shahar ustidagi chang va tutundan iborat gumbazni hosil qiluvchi
yuqoriga ko'tarilayotgan havo oqimining harakatini qaytaradi.
2.2. Turar-joy tum anlarini shakllantirish
Odamlaming turmushi, ularning yashash, bolalarini tarbiyalash,
ta’lim olish, dam olish, madaniy darajasini oshirish, sog‘liqni saqlash,
savdo-sotiq va boshqa maishiy xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq
bo'lgan ehtiyojlarini qondirish jarayoni shaharlaming aholi yashovchi
qismlarida mujassamlashgan.
Hozirgi zamonda uy-joy tushunchasining chegarasi ancha kengay-
gan bo‘lib, u hozir aholiga zarur xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining
to‘liq majmuasini o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda xonadon ichidagi
qulay yashash sharoitlari aholi yashash tumanlaridagi ijtimoiy-
madaniy va maishiy ehtiyojlami yuqori darajada qondirish sharoitlari
bilan qo‘shilib ketadi. Aholi uchun qulay yashash sharoitini yaratish
uy-joy binolarining turli ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan
uzviy qo‘shilib ketishini taqozo etadi. Uy-joy binolarining ijtimoiy
xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan uzviy bog‘lanishi respublikamiz
shaharlari aholi yashovchi qismlarining ijtimoiy va tarkibiy tuzilishini
shakllantirishning asosiy talabi hisoblanadi.