|
1-Amlaiy ish Nazariy qism: iso 27002
|
bet | 1/7 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 342,72 Kb. | | #118700 |
Bog'liq 1-amaliy ish siddikov
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
5330300- TTKT (Axborot Xavfsizligi) ta’lim yo’nalishi
“Axborot xavfsizligi xavflarini boshqarishga kirish” fanidan
AMALIY MASHG’ULOT №1
Mavzu: Axborot xavfsizligi riskining modeli.
Bajardi: Siddikov D.
Qabul qildi: Saydullayev E.
Samarqand – 2023
1-Amlaiy ish
Nazariy qism: ISO 27002 standarti axborot xavfsizligini boshqarish tizimini (AXBT) ishlab chiqish, joriy etish, uning ishlashi, monitoringi, tahlili, unga xizmat ko‘rsatish va uni takomillashtirish modeli va talablaridan iborat. AXBT joriy etilishi tashkilotning strategik qarori bo‘lib qolishi kerak. AXBTni ishlab chiqish va joriy etishda xavfsizlikning ehtiyojlari, maqsadlari, foydalaniladigan jarayonlari, tashkilotning ko‘lami va strukturasi hisobga olinishi kerak. AXBT va uning yordamchi tizimlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi degan taxmin bor. Shuningdek, AXBTni kengaytirish masshtablari tashkilotning ehtiyojlariga bog‘liq bo‘ladi, masalan, oddiy vaziyat AXBT uchun oddiy yechimni talab qiladi. Muvofiqlikni baholash uchun ushbu standartdan ichki va tashqi tomonlar foydalanishi mumkin.
Jarayonli yondashuv
ISO 27002 standarti tashkilot AXBTni ishlab chiqish, joriy etish, uning ishlashi, monitoringi, tahlili, unga xizmat ko‘rsatish va uni takomillashtirishda jarayonli yondashuvning qo‘llanishiga yo‘naltirilgan.
Tashkilot muvaffaqiyatli ishlashi uchun faoliyatning ko‘p sonli o‘zaro bog‘liq turlarini aniqlashi va ularni boshqarishni amalga oshirishi kerak. Aktivlardan foydalanuvchi va kirishlarni chiqishlarga o‘zgartirish maqsadida boshqariladigan faoliyatning barcha turlariga jarayonlar sifatida qarash mumkin. Ko‘pincha bir jarayonning chiqishi keyingi jarayonning bevosita kirishini hosil qiladi.
Tashkilotda jarayonlar tizimini identifikatsiya qilish va ularning o‘zaro harakati bilan bir qatorda jarayonlar tizimidan foydalanish, shuningdek, jarayonlarni boshqarish «jarayonli yondashuv» deb hisoblanishi mumkin.
Bunday yondashuv axborot xavfsizligida qo‘llanganda quyidagilarning muhimligini ta’kidlaydi:
a) tashkilotning axborot xavfsizligi talablarini va axborot xavfsizligi siyosati va maqsadlarini belgilash zarurligini tushunish;
b) tashkilot barcha biznes-tavakkalchiliklarning umumiy kontekstida tashkilot axborot xavfsizligi xatarlarini boshqarish choralarini joriy etish va qo‘llash;
s) AXBT unumdorligi va samaradorligining doimiy monitoringi va tahlili;
d)Ob’ektiv o‘lchashlar natijalariga asoslangan uzluksiz takomillashtirish.
Ushbu standartda AXBT har bir jarayonini ishlab chiqishda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan «rejalashtirish – amalga oshirish – tekshirish - harakat» [«Rlan-Do-Check-Act» (PDCA )] modeli keltirilgan.
Bundan tashqari, PDCA modeli «Rukovodyaщiye ukazaniya Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva i razvitiya (OESR) po bezopasnosti informatsionno‘x sistem i setey» 2002 [1] ga mos keladi. Ushbu standart xatarlarni boshqarish, xavfsizlik choralarini rejalashtirish va amalga oshirish, xavfsizlikni boshqarish va qayta baholashda ushbu prinsiplarni qo‘llashning amaliy modelini taqdim etadi.
1-misol. Axborot xavfsizligining buzilishi tashkilot uchun jiddiy moliyaviy yo‘qotishlarning va/yoki qandaydir qiyinchiliklarning sababi bo‘la olmaydi degan talab qo‘yilishi mumkin.
2-misol. Qandaydir jiddiy insident, masalan, sayt yordamida elektron savdoni amalga oshirayotgan tashkilot saytining buzilishi yuzaga keladigan holat uchun – tashkilot buzishning oqibatlarini minimumga keltirish uchun yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarga ega bo‘lishi kerak.
Kredit-moliya sohasidagi kompyuter jinoyatchiligining soni muttasil o‘sib bormoqda. Masalan onlayn magazinlarida 25%gacha qalloblik to‘lov amallari qayd etilgan. Shunga qaramasdan Garb davlatlarida elektron tijoratning-yuqori daromadli zamonaviy biznesning faol rivojlanishi ko‘zga tashlanmoqda. Ma’lumki, bu soha rivojlanishi bilan parallel ravishda "virtual" qalloblarning ham daromadi oshadi. Qalloblar endi yakka holda harakat qilmaydilar, ular puxtalik bilan tayyorlangan, yaxshi texnik va dasturiy qurollangan jinoiy guruxlar bilan, bank xizmatchilarining o‘zlari ishtirokida ishlaydilar.
Xavfsizlik sohasidagi mutaxassislarning ko‘rsatishicha bunday jinoyatchilarning ulushi 70%ni tashkil etadi. "Virtual" o‘gri o‘zining hamkasbi-oddiy bosqinchiga nisbatan ko‘p topadi. Undan tashqari "virtual" jinoyatchilar uyidan chiqmasdan harakat qiladilar. Foydalanishning elektron vositalarini iщlatib qilingan o‘grilik zararining o‘rtacha ko‘rsatkichi faqat AQShda bankni qurolli bosqinchilikdan kelgan zararning o‘rtacha statistik zararidan 6-7 marta katta. Bank xizmati va moliya amallari sohasidagi turli xil qalloblik natijasida yo‘qotishlar 1989 yili 800 mln. dollardan 1997 yili – 100 mlrd. dollarga yetgan. Bu ko‘rsatkichlar o‘sayapti, aslida yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan bir tartibga oshishi mumkin. Chunki ko‘p yo‘qotishlar aniqlanmaydi yoki e’lon qilinmaydi. O'ziga xos "indamaslik siyosati"ni tizim ma’murlarining o‘zining tarmogidan ruxsatsiz foydalanganlik tafsilotini, bu noxush xodisaning takrorlanishidan qo‘rqib va o‘zining himoya usulini oshkor etmaslik vajida muhokama etishni xoxlamasliklari bilan tushunish mumkin.
Kompyuter ishlatiladigan inson faoliyatining boshqa sohalarida ham vaziyat yaxshi emas. Yildan-yilga xuquqni muhofaza qiluvchi organlariga kompyuter jinoyatchiligi xususidagi murojaatlar oshib bormoqda.
Barcha mutaxassislar viruslarning tarqalishi bilan bir qatorda tashqi xujumlarning keskin oshganligini e’tirof etmoqdalar. Ko‘rinib turibdiki, kompyuter jinoyatchiligi natijasida zarar qat’iy ortmoqda. Ammo kompyuter jinoyatchiligi ko‘pincha "virtual" qalloblar tomonidan amalga oshiriladi deyish haqiqatga to‘gri kelmaydi. Hozircha kompyuter tarmoqlariga suqilib kirish xavfi har biri o‘zining usuliga ega bo‘lgan xakerlar, krakerlar va kompyuter qaroqchilari tomonidan kelmoqda.
Xakerlar boshqa kompyuter qaroqchilaridan farqli holda, ba’zida, oldindan, maqtanish maqsadida kompyuter egalariga ularning tizimiga kirish niyatlari borligini bildirib qo‘yadilar. Muvaffaqiyatlari xususida Internet saytlarida xabar beradilar. Bunda xaker musobaqalashuv niyatida kirgan kompyuterlariga zarar yetkazmaydi.
|
| |