|
Texnologiya darslarini tashkil etishning didaktik tamoyillariBog'liq 88-93www.pedagoglar.uz
40-son 1–to’plam yanvar 2023
Sahifa: 89
uchun o‘qituvchi, eng avvalo, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan
qo‘yiluvchi talablar, ta’limni tashkil etish va boshqarish tamoyillari, yo‘llari,
o‘quvchini aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullar, u
bilan hamkorlik qilish, uni o‘qish va o‘rganishga yo‘naltirish, o‘quvchi shaxsi
faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, ular bilan muloqotga kirishish, pedagogik faoliyatni
tashkil etish jarayonida yuzaga keluvchi muammo va kelishmovchiliklarni
birgalikda bartaraf etish, auditoriyada ijodiy, ishchanlik muhitini hosil qilish,
o‘quvchi faoliyatini aniq va to‘g‘ri baholashga imkon beruvchi metodlar bilan
qurollangan bo‘lishi lozim. ASOSIY QISM Texnologiya fanini o’qitishning
didaktik tamoyillari va ularning mohiyatini bilish mazkur jarayon borasida aniq
tasavvurga ega bo‘lishimizga imkon yaratadi. Shu bois biz quyida fanning asosiy
didaktik tamoyillari va ularning mohiyati xususida so‘z yuritmoqchimiz. Umumiy
o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya fani quyidagi tamoyillarga asoslanib
o’qitiladi. Texnologiya darslarini onglilik va faollik tamoyili aosida o’qitish -
o‘quvchilarda ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo‘llash metodlarini ongli va
faol egallab oladigan, ularda ijodiy tashabbuskorlik va o‘quv faoliyatida mustaqillik,
tafakkur, nutqi rivojlanadigan bo‘ladi. O‘qitishdagi onglilik tamoyili
o‘quvchilardagi ta’lim jarayonining aniq maqsadlarini tushunish, o‘rganilayotgan
dalil, hodisa, jarayonlar va ular o‘rtasidagi bog‘lanishni tushungan holda o‘zlashtirib
olish, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay bilish kabi me’yorlarni
anglatadi. O‘quvchilardagi mavjud bilim va ko‘nikmalariga tayanib, obrazli
taqqoslash usulidan foydalanib, har bir so‘z va gapning tom ma’nosini ochib berish
qoidasi. O‘quvchilarning о‘zaro o‘qitish kuchidan unumli foydalanib, qo‘yilgan
savollarga jamoa bo‘lib javob topish qoidasi. O‘quv fanini hech qachon dars
markaziga qo‘ymay, dars markazida doimo o‘quvchi turishini, uning shaxsi
shakllanayotganini bilgan holda talabaga ta‘limiy ta‘sir o‘tkazish qoidasi. O‘qitish
jarayoni yanada muvaffaqiyatli o‘tishi uchun, har bir tushuncha berilganidan keyin,
uni bir necha misollar bilan mustahkamlash qoidasi. Hech qachon o‘qituvchi
aytganlarini qaytarish, birovlardan ko‘chirish va aytib turish hollariga yo‘l
|
| |