|
lozim.
Bolalar maktabgacha t a ’lim muassasalari. Maktabgacha ta’limBog'liq Turar-joy tumani loyihasi. Isamuxamedova D.Ulozim.
Bolalar maktabgacha t a ’lim muassasalari. Maktabgacha ta’lim
muassasalari tizimi asosan davlatning ayollar bandligini ta’minlash
dasturiga binoan hamda ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardan kelib chiqqan
holda belgilanadi. Kichik yoshdagi bolalar sonining ko‘pligi
zamonaviy
maktabgacha
ta’lim
muassasalarini
shakllantirish
zaruratini keltirib chiqaradi.
Bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari tizimi asosan davlat
tomonidan moliyalashtiriladi, biroq tizimning kelajakda rivojlanishi
xususiy bolalar bog‘chasi orqali ham amalga oshishi mumkin.
Buning uchun turli tipdagi va sig‘imdagi bolalar muassasalari
tavsiya etilishi mumkin. Eng ko‘p umumiy tipdagi kichik va o‘rta
sig‘imli (25-30 dan 120-140 o ‘ringacha) qo‘llanilishi mumkin.
Bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarini kichik tuman
hududida bir tekis taqsimlash maqsadga muvofiq, eng qulay
mikroiqlim sharoitlarida, ular xizmat ko'rsatuvchi turar-joy binolariga
nibatan 250-300 m dan oshmagan (kain qavatli qurilishda 340-360 m)
radiusda joylashtirish tavsiya etiladi.
Asosiy obyekt sifatida bolalar muassasalari majmuasi, tarkibida
tarbiyalash, dam olish, davolash xarakteriga ega xonalar, kichik
maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari foydalanadigan
yopiq
basseyni
mavjud
bo‘lgan
sog‘lomlashtiruvchi
tipdagi
muassasalar olinishi maqsadga muvofiq.
Shuningdek, eksperimental kooperativ obyektlar - «bolalar
bog‘chasi-boshlang‘ich maktab» tashkil etish ham tavsiya etiladi.
Bunda bolalarning maktab ta’limiga bir tekisda o‘tishi sharoitlari
yaratilishi mumkin va tarbiyalash, o ‘qitish, sog‘lomIashtirishning
|
| |