|
rekonstruksiya qilish loyiha taklifi, ООО «ARX-1NT DESIGN»Bog'liq Turar-joy tumani loyihasi. Isamuxamedova D.Urekonstruksiya qilish loyiha taklifi, ООО «ARX-1NT DESIGN».
Kirish hududi yig‘ilishlar o‘tkaziladigan maydonni o ‘z ichiga
oladi. Rekreatsiya hududi eng katta hudud hisoblanib, unga faol va
tinch dam olish hududlari kiradi. Faol dam olish hududiga kichik va
katta yoshdagi maktab o ‘quvchilari dam olishi hududi va uzaytirilgan
rejimdagi bolalar sayr qilishi va o ‘ynashi uchun ajratiladigan
maydonchalar kiradi. Ushbu hududda ko‘kalamzorlar nisbatan erkin
joylashtiriladi. Bular asosan, maydonchalar atrofida joylashtirilgan
daraxtlar yoki butalar guruhidir. Bizning iqlim sharoitlarimizda keng
shoxlaydigan daraxtlami o ‘tqazish maqsadga muvofiq.
Maydonchalar atrofi dam olish uchun soya va havo yaxshi
aylanuvchan bo‘ lishi lozim. Hududlarda gulzorlar va daraxt guruhlari
orasida ochiq chimli hududlar tashkil etilishi lozim.
Sport hududiga: futbol maydoni, kichik va katta yoshdagi maktab
o ‘quvchilari uchun sport maydonchalari to‘plami kiradi. Tinch dam
olish hududi dam olish burchaklari mavjud bo‘lgan istirohat bog‘chasi
ko‘rinishida loyihalanadi. 0 ‘quv-tajriba hududi o‘z ichiga mevali
bog‘, poliz ekinlari va sabzavotlar uchun, kichik yoshdagi maktab
o ‘quvchilari uchun tajriba uchastkalari, issiqxonalami oladi.
31-rasm. Maktab hududini rejalashtirish misoli: 1 - maktab binosi;
2—5-sport maydonchalari; 6 - meteorologiya maydonchasi; 7 -zoolo-
giya maydonchasi; 8 - issiqxona; 9 - parniklar; 1 0 - о ‘simliklarni ekish
uchun о ‘quv-tajriba uchastkalari; 11 — kichik yoshdagi maktab
о ‘quvchilari uchun о 'yin maydonchasi; 12 - katta yoshdagi maktab
о ‘quvchilari uchun о 'yin maydonchasi; 13 - x o jalik hovlisi;
14 - tinch dam olish maydonchasi.
|
| |