|
tebranishlardan himoya qilish uchun maxsus shovqindan himoya-Bog'liq Turar-joy tumani loyihasi. Isamuxamedova D.Utebranishlardan himoya qilish uchun maxsus shovqindan himoya-
lovchi qurilish materiallari va konstruksiyalar qo‘llanilgan yopiq
binolar joylashtirilishi mumkin.
Yashash muhitining yangi funksional-rejaviy tashkil etilishida
dastlabki qo‘shnichilik jamiyatini - mustaqil xizmat ko‘rsatish
elementlari bo‘lgan ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarni saqlab qolish
va rekonstruksiya qilish lozim.
2.5. Turar-joy tumani va kichik tumanda transport-piyoda
tarmoqlarini tashkil etish
Transport infrastrukturasi. Shahar transporting bemalol ishlashi
uchun yordamchi inshootlar va qurilmalari turli xizmatlarining rivojlan-
gan tarmog‘i kerak. Ommaviy yo'lovchi transporti uchun yo‘l aloqa
tarmog‘idan tashqari bularga: depo, avtopark, remzavod va ta’mirlash
ustaxonalari kiradi. Ommaviy transport: yo‘llarida dispetcherlik
punktlari, yakunlovchi punktlar, tayanch podstansiyalar quriladi.
Bularning barchasi sanoat va kommunal hududlarda joylashtiriladi.
Magistrallararo hududda transport. Transport xizmat ko‘rsatish
talablari hududning funksional vazifasi orqali aniqlanadi. Sanoat va
kommunal qismlariga xizmat ko‘rsatish hudud talablari asosida
amalga oshiriladi. Kichik tumanlarda xohlagan binoga kirish,
magistral ko‘chalarga chiqishni (chorrahadan 100 m) ta’minlash,
doimiy saqlash uchun garajlar, avtomobillami vaqtinchalik saqlashga
to‘xtash joylari ajratiladi.
67
33-rasm. Yer osti muhandislik tarmoqlari ko‘rsatilgan ko‘chaning
ko‘ndalang kesimi:
1 — aloqa kabeli; 2 - kuchlanish kabellari; 3 - kanalizatsiya;
4 - issiq suv quvuri; 5 - vodoprovod; 6 - gaz quvurlari; 7 - kollektor;
8 -yoritgich kabellari; 9 - muzlash chuqurligi.
|
| |