shahar alohida qismlarining funksional tuzilishini hal qilish, shu
jumladan, markaz kompozitsiyasini yechish bilan bog‘liqdir.
Bu masalalar mahalliy tabiiy iqlim xususiyatlarini frelyef
landshaft, suv havzalari, ко ‘kalamzorlar va boshqalar) milliy turmush
a n ’analarini, xalqning tarixiy va madaniy yodgorliklarini inobatga
olgan holda hal qilinadi. Bu masalalarni hal qilishda ularga
birgalikda qarash shaharsozlikning asosiy shartlaridan hisoblanadi.
Ularga bir butun jarayonning turli tomonlari sifatida qaralishi lozim.
Shaharlar tipologiyasi -
bu shaharlaming asosiy shaharsozlik
belgilariga qarab sinflarga ajratilishi hisoblanadi. Shaharlami har
tomonlama to‘la tavsiflash va uning asosida bulaming rivojlanish
strategiyasini belgilash imkonini beradi.
Shaharlaming tipologiyasini belgilovchi eng muhim alomatlar:
- aholi soni;
- asosiy sanoat yo‘nalishi;
- aholi joylashuvi tizimida tutgan o‘mi;
- iqtisodiy-geografik joylashuvi;
- shakllanish va rivojlanish davri va rivojlanish sur’ati;
- arxitekturaviy qimmatga ega tarixiy obidalar mavjudligi;
- ma’muriy jihatdan tutgan o‘mi.