|
Doimiy foydalanuvchi muassasalar bo'lgan aholiga xizmatBog'liq Turar-joy tumani loyihasi. Isamuxamedova D.U56
Doimiy foydalanuvchi muassasalar bo'lgan aholiga xizmat
ko‘rsatishni tashkil etish uchun turar-joy tumani hududlari qismlarga
ajratiladi (kichik tumanlar, dahalar, guruhlar). Ta’sir doirasi ma’lum
bir sharoit, loyihada qabul qilingan yechim asosida yopiq va ochiq
tizimlarni aks ettirishi mumkin.
Yopiq tizimga ayrim xizmat ko‘rsatish muassasalari belgilangan
rejaviy chegara ichida joylashadigan yechimlar kiradi, masalan, turar-
joy ko‘chalari, xiyobon, yo‘lak, yashil o‘simliklar bilan chegaralangan
kichik tuman yoki dahalar.
Yopiq usullar bevosita turar-uylarga jamoatchilik xizmatlari
talablarini qondirishga moijallangan, bundan kelib chiqqan holda
muassasalar turar-uylardan bir xil uzoqlikda, xizmat ko‘rsatiluvchi
hudud markazida joylashtiriladi (28-rasm).
28-rasm. Yopiq hajmiy-fazoviy majmualar. Perimetr bo‘ylab
joylashtirilgan qurilmalar orqali tashkil etilgan ichki
fazoviy muhitga ega.
Ochiq tizimlarda xizmat ko‘rsatish muassasalari rejaviy yechimi
turar-joy qurilmalariga biriktirilmagan holda amalga oshiriladi.
Masalan, turar-joy qurilmalari bilan xizmat ko‘rsatish muassasalari
57
navbatma-navbat joylashishi, uy-joy va xizmat ko‘rsatish muassa
salarini chiziqli joylashtirish, turar-joy guruhlarini erkin joylashtirish
mumkin.
Ochiq usullar xizmat ko'rsatish muassasalari aholining erkin
foydalanishiga mo‘ljallangan loyihaviy yechimlarda qo‘llaniladi. Bu
hollarda jamoat markazlarini jamoat transporti bekatlariga yaqin
joylashtirish va piyoda yo‘laklari yo‘nalishiga moslashtirish maqsadga
|
| |