www.pedagoglar.uz
40-son 1–to’plam yanvar 2023
Sahifa: 88
TEXNOLOGIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHNING
DIDAKTIK TAMOYILLARI
Toshkent viloyati Yangiyo`l shahar 11-imkoniyati cheklangan bolalar uchun
Ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab Texnologiya fani o`qituvchisi
Buranbayeva Barno Egamberganova
Annotatsiya: Maqolada umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida texnologiya
darslarini didaktik tamoyillarga asoslanib o‘qitishning mazmuni yoritilgan.
O‘quvchilarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullar, u
bilan hamkorlik qilish, uni o‘qish va o‘rganishga yo‘naltirish, o‘quvchi
shaxsi
faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish borasida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar: Didaktik tamoyillar,
onglilik va faollik, tizimlilik va izchillik,
nazariya bilan amaliyotni birligi, ko‘rsatmalilik tamoyili, pedagogik faoliyat, o‘zaro
muloqot.
Abstract: The article describes the content of teaching technology
lessons in
general secondary education based on didactic principles. It discusses ways to
develop students mentally and physically, how to work with them, how to focus on
reading and learning, and how to organize students' personal activities.
Keywords: Didactic principles, consciousness and activity, systematization and
consistency,
unity of theory and practice, the principle of demonstration,
pedagogical activity, interaction.
KIRISH Ma’lumki, har qanday fanni rivojlantirsh
didaktik tamoyillarga
pedagogik texnologiyalarga asoslangan bo‘lib, o‘quvchi shaxsini tarbiyalashga
yo‘naltirilmog‘i lozim. Pedagogik texnologiya nazariyasining markazida ta’lim
jarayonining rahbari, ayni vaqtda, ushbu jarayonning ham sub’yekti, ham ob’yekti
bo‘lgan o‘qituvchi va o‘quvchilar turadilar.
Shunday ekan, ushbu sub’yektlar
o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, o‘zaro muloqot, ularning
bir-birlariga nisbatan
ko‘rsatadigan aks ta’sirlari eng zamonaviy talablarga javob bera olishi zarur. Buning