D. U. Isamuxamedova




Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/92
Sana01.06.2024
Hajmi5,57 Mb.
#258907
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92
Bog'liq
Turar-joy tumani loyihasi. Isamuxamedova D.U

rejaviy struktura turlari
belgilanadi: ixcham, bo‘laklarga ajratilgan, tarqoq.
Ixcham turi
shahaming barcha funksional hududlarining yagona 
perimetrda joylashishi bilan xarakterlanadi.
B o ‘laklarga ajratilgan turi
shahar hududini daryolar, jarliklar 
yoki temir y o i kesib o‘tgan hollarda yuzaga keladi. Ushbu holatga 
shahaming polisentrik strukturasi mos keladi va alohida tumanlarining 
nisbatan mustaqilligi va avtonomligi bilan xarakterlanadi.
Tarqoq turi
o ‘zaro transport tarmog‘i bilan bog'langan bir qancha 
shahar rejaviy qismlarini ko‘zda tutadi. Mehnat joylari tarqoq shaklda 
rivojlangan shahar va bir qancha yashash hududlari guruhlaridan 
shakllangan shaharlarda politsentrik va avtonomlik yaqqol ko‘zga 
tashlanadi.
Bundan tashqari, agar katta daryo bo'yida joylashgan bo‘Isa, 
shahar rejasi 
qismlarga ajratilgan-chiziqli
yoki sanoat va turar-joyni 
chiziqli-parallel joylashtirish hamda shahar rivojlanishi jarayoni 
xarakteriga ko‘ra 
chiziqli
shaklda bo‘ladi.
Qismlarga ajratilgan-chiziqli
sistemada katta daryo bo‘yida 
joylashishi bilan bog‘liq holda shahar, odatda, daryodan ko‘ndalang
19


yo‘nalishda uzoqlashib ketmaydi va daryo bo‘ylab uzoq masofaga 
cho‘zilishi mumkin (60-70 km gacha).
Bu holatda tezyurar transportni uzoq masofaga qo‘Hash zarurati 
tufayli asosiy ahamiyat bo‘ylama aloqalarga qaratiladi.
Chizt'qli rejalashtirish
shaklida shahar rejasining asosiy kompozit- 
sion o ‘qi bu butun shahar bo‘ylab o ‘tadigan shahar transportining 
bo‘ylama chizig‘idir. Shaharni chiziqli rejalashtirishning qulay tomoni 
shundan iboratki, shakllanib bo‘lgan tumanlarni tubdan rekonstruksiya 
qilish zaruratisiz ham rivojlanishi mumkin. Chiziqli shaharning 
muhim kamchiligi esa - uning bir-biridan ma’lum miqdorda mustaqil 
bo‘lgan bir qancha aholi yashash joylariga ajralib qolishidir.
Rejalashtirish masalalarini hal qilishda shuni yodda tutish 
lozimki, 
shahar
-
bu rivojlaniuvchi organizm,
shuning uchun, uning 
rejaviy strukturasi hududiy kengayishi, tashkil etuvchi elementlarining 
va ular orasidagi aloqaning yangilanishiga bog‘liq holda doimiy 
o‘zgarish jarayonida bo‘ladi. Shaharlaming rivojlanishi ketma-ketlik 
xarakteriga ega va shakllangan rejaviy strukturadan foydalanish bilan 
bog‘liq.
1.4. Shaharning tra n sp o rt rejaviy tizimi
Shahar rejaviy strukturasida muhim element bu - yashash hududi, 
sanoat hududi va aholining asosiy qatnash joylari o ‘rtasida shakllan- 
tirilgan transport aloqalaridir. Shaharning transport sistemasini to ‘g ‘ri 
loyihalash, uning magistral ko‘cha va yo‘llarini, jamoat transportini 
joylashtirish shaharning bosh tarhini ishlab chiqish jarayonida bir 
qancha rejaviy, kompozitsion, transport va iqtisodiy ko‘rsatkichlar 
hamda shaharning aholi joylashish tizimida tutgan o ‘rniga qarab hal 
etiladi.
Aholining yashash joyidan ishlash joyigacha va asosiy qatnash 
yerlarigacha (shahar markazi, vokzallar, shahar parklari va h.k.) bo‘l- 
gan masofani bosib o ‘tishida eng kam vaqt sarf etishini ta’minlay- 
digan transport tarmog‘ini loyihalash shaharsozlikda eng muhim 
masalalardan biridir. Bunda tarmoqning texnik-iqtisodiy ko'rsatkich- 
lari, harakat xavfsizligi shartlari, transport va piyodalar harakatining 
qulayligi hisobga olinishi lozim.
20


K o ‘chalar
deb, aholi yashash joylarining shahar transportining 
barcha turi, piyodalar, muhandislik kommunikatsiyalari, tashqi 
suvlarni yig‘ish va olib chiqish uchun mo‘ljallangan qiSmiga aytiladi. 
Ko‘chalar transport oqimlarini o‘tkazadi va yaqin boMgan imoratlarga 
xizmat ko‘rsatadi.

Download 5,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92




Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish