oat markazi ko‘p 
hollarda ilmiy (ilmiy tekshirish, loyihalash) hamda o ‘quv (oliy va 
o ‘rta maxsus o ‘quv) yurtlari muassasalarini o ‘z ichiga oladi.
Shahar jamoat markazi shahar va shahar atrofidagi tuman aholi- 
siga xizmat qiladi. Shaharlararo ahamiyatga nafaqat yirik shahar- 
lardagi markazlar, balki kichik va o‘rta kattalikdagi shaharlardagi 
markazlar ham ega bo‘lishi mumkin.
Jamoat markazlari hududlarining o ‘lchamlari quyidagi omillarga 
bo g iiq :
- tarkibiy tuzilma kattaligiga (23-rasm);
- shahar profiliga (kurort shaharlarda sogiiqni saqlash va 
madaniyat obyektlari ko‘proq);
- iqlim sharoitlariga (shimoliy tumanlarda markazlar ancha 
ixcham, janubiy tumanlarda ko‘kalamzor hududlarning nisbiy hissasi 
kattaroq);
- aholi joylashuvi tizimidagi ahamiyati (tayanch shaharlarda 
kelayotgan aholiga xizmat ko‘rsatish uchun shakllangan markazlar 
ancha rivojlangan);
- shahaming umumiy kattaligi.
Yirik shaharda jamoat markazi keng hudud sifatida shakllanadi va 
unda turar-joy hududlari ham ijtimoiy vazifalami bajaradi. Shahar 
markazida joylashgan turar-joy binolari o‘zida murakkab masalalami
50


mujassam etadi. Avtomobil harakati hamda binolaming zich 
joylashganligi oqibatida havoning ifloslanishi va shovqinning yuzaga 
kelishi tufayli bu yerda qoniqarli hayot sharoitlarini ta’minlash oson 
kechmaydi. Biroq shahar markazidagi turar-joy binolari ko‘pincha 
markazning kechki paytda jonlanishini ko‘zlagan holda loyihalanadi. 
Ammo 
markazni 
unda 
yashovchi 
aholi 
hayot 
sharoitining 
yomonlashuvi evaziga «jonlashtirish» mantiqan to 'g 'ri emas. Kechki 
dam olish vaqtida shahar markazining qiyofasini jonlantirishga 
ko‘ngil ochish muassalari, kafe va boshqa shunga o ‘xshash xizmat 
ko‘rsatish muassasalarini ochish orqali erishish mumkin. Lekin bu 
degani shahar markazi turar-joy binolaridan batamom xoli boMishi 
degani emas. Shahar markaziga yashash joylarining uchta turini: 
vaqtincha yashaydigan joylar-mehmonxonalar, pansionatlar, yotoqxo- 
nalar va h.k. maktab, bolalar bog‘chasiga ehtiyoj bo‘lmaydigan bino- 
lar joylashtirish; markaz hududiga xizmat yuzasidan doimiy ravishda 
keladigan ma’muriy va texnik personallar uchun xizmat kvartiralari; 
mehnat qilish bilan bog‘langan yashash joylari, masalan, studiyalar, 
ustaxonalar va shunga o‘xshash binolarni qurish mumkin va ularning 
markazga joylashtirilishi ancha maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.
Shahar markazi hududi jamoat binolari, yashil hudud, maydon, 
piyoda yoMaklari, avtomobillar o ‘tish y o ilari va to‘xtash joylari bilan 
loyihalanadi. Markaz hududining 50% ini transport va piyodalar 
yo‘llari, yashil hududlar tashkil etadi. Umuman olganda, umumshahar 
markazining hududi har bir yashovchi uchun 3-5 m2 ni tashkil etadi 
(sport majmualari bundan mustasno).
Sanoat tumanida ko‘rsatiladigan xizmatlami umumshahar. va 
tumanlardagi madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish tizimlari bilan 
kooperatsiyalash - bu shaharning aholi yashaydigan hududlarini 
ishlab chiqarish zararlari ta’siridan holi etish (hech bo‘lmaganda 
ularning ta’sirini minimumga tushirish) demakdir.
Turar-joy tumani jamoat markazini joylashtirish 
tumanning 
shahar yoki rejaviy tuman strukturasidagi o ‘mi, hudud o‘lchami va 
shakli, transport yo‘llari o‘tkazilishi, tabiat sharoitlariga bog‘liq. U 
dastlab xizmat ko‘rsatilayotgan turar-joy binolariga transport va 
piyoda yetib borish masofasi 800-1200m radiusda bo‘lish sharti orqali 
belgilanadi. Uni tuman geometrik markaziga joylashtirish ixcham 
hududda joylashga xizmat ko‘rsatish obyektlarining samarasini
51


oshiradi. Tuman hududi qancha katta bo'lsa, jamoat markazini tuman 
geometrik markaziga joylashtirish shunchalik maqsadga muvofiq (23— 
24-rasm).
23-rasm. S haharni loyihalashda jam oat m arkazlarining joylashishi 
sxemasi: A - kichik shahar; В - o‘rta shahar; D - yirik shahar.
Markazni to‘g ‘ri joylashtirishning muhim shartlaridan biri qo'shni 
tumanlar, shahar markazi, sanoat korxonalari va dam olish hududlari 
bilan qulay transport aloqalari o‘rnatilishidir. Markazni 

Download 5,57 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92




Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish