|
yangi usullari tatbiq etilishi mumkinBog'liq Turar-joy tumani loyihasi. Isamuxamedova D.Uyangi usullari tatbiq etilishi mumkin.
Bundan tashqari, mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda
mahalla markazlarida, turar-joy binolariga biriktirilgan xonalarda, yirik
60
jismoniy tarbiya va sport majmualari tarkibida bolalaming qisqa
muddatda vaqtini o‘tkazishi guruhlari tashkil etilishi mumkin. Bu
guruhlar shaxsiy moliyaviy ta’minlash orqali ham tashkil etilishi lozim.
Bolalar yasli-bog‘chasidagi o ‘rinlar soni xalq ta’limining mahalliy
tashkilotlari tomonidan aniqlangan maktabgacha yoshdagi bolalar
sonidan kelib chiqadi. Maxsus sog‘lomlashtiruvchi muassasalar esa,
sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan belgilanadi (o'quv loyihalash
ishlari uchun o‘rta hisobda 1000 yashovchiga 70-90 o‘rin deb olinadi).
Bolalar yasli-bog‘chalari sig‘imi jihatidan: 6ta guruhga - 140 o‘rinli,
8ta guruhga - 190, 12ta guruhga - 280, 14ta guruhga - 320-330, 16ta
guruhga - 420-460 o ‘rinli qilib loyihalanadi.
Yer hududi o‘lchamlari 1 o‘ringa nisbatan quyidagicha ajratiladi:
bolalar yasli-bog‘chasida 100 tagacha o‘rinli - 40 m2, 100 dan 325
gacha o ‘rinli - 35 m2, 360 va undan ko‘p o'rinli majmualarda 30 m2
(SHNQ 2.07.01-03*, 52-bet).
Bolalar bog‘chalari va maktablar hududini tashkil etish. Bolalar
muassasalari odatda, kichik tuman markazida, yaxshi yoritilgan, havo
yaxshi aylanadigan, quruq hududda, yog‘in suvlarining tabiiy oqib
ketishi darajasi o‘rtacha bo‘lgan hududlarda joylashtiriladi. Odatda,
bolalar bog‘chasi hududlari to‘g‘ri burchak shaklda loyihalanadi.
Bolalar muassasalari hududlari ikkita funksional hududga
ajratiladi: sayr qilish hududi va xo‘jalik hududi. Bolalar sayr qilish
hududi o‘zida bevosita eng kichik yoshli - 3 yoshgacha va 4-6
|
| |