|
yoshdagi bolalar uchun maydonchalar guruhi, umumiy jismoniyBog'liq Turar-joy tumani loyihasi. Isamuxamedova D.Uyoshdagi bolalar uchun maydonchalar guruhi, umumiy jismoniy
tarbiya maydonchasi (250 m2 gacha), shuningdek, 20 m2 gacha
maydonli va 25-30 sm chuqurlikdagi basseynni jamlaydi.
Maydonchalar guruhi - bu bolalaming asosiy vaqtini o ‘tka-
zadigan joyi. Ular o‘yinlar o‘ynash, ochiq havoda dam olish uchun
mo‘Ijallangan bo‘lishi lozim. Har bir maydonchada qumli o‘yin
maydonchasi bo‘lishi lozim. Har bir maydonchalar guruhida soyabon,
perimetri bo‘ylab o ‘simliklardan jonli devor ekiladi. Barcha
maydonchalar guruhi o‘zaro yo‘laklar orqali bogManishi lozim.
Ikkala funksional hudud o ‘zaro quyidagicha birlashtiriladi: hudud
perimetri bo‘ylab daraxt va butalarni qatorlarga ajratib ekish,
maydonchalarga yaqin joylarga daraxtlami donalab ekish, alohida
maydonchalar
perimetri
bo‘ylab
o ‘simliklardan jonli
devor
shakllantirish, binolarga kirish qismida gulzorlar tashkil etish.
61
Daraxt va butalami ekishda quyidagilarni e ’tiborga olish lozim:
bog‘ perimetri bo‘ylab keng shoxlaydigan daraxtlar turini ekish; tashqi
chegarasi bo‘ylab butalardan jonli devor tashkil etish, ichki chegarasi
bo‘ylab butalarni guruhlab ekish. Ko‘kalamzorlar shunday loyiha-
lanishi lozimki, maydonchalarning katta qismi (50%gacha) kun
davomida quyosh nuri bilan yoritilishi lozim.
X o ja lik maydonchalari oshxona va kir yuvish xonalariga kirish
oldida joylashadi va bunda ular maydonchalar guruhi, sport
maydonchalariga biriktirilgan bo‘lishi kerak emas. Maydoncha hududi
perimetri bo‘ylab panjara yoki o ‘simliklardan shakllantirilgan jonli
devor bilan o ‘raladi.
|
| |