|
Texnologiya darslarini tashkil etishning didaktik tamoyillariBog'liq 88-93www.pedagoglar.uz
40-son 1–to’plam yanvar 2023
Sahifa: 92
o‘quvchilarni yosh va individual xususiyatlari hisobga olinishi kerak. Texnologiya
darslarida nazariya bilan amaliyot birligi tamoyili asosida tashkil etish - ilmiy
bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo‘lib, ana
shu faoliyatga xizmat qilganligi va hayot bilan bog‘langanligi sababli, bu bilimlarni
egallash uchun ularni mazmunan o‘zlashtirish va amalda qo‘llash lozim.
O‘quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlarni egallash jarayonidan
boshlanadi. Keyinchalik u tajriba va amaliy mashg‘ulotlarda davom ettiriladi. Bu
mashg‘ulotlarda o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olingan
bilimlarini tekshiradilar, mustahkamlaydilar, chuqurlashtiradilar. Ularni amalda
qo‘llanish ko‘nikma va malakalarini hosil qiladilar. Nazariya bilan amaliyot birligini
bog‘lashning har xil shakllari mavjuddir: - har qanday bilimning to‘g‘riligi
amaliyotda sinalib, tasdiqlanadi; - amaliyot - haqiqat mezoni, bilishning manbai va
tadqiqot natijalarining qo‘llanish ko‘lami; - to‘g‘ri tashkil qilingan ta’lim-tarbiya
hayotdan kelib chiqadi; - ta’lim-tarbiyaning samaradorligi uning amaliyot bilan
qanchalik bog‘liqligi bilan belgilanadi; - bilim berishning samaradorligi. uning
politexnik ta’lim bilan bog‘liqligi bilan belgilanadi; XULOSA Umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida didaktika nazariyasida bilim tushunchasi quyidagi ikki xil ma’noda
izohlanadi: a) o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlar; b) ular tomonidan
o‘zlashtirilib, amaliy faoliyat jarayonida qo‘llaniladigan, shaxsiy tajribaga aylangan
bilimlar. Bilimlar faoliyat yuritish jarayonidagina mustahkamlanadi, shu sababli
o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish iqtidorini tarbiyalash lozim.
Amaliyotdagi tatbiqiga ega bo‘lmagan bilimlar tez orada unutiladi. Texnologiya
fanining didaktik tamoyillari, ya’ni dastlabki qoidalari ana shulardan iborat. Ularga
amal qilingan holda pedagogik faoliyatni tashkil etish o‘qituvchining pedagogik
mahoratini oshirib borishi, o‘quvchilarning aqliy va axloqiy sifatlarni egallashlari,
shuningdek, ularda shaxsiy tajribalarning hosil bo‘lishiga zamin yaratadi.
|
| |