Texnologiya darslarini tashkil etishning didaktik tamoyillari




Download 158,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana15.12.2023
Hajmi158,17 Kb.
#119660
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
88-93

www.pedagoglar.uz
40-son 1–to’plam yanvar 2023 
Sahifa: 90 
qo‘ymaslik bilan, o‘quvchi talabalarni mustaqil fikrlashga va harakat qilishga 
o‘rgatish qoidasi. Berilayotgan bilimni har tomonlama tahlil qilib berish yo‘li bilan 
bolalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish qoidasi. Texnologiya darslarida ilmiylik va 
tizimlilik tamoyili - o‘quvchilarga o‘rgatish uchun ilmiy jihatdan asoslangan, 
amalda sinab ko‘rilgan ma’lumotlar berilishini talab etadi. Ularni tanlab olishda fan 
va texnikaning eng so‘nggi yutuqlari va kashfiyotlaridan foydalanish kerak. Ilmiy 
bilimlarni egallash jarayonida o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, tafakkur 
rivojlanadi. Har bir darsda o‘qitiladigan o‘quv materialining ilmiy mazmuni keng va 
chuqur bo‘lishi o‘quvchida nafaqat bilim, balki tafakkur hosil qilishi hamda uning 
ijodiy qobiliyatini shakllantirishi kerak. Buning uchun esa o’qituvchi o‘z ilmiy 
saviyasini izchil ravishda oshirib borishi zamonaviy pedogogik texnologiyalar, 
kashfiyotlar va ilmiy yangiliklardan xabardor bo‘lishi lozim [1-30]. O‘quvchi 
o‘rganayotgan bilimlar, albatta nazariy tasdiqlangan va amalda sinalgan bo‘lishi 
kerak. Tizimlilik va izchillik tamoyili asosida o’qitish o‘qitishni shunday tashkil 
etishni talab etadiki, bunda o‘quv fanlarini o‘qitish qat’iy mantiqiy tartibda olib 
boriladi. O‘quvchilar bilim ko‘nikma va malakalarini izchillik bilan egallab 
boradilar va ayni paytda amaliy vazifalarni hal qilish uchun ulardan foydalanishni 
o‘rganadilar. Tizimlilik va izchillik tamoyili pedogogik jarayonning hamma 
bo‘g‘inlarida amalga oshiriladi. Uning talablari darsliklar va dasturlarni tuzishda o‘z 
aksini topadi. O‘quv materialini to‘g‘ri taqsimlash ya’ni oddiydan murakkabga, 
oddiy operatsiyalardan qiyinroq operatsiyalarni bajarishga o‘tishni talab qiladi. 
Pedagogik amaliyotda bu tamoyilning ishlashi quyidagi qoidalar orqali amalga 
oshiriladi. 1. O‘quvchilar tomonidan bilimlar tizimi to‘liq o‘zlashtirib olinishi uchun 
beriladigan bilimlami mantiqiy tugallangan bilim bo‘laklariga ajratib o‘qitish. 2. 
Mazmunini to‘liq ochib berishga ko‘zingiz yetmagan biron bir savol va muammoni 
dars rejasiga kiritmaslik. 3. Mantiqiylikni hech qachon buzmaslik, buzilgan taqdirda 
o‘zlashtirilmaslikning oldini olish uchun uni darrov bartaraf etishlik. 4. O‘quv fani 
- katta bir fanning kichraytirilgan modeli ekanini tushuntirib, fanlararo bog‘liqlikni 
ko‘rsatib berishlik. 5. Nazariy bilimlarning o‘zlashtirilishi to‘g‘ri ketayotganini 



Download 158,17 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 158,17 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiya darslarini tashkil etishning didaktik tamoyillari

Download 158,17 Kb.
Pdf ko'rish